#Adliya_xabari
Bola huquqlari himoyasida xalqaro hamkorlik kuchaytirilmoqda
Bugun, 28-mart kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov va BMT bolalar jamgʻarmasi (UNIСEF)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Joffri Ijumba oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda A. Toshqulov mehmonlarga soʻnggi yillarda mamlakatimizda bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida gapirib oʻtdi.
Bugungi globallashuv davrida irodasi baquvvat, mustaqil dunyoqarashga ega, sogʻlom hamda har taraflama barkamol avlodni shakllantirish masalalari Davlat rahbarining doimiy eʼtiborida ekanligi va bola huquqlarini taʼminlash boʻyicha xalqaro tan olingan standartlar milliy qonunchilikka joriy qilinayotganligi haqida maʼlum qilindi.
J. Ijumba, oʻz oʻrnida, ushbu yoʻnalishda oʻtkazilayotgan islohotlarni ijobiy baholab, UNIСEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining Adliya vazirligining kelgusidagi faoliyatida, xususan, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishda oʻz mandati doirasida yaqindan texnik koʻmak koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv davomida Adliya vazirligi va UNIСEF oʻrtasidagi ijobiy hamkorlikni inobatga olib hamda kelgusida ushbu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tomonlar 2024—2025–yillarga moʻljallangan ish rejani imzoladilar.
Mazkur hujjatda bolalarning odil sudlovdan foydalanish strategiyasi va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, bolalar va yoshlarni zamonaviy axborot texnologiyalarning buzgʻunchi gʻoyalaridan asrash, ularni huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan bir qator tadbirlarni oʻtkazish nazarda tutilgan.
Tomonlar ushbu tadbirlarning samarali amalga oshirilishi kelgusida bolalar va yoshlarning huquqiy bilimlarini oshishi, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, intellektual salohiyatini oshirish va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga zamin yaratishiga ishonch bildirishdi.
@adliyangiliklari

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi bo‘yich hududiy adliya organlari xodimlarining bilim va malakasi oshirildi
👉Batafsil

Adliya xalqaro maydonda. Qonun ijodkorligini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha milliy tajriba taqdimot qilindi
2024-yilning 28-mart kuni MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirliklari o‘rtasida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirliklari va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi vakillari qatnashdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz), Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz) imkoniyatlari haqida taqdimot qilindi.

#Adliya_aksiya
AKSIYA DOIRASIDA 19 YILLIK NIKOH QAYD ETILDI
Qamashi tuman adliya boʻlimi FHDY boʻlimi xodimlari tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiya doirasida tumandagi olis hudud "Elobod" mahallasida yashovchi Ashuraliyevlar oilasi 19 yildan buyon shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotgan edi.
Fuqarolar Husniddin Ashuraliyev va Zulfiya Boboqulovalarning nikohi aksiya doirasida qayd etilib, hujjatlari sayyor tartibda yetkazib berildi.

#Adliya_va_yoshlar
TDYUda tahsil olayotgan talaba yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi
Adliya vazirligi markaziy apparatida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun ochiq eshiklar kuni o'tkazildi. Bo’lajak yuristlarga vazirlikning faoliyati yuzasidan ma'lumotlar, tizimda ishlash uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, boshqarmalar xodimlari va talaba yoshlar o'rtasida suhbatlar, fikr va mulohazalar o’tkazilib, yoshlar soha bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Qolaversa, talabalarga tizim fidoyilari, umuman olganda tizimning tarixi bilan tanishish maqsadida vazirlik organlari tarixi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.