ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligiga biriktirilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda!

@adliyangiliklari
#adliya_xabari

ADLIYA FAXRIYLARI DOIMO E'ZOZDA

Bugun 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan adliya tizimida uzoq yillar faoliyat olib borgan Chalayeva Nozik ayaning xolidan xabar olindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, “Mo'tabar ayol” ko'krak nishoni ta'sis etilgan bo'lib, mazkur ko'krak nishoni bilan quyidagi xotin-qizlar taqdirlanishi belgilangan:

🔹jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko'rsatgan;
🔹o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo'shgan;
🔹sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ'ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Verifikatsiya tushunchasini bering?

— Verifikatsiya — ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan xalqaro IT-sertifikat va ingliz tili bo‘yicha sertifikatning haqiqiyligini uni taqdim etgan tashkilotning elektron tizimi orqali tekshirish.
__________

— Xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lgan yoshlar tomonidan Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanishi uchun qanday hujjatlar ilova qilinadi?

— Ariza beruvchi so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
▫️xalqaro IT-sertifikat nusxasi (pdf shaklida);
▫️ariza beruvchining xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlarini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi nusxasi (pdf shaklida);
▫️qoplanishi zarur bo‘lgan mablag‘lar yo‘naltiriladigan aktiv holatda bo‘lgan milliy valyutadagi bank plastik kartasiga oid ma’lumotlar;
▫️ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatini to‘liq qoplash bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldirayotgan bo‘lsa, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga egaligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat nusxasi (pdf shaklida);
▫️ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikatni olish uchun o‘quv kursiga sarflagan xarajatlarni qoplash bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldirayotgan bo‘lsa, xalqaro IT-sertifikatni olish uchun o‘qiganligini va o‘quv kursini tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (pdf shaklida).

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17 fevraldagi 95-sonli ”Xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'ziya

Adliya vazirligi jamoasi vazirlik Birinchi bo‘lim boshlig‘i Fayzulla Abdullaevich Pardayevning opasi Dilbar Pardayevaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

@adliyangiliklari
Ta'ziya

Adliya vazirligi jamoasi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xidirali Sodiqovning otasi Sodiq Murodovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti qoidalari qanday ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi?

— Ushbu Reglament qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12 fevraldagi 87-sonli ” Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xatirchi tumanida yoshlar bilan navbatdagi muloqotlar oʻtkazildi.

Xatirchiliklarning masalasi asosan bandlik va kasb-hunarga oʻqish bilan bogʻliq. Hududdagi alohida nazoratda turuvchi yoshlardan 2 nafari mavsumiy ishga jalb etildi, bir nafariga monomarkazga oʻqish uchun yoʻllanma berildi. Nikoh guvohnomasini yoʻqotgan yosh oila takroriy guvohnoma olish uchun shu kunning oʻzida ariza topshirgan boʻlsa, alimentini oʻz vaqtida ololmayotgan yolgʻiz onaning murojaatini ijobiy hal etish maqsadida dastlabki choralar koʻrildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Namangan shahridagi “Yuksalish” sanoat zonasida boʻlib, “Koʻksaroy” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlar bilan muloqotda ularni yanada jadal faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, har bir chiqarilgan qaror va farmonlar yangidan-yangi gʻoyalar ustida ishlashga turtki boʻlishi taʼkidlandi.

Shuningdek, sanoat zonadagi “Fazman” masʼuliyati cheklangan jamiyati xodimlari bilan olib borilgan muloqotda ishbilarmonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritib, aholi bandligini taʼminlagan ishbilarmonlarga berilayotgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Joylarda tadbirkorlar bilan oʻtkazilayotgan yuzma-yuz muloqotlarni tashkil etishdan koʻzlagan maqsad ularga huquqiy tushuntirishlar berish orqali mavjud muammolarni hal etishga koʻmaklashishdan iborat.

@adliyangiliklari