#Adliya_xabari
Adliya vaziri A.Toshqulov Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va Respublika sud-ekspertiza markazining Xorazm viloyat hududiy bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasida fuqarolarni qabul qilish, ular uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlari, “Infokiosk” – o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminali, online davlat xizmatlaridan foydalanish, situatsion markaz tizimlarining ish faoliyati hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, Respublika sud-ekspertiza markazining Xorazm viloyat hududiy bo‘limida sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, mavjud moddiy-texnika bazasi va ularning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
Karmana tumani "Ziyokor" mahallasida adliya boshqarmasi boshlig'i yoshlar bilan muloqot o'tkazib, masalalarni uyma-uy yurgan holda o'rgandi.

#Adliya_brifing
📢 Bugun, 29-fevral kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tadi.
Mavzu: Tadbirkorlarga xarajat va majburiyat yuklatadigan byurokratik tartib-taomillar bekor qilinishi yuzasidan
⏳Vaqti: 12:00
@adliyangiliklari
Mavzu: Tadbirkorlarga xarajat va majburiyat yuklatadigan byurokratik tartib-taomillar bekor qilinishi yuzasidan
⏳Vaqti: 12:00
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Eng iqtidorli oʻquvchi” tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
Tanlov nizom talablariga muvofiq 4 ta shart asosida olib borildi. Hamkor vazirlik tashkilot idoralarning vakillaridan tashkil topgan hakamlar hayʼati mazkur shartlarni baholab bordi.
Ayni damda Adliya vazirligi yuridik texnikumlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlovning yakuniy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
Bunda yuridik texnikumlarning oʻqituvchilari 4 ta shart boʻyicha oʻz bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazmoqda.

Adliya vaziri Urganch tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Adliya vaziri A.Toshqulov adliya boʻlimlarida boʻlib, fuqarolar va jismoniy shaxslarning murojaatlarini oʻrganish, aholiga xizmatlari koʻrsatish, ularning sifati, fuqarolarga yaratilgan qulaylik va sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati va tizimdan foydalanish jarayonlari oʻrganildi.
Shuningdek, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan aholiga sifatli huquqiy xizmatlar koʻrsatish faoliyati hamda fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan tanishdi.
O‘rganishda sohada mavjud muammo va kamchiliklar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda, norma ijodkorligi va huquqni qo`llash amaliyotida mavjud muammoli holatlar, davlat xizmatlari koʻrsatish hamda mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish hamda tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

Adliya vaziri A.Toshqulov Xorazm viloyat yuridik texnikumida boʻlib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Adliya vaziri A.Toshqulov yuridik texnikumda boʻlib, yoshlar va oʻqituvchi-pedagog xodimlar bilan uchrashdi, ta’lim jarayoni, yuridik kadrlarni tayyorlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv binosi va xonalari, zamonaviy innovatsion texnologiyalari qoʻllanishi, yoshlarni sportga jalb qilish, oʻquv adabiyotlar, kutubxona faoliyatini oʻrgandi.
Yuridik kadrlarni tayyorlashda faoliyatida mavjud boʻlgan muammolar, ularni bartaraf etish, mavjud imkoniyat va sharoitlarni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar tinglandi.

Shovot tumanidagi “Usta hunarmand” mahallasida aholi muammolari hamda “mahalla yettiligi” faoliyati oʻrganildi
Adliya vaziri A.Toshqulov Shovot tumanidagi “Usta hunarmand” mahallasida boʻlib, MFY raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliqchi, ijtimoiy xodimlar bilan uchrashdi.
Asosiy e’tibor, "Mahalla yettiligi"ning faoliyati, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati va fuqarolarni oʻzini oʻzi band qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllash-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, kasb-hunar oʻrgatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish faoliyatiga qaratilib, ish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.