ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

27-fevral – Butunjahon nodavlat notijorat tashkilotlari kuni munosabati bilan Adliya vazirligi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan qator hamkorlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy masalalarni hal etishda o‘zaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

"Ziyo ulash" aksiyasi Ko'kdalada

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi Qashqadaryo viloyatining Ko'kdala tumanida davom etdi. Viloyat markazidan qariyib 70  km uzoqlikda joylashgan "Guliston" mahallasida adliya organlari tomonidan kutubxona tashkil qilindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil 👉videoda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Yangiariq va Bogʻot tuman davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Adliya vaziri A.Toshqulov DXMlarda fuqarolar va jismoniy shaxslarning murojaatlarini oʻrganish, aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish, mavjud elektron tizimlar faoliyati, xizmat turlari, ularning sifati, fuqarolarga yaratilgan qulaylik va sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlarni oʻrgandi.

Oʻrganishda sohada mavjud muammo va kamchiliklar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda mavjud muammoli holatlar, davlat xizmatlari koʻrsatish hamda mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish yuzasidan tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlash bo‘yicha huquqiy bilimlari oshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Samarqand adliyasi jamoatchilikka hisobot berdi

Bugun viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyat adliya boshqarmasining 2023-yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma boshlig‘i S.Sattorov ishtirokchilarga o‘tgan yildagi faoliyat sarhisobi, kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

— O‘tgan yili huquqni qo‘llash sohasida 681 ta nazorat tadbirlari, 169 888 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan, — dedi o‘z so‘zida Salohiddin Sattorov. — Ahamiyatlisi, qonunbuzilishlar o‘tgan yilda 2022-yildagiga nisbatan 277 096 taga kamaygan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari