ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklarining qarorlarini qabul qilish va e’lon qilishda shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan xodimlari uchun trening tashkil etildi

Bugungi kunda davlat organlari faoliyatiga “hrm.argos.uz”, “edo.ijro.uz”, “E-qaror”, “E-IJARA” va boshqa qator elektron tizimlar joriy etilgan. Mazkur elektron tizimlarning joriy etilishi aholi, tadbirkorlik subyektlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi munosabatlarni raqamlashtirishga qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

Shunga qaramasdan so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim elektron tizimlarda hokimliklar tomonidan qarorlarni qabul qilish va e’lon qilishda ehtiyotsizlik oqibatida shaxsga doir ma’lumotlar davlat organlari tomonidan oshkor qilinishi holatlari uchramoqda.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shu kabi holatlarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik maqsadida va ichki idoraviy hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilish va e’lon qilish jarayonida shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlashda alohida e’tibor berilishi zarur bo‘lgan holatlar bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan amaliy seminarlar o‘tkazish kelinmoqda.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 23-fevral kuni Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan ZOOM elektron dasturi orqali Jizzax viloyati va Toshkent shahar hamda 27-fevral kuni Sirdaryo viloyati hokimliklari qarorlarini qabul qilish va e’lon qilishda shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi.

Unda hokimliklarining qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etishga mas’ul bo‘lgan xodimlar ishtirok etdi.

Davlat organlari faoliyatiga joriy qilingan elektron tizimlar orqali qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda shaxsga doir ma’lumotlarni qonunchilikka nomuvofiq tarzda oshkor qilinishining oldini olish bo‘yicha yuzaga kelayotgan masalalar fikr-mulohaza almashildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Urganch shahridagi “Hamjihatlik” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahalla fuqarolar yigʻini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliqchi, ijtimoiy xodimlar bilan suhbatlashib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ajrimlarni oldini olish faoliyati bilan tanishdi.

Mahalla yettiligining faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

27-fevral – Butunjahon nodavlat notijorat tashkilotlari kuni munosabati bilan Adliya vazirligi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan qator hamkorlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy masalalarni hal etishda o‘zaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

"Ziyo ulash" aksiyasi Ko'kdalada

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi Qashqadaryo viloyatining Ko'kdala tumanida davom etdi. Viloyat markazidan qariyib 70  km uzoqlikda joylashgan "Guliston" mahallasida adliya organlari tomonidan kutubxona tashkil qilindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil 👉videoda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Yangiariq va Bogʻot tuman davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Adliya vaziri A.Toshqulov DXMlarda fuqarolar va jismoniy shaxslarning murojaatlarini oʻrganish, aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish, mavjud elektron tizimlar faoliyati, xizmat turlari, ularning sifati, fuqarolarga yaratilgan qulaylik va sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlarni oʻrgandi.

Oʻrganishda sohada mavjud muammo va kamchiliklar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda mavjud muammoli holatlar, davlat xizmatlari koʻrsatish hamda mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish yuzasidan tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlash bo‘yicha huquqiy bilimlari oshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Samarqand adliyasi jamoatchilikka hisobot berdi

Bugun viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyat adliya boshqarmasining 2023-yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma boshlig‘i S.Sattorov ishtirokchilarga o‘tgan yildagi faoliyat sarhisobi, kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

— O‘tgan yili huquqni qo‘llash sohasida 681 ta nazorat tadbirlari, 169 888 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan, — dedi o‘z so‘zida Salohiddin Sattorov. — Ahamiyatlisi, qonunbuzilishlar o‘tgan yilda 2022-yildagiga nisbatan 277 096 taga kamaygan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari