ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va AQSH xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Huquqiy islohotlar dasturi hamkorligida Ilmiy tadqiqotlar tayyorlash masalalariga bag'ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov xizmat safari bilan Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi.

Tumandagi “Melixo‘ja” mahallasi, “Enam yaxshi-2” qishlog‘ida “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Obod xonadan” dasturlari doirasida yo‘l va transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ijtimoiy soha obyektlarining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishib, belgilangan ishlar qonunchilik talablari asosida olib borilayotganligini ko‘zdan kechirdi va mas'ullar bilan birgalikda hududni obod maskanga aylantirish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i ushbu hududdagi 30 ga yaqin xonadan aholisi bilan uchrashib, aholining fikr mulohazalarini tingladi va ular o‘rtaga tashlagan huquqiy masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berdi. Tuman adliya bo‘limi tomonidan "Hech kim hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida hudud aholisining ushbu masalalari ro‘yxatga olindi.

@adliyangiliklari
📢📢 Bugun, 26-fevral kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Mavzu: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonning mazmun-mohiyati

Tadbirda Adliya vazirligi va tegishli tashkilotlar mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollaringizni @MARKAZ16Uz ga yuborishingiz mumkin.

Anjuman "UzReport TV" hamda Youtube tarmog‘i orqali onlayn yoritiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

''Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi'' huquqiy aksiyasi doirasida 2024-yil 20-yanvardan — 23-fevralga qadar amalga oshirilgan ishlar bilan tanishing.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Eksklav hudud — Soʻx tumani davlat xizmatlari markazida davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish sektori tashkil etildi.


Ushbu sektorning ahamiyati shundaki, unda aholining davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish darajasini oshirish bilan birga, fuqaro davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan paytda xizmatlardan onlayn foydalanish boʻyicha nazariy va amaliy tushuntirishlar oladi.

Bu esa mustaqil ravishda ariza yuborish imkoniyatini taklif qilish, fuqarolarning ixtiyoriga koʻra, ularni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida identifikatsiyadan oʻtkazishda koʻmaklashish hisoblanadi.

Bu amaliyot tez kunlarda Fargʻona viloyatining barcha tuman va shahar davlat xizmatlari markazlarida joriy qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya taqdimnomasi bilan qonunbuzilishining oldi olindi

Mirzaobod tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida ish haqi va boshqa toʻlovlarning xodimlarga o‘z vaqtida toʻlanishi yuzasidan monitoring oʻtkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135 ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_yangilik

🚗 Endi avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin

Sotuvchi E-notarius.uz axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, oʼzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi:

▫️sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi;
▫️sotuvchi sotib oluvchining JShShIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;
▫️sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan oʼtadi va roziligini tasdiqlaydi;
▫️avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
▫️notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
▫️belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;

📬 Bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Farid endi maktabga boradi

Toyloqlik oila — Jamoliddin Usmonov va Muhlisa Hasanovaning bugun quvonchi cheksiz. Sababi ularning 2 nafar farzandi maktab ostonasiga yaqin qolganda tug‘ilganligi muddatini o‘tkazib qayd qilindi va bolalarga tug‘ilganlik guvohnomasi berildi.

Joriy yilda oilaning to‘ng‘ich farzandi 7 yoshni, ikkinchisi esa 6 yoshni qarshi oladi. Tabiiyki, 2024/2025-o‘quv yilida katta farzand Faridjon 1-sinfga chiqishi kerak. Tug‘ilganlik guvohnomasi bo‘lmasa bu masala ancha muammolarga sabab bo‘ladi. Ota-onasining shaxsini tasdiqlovchi pasport bilan bog‘liq muammo sabab bolalarning tug‘ilganligi vaqtida qayd qilinmagan.

J.Usmonov ushbu masalani hal qilgach, Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasidan xabar topadi va Toyloq tuman FHDY bo‘limiga murojaat qiladi. Ularning muammosi bir zumda hal etildi. Muhimi, bolalar birin-ketin maktabga boradigan bo‘ldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari