#Adliya_hisobot_beradi
Bugun, 22-fevral kuni “Adliya vazirligi jamoatchilik oldida hisobot berdi” nomli media ivent o‘tkazildi.
Ushbu tadbir vazirlik tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, kelgusi rejalar, kutilayotgan yangi loyihalar to‘g‘risida OAVlari va jamoatchilikni xabardor qilish, media hamjamiyat bilan yaqin muloqot o‘rnatish maqsadida tashkil etildi.
Unda “Adliya hisoboti-2023” kitobi, “Adliya vazirligidan aholiga 100 maslahat” hamda “Adliya vazirligidan yoshlarga 100 maslahat” nomli huquqiy qo‘llanmalar taqdimot qilindi.
Tadbir davomida jurnalist va jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Qashqadaryo viloyatidagi taʼmirlanayotgan yuridik texnikum binosi bilan tanishdi.
Vazir oʻrinbosari mazkur dargoh har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarni oʻzida mujassamlashtirishi va bu yerda yetuk kadrlar yetishib chiqishi muhim vazifa ekanini taʼkidlab, qurilish yakunlari boʻyicha muhim tavsiya va takliflar bildirildi. Shu bilan birga, qurilishni olib borayotgan korxona rahbarlari bilan suhbatlashib, ishlarni oʻz vaqtida, sifatli qilib bitirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

#Adliya_hudud
Norin tumanida “Firibgarlikdan ogoh boʻling” nomli targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Norin tumani ichki ishlar boʻlimi va tuman adliya boʻlimi hamkorlikda hududda firibgarlik jinoyatini oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida tumandagi “Norin avto savdo bozori” MChJ avtomobil bozorida “Firibgarlikdan ogoh boʻling” nomli manzilli profilaktik huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Targʻibot tadbiri davomida adliya xodimlari, YPX masʼul xodimlari, notariuslar, IIB tergovchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan aholiga firibgarlik tushunchasi, uning turlari va shakllari hamda firibgarlikdan saqlanishning yoʻllari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarga flayer va bukletlar tarqatilib, huquqiy viktorina va firibgarlik jinoyati yuzasidan anonim soʻrovnomalar oʻtkazildi.

Protsessual jarayonlarga jalb qilingan shaxslarga to'lanishi lozim bo'lgan mablag'larni to'lash tartibi bo'yicha muhim uslubiy-qo‘llanma yaratildi
Adliya vazirligi e'tiboringizga Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmaning elektron shaklini taqdim etadi.
Mazkur uslubiy qo‘llanma keng jamoatchilik vakillarining jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar miqdori, ularni hisoblash, to‘lash hamda vakolatli shaxslar tomonidan fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat, ma’muriy sud ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan jalb qilinganda sarflangan xarajatlar hamda bajarilgan ishlar uchun haqni undirish toʻgʻrisidagi dastlabki tushuncha va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Ushbu uslubiy qo‘llanma bilan tanishish orqali fuqarolar protsessual chiqimlar va ularning ahamiyati, ularni hisoblash, to‘lash hamda kelgusida biror ish yuzasidan vakolatli organlar tomonidan jalb qilinganda sarflangan xarajatlar hamda bajarilgan ishlar uchun haqni undirishga doir koʻnikmalarga ega bo‘ladilar.