ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganildi

Adliya vazirligi va markaz vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan markazning Farg'ona viloyati hududiy bo‘lim faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusida bo‘lim faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, ishchi guruhi tomonidan Farg'ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya boshqarmasida Ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

Unda Guliston shahar 4-sektor hududida joylashgan, adliya boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan umumta'lim maktablari o'quvchilari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot_kuni

Adliya vazirligi tomonidan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy axborot kuni” sifatida belgilangan. Respublika miqyosida shahar markazlaridan, olis qishloqlar va chekka ovullargacha fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida huquqiy axborotni tarqatish ishlari va targ‘ibot tadbirlari tashkil etib borilmoqda.

Navoiy viloyat ham bu borada manzilli tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, Navoiy viloyat yuridik texnikumining "Street law" va "Adolat qanotlari" jamoasi ishtirokida ta'lim muassasalari va mehnat jamoalarida amaliy seminar, test sinovlari va huquqiy targ'ibot tadbiri, viktorinalar o'tkazildi.Aholi gavjum joylarda targ'ibot materiallari tarqatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Marg‘uba Adhamova Islomjon bilan turmush qurganiga 8 yil bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida turmush o‘rtog‘i bilan birgalashib ro‘zg‘or kamchiliklarini to‘ldirish bilan ovora bo‘ldilar. Uy qurish, tirikchilik deb nikoh guvohnomasi ularning yodidan ko‘tarildi.

Aslida, yillar davomida er va xotinning kemtigi ham shu nikoh guvohnomasi edi. Chunki guvohnoma olish uchun ularning orttirgan mablag‘i ham yo‘q. Sababi, ikkalalari ham yollanma ishlarga chiqadi.

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiya doirasida mahallabay xatlovlarda Farg‘ona shahar adliya bo‘limi vakillari aniqlangan ushbu holat yuzasidan qonuniy tartibda harakatga tushdilar. Oradan 4 kun o‘tib Islomjon va Marg‘ubaxonga tantanali ravishda nikoh guvohnomasi topshirildi.

@adliyangiliklari
⚡️Adliya vazirligida ochiq muloqot boshlandi

Maqsad — Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, uning 2023-yildagi faoliyati va istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish, OAV va jamoatchilik vakillari bilan samarali qayta aloqani mustahkamlashdan iborat.

📹 Onlayn translyatsiya
👉YouTube
👉Facebook

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hisobot_beradi

❗️2 379 ta loyiha huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 543 tasi yoki 33 foizi maqsadga muvofiq emas deb qaytarildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hisobot_beradi

⚡️2023-yilda 479 ta qonunchilik hujjatlari va loyihasi tartibga solish ta'sirini baholashdan o‘tkazildi, natijada 220 dan ortiq samarasiz normalar chiqarib tashlandi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hisobot_beradi

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov:

Oxirgi uch yil davomida qonunchilik yukini soddalashtirish va ixchamlashtirish bo‘yicha dadil qadamlar tashladik. “Tartibga solish gil'otinasi” usuli orqali 8 848 ta normativ-huquqiy hujjatlar bekor qilindi.


@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot_beradi

⚡️2023-yilda 359 ta loyiha hamda 113 ta amaldagi qonun hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, 582 ta korrupsiyaviy omillar bartaraf etildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hisobot_beradi

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov:

2023-yilda Adliya vazirligiga fuqarolardan kelib tushgan shikoyatlarning 77 foizi qanoatlantirildi. Davlat organlarida inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar natijasida aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha 8 071 ta taqdimnoma kiritilib, 939,6 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi, fuqarolar manfaatlarida tegishli sudlarga 240 mlrd so‘mga yaqin 11 763 ta da'vo arizalari kiritildi.


@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot_beradi

❗️Yuridik markazlar tomonidan sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatilishi natijasida xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar hujjatlarining nazorat qiluvchi organlar va sud idoralari tomonidan bekor qilinishi 99 foizga qisqardi.

Taqqoslash uchun, davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish adliya idoralariga o‘tkazulgunga qadar, xususan 2019—2021-yillarda 21 588 ta hujjatlar bekor qilingan.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hisobot_beradi

❗️“Hammasi bir joyda” tamoyilini hayotga tadbiq etish bo‘yicha ishlar davom ettirilib, davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari soni 335 taga yetkazildi.

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 134 taga, haydovchilik guvohnomasini almashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 26 taga hamda ID-karta rasmiylashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 25 taga yetkazildi.

Kompozit davlat xizmatlari, ya'ni bitta ariza orqali bir nechta xizmatdan foydalanish imkoniyatini beruvchi davlat xizmatlarining turi 31 taga yetkazildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 13 mln 220 mingdan (12 foizga ko‘p) ortiq xizmatlar ko‘rsatildi, 88 mingdan ortiq yuridik shaxs va 130 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob_2023

📈 Otalikni belgilash, haqorat va montaj videolarni aniqlash: qaysi yo‘nalishlarda eng ko‘p sud ekspertizalari amalga oshirildi

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hisobot_beradi

❗️2023-yilda 5 799 840 ta (2022-yilga nisbatan 8 foizga ko‘p) notarial harakat amalga oshirildi.

Merosxo‘rlar doirasi aniqlab beruvchi shajara dasturi yaratildi. Bu esa o‘z navbatida meros ishlari yuritishni osonlashtirib, ehtimoliy merosxo‘rlar doirasini to‘liq aniqlash imkonini beradi.

Aholining malakali yuridik yordamga bo‘lgan huquqlarini ta'minlash maqsadida 804 nafar advokatga litsenziya berildi, natijada respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar soni 5 314 nafarga yetdi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM