ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi yoshlar uchun 16-fevral kuni Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlarning Intellektual mulk markazi faoliyati bilan tanishishlari uchun markaz bo‘ylab sayohat tashkil etilib, eksponatlar, bukletlar hamda ko‘rgazmali qurollar namoyishi o‘tkazildi. Bundan tashqari, tadbir qatnashchilari tomonidan markaz faoliyati to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ul xodimlar va ekspertlar tomonidan javoblar berildi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad — yoshlarni markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, uning faoliyati, soha yo‘nalishlari to‘g‘risida yaqindan tanishtirishdan iborat.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Huquqni bilish – taraqqiyot kaliti”


Bugun Samarqand viloyatining barcha tuman (shahar) larida adliya boʻlimlari tomonidan maktablarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yanada kuchaytirish maqsadida “Huquqni bilish – taraqqiyot kaliti” mavzusida dars mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Batafsil 👉videolavhada

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Vladimir 20 yoshida tugʻilganlik guvohnomasiga ega boʻldi

Huquqiy aksiyasi doirasida oʻtkazilgan xatlovlar natijasida 2004-yilda tugʻilgan Vladimir Braxovetskiyning tugʻilishi qayd etilmaganligi oydinlashdi. Uning arizasiga asosan sudga tugʻilishni tiklash yuzasidan daʻvo kiritilib, Vladimir Braxovetskiyga tugʻilish guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.

Fargʻona shahar “Sovurbuloq” mahallasida xatlov oʻtkazganda, Islomjon Ergashev va Margʻuba Adhamova 8 yil qonuniy nikohsiz yashaganligi holati aniqlandi. Aksiya doirasida ularga 14-sonli dalolatnoma yozuvi qayd etilib, sayyor tartibda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma topshirildi.

A.Qodiriy koʻchasida yashovchi Saydavvalxon Saydaliyeva 2014-yilda Rossiya Federatsiyasida tugʻilgan qizi va 2017-yilda tugʻilgan oʻgʻliga yetarli hujjatlar boʻlmaganligi sababli shu kungacha tugʻilish guvohnomasi olish imkoniyati boʻlmagan. Ushbu holat huquqiy aksiya davomida aniqlangandan soʻng uning farzandlariga nisbatan tugʻilish guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹 Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan “Huquqni bilish – taraqqiyot kaliti” mavzusida huquqiy darslar Navoiy viloyatidagi ta'lim muassasalarida ham o‘tkazilmoqda.

Olis ovullarda va shahar markazlarida joylashgan maktablarda umumiy huquq tushunchasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Dars jarayonlarida huquqiy test va viktorinalar tashkil etish orqali yoshlarning intellektual salohiyati hamda huquqiy bilmlarini baholash shuningdek, ularni yanada mustahkamlash imkoniyati yaratildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida Shahrixon tumanidagi “Buvaydo"mahallasida aholi muammolarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul avvalida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashib, mahallani har tomonlama yanada rivojlantirish fikr almashdi.

Sayyor qabul davomida 40 nafar fuqarolar tinglanib, 8 nafar fuqarolarning muammolari joyida hal etildi, 18 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 14 nafar fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.

18 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#Sarhisob_2023

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasiga oid muhim ko‘rsatkichlar

@adliyangiliklari
#Adliya_hamkorlik

Adliya vazirligi va BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasida 2024—2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi ishlab chiqildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim_eslatma

Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov joriy yilning 15–16-fevral kunlari Jizzax va Sirdaryo viloyati yuridik texnikumlarida uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.

Shuningdek, yuridik texnikumlardagi dars jarayonlarida o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularga professional huqushunos bo‘lish uchun yetarli ilm olish va ularga bu borada sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o‘tdi.

Shu bilan birga, yuridik texnikumdagi mavjud muammolar yuzasidan hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari