#Ziyo_ulash
Adliya vazirligi tashabbusi bilan #Ziyo_ulash aksiyasi hududlarda davom etmoqda.
Xalqaro kitob hadya qilish kuni munosabati bilan 34 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.
Kutubxonalarga 6,7 mingdan ziyod Prezident asarlari, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar va huquqiy adabiyotlar, 26 ta kompyuter va 451 ta mebel jihozlari sovg‘a qilindi.
Shu bilan birga, 40 ming kitobni o‘zida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Aksiyamizga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda Notarial palata ham qo‘shildi.
#Ziyo_ulash aksiyasiga start berilgandan buyon 100 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilinib, 31 mingga yaqin kitoblar, 66 ta komp'yuter va 1100 dan ortiq mebel' jihozlari sovg‘a qilindi.
Kelgusida aksiya doirasida yana 108 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilish rejalashtirilgan.
Barcha yurtdoshlarimizni #Ziyo_ulash aksiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz!
@adliyangiliklari

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi: Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda muhim bir qadam — 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi
O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga to‘liq integratsiyasini ta’minlash
va savdo munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Ushbu qonun bilan JSTning Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitimi talablariga muvofiq chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va mahalliy korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojining miqdori birxillashtirilgan holda BHMning 1 baravari miqdorida belgilanmoqda.
Shuningdek, milliy intellektual mulk tizimini JSTning Intellektual mulk huquqining savdo bilan bog‘liq jihatlari to‘g‘risidagi bitimi talablariga uyg‘unlashtirish maqsadida:
– hukumat tomonidan patent egasining ruxsatisiz undan foydalanishga ruxsat berish mumkin bo‘lgan aniq holatlar hamda ularga tovon puli to‘lanishini belgilab berish;
– o‘zga shaxsga tegishli sanoat mulki obyektidan (patentdan) jamoat manfaatlari uchun majburiy litsenziya asosida foydalanish huquqini olish va bunday foydalanganlik uchun patent egasiga mutanosib miqdorda tovon pulini to‘lanishiga oid alohida normalarni kiritish;
– patentlangan usuldan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan nizolarda isbotlash majburiyatini aniqlashtirish;
– insofsiz raqobat oqibatida ro‘yxatga olingan tovar belgilarini bekor qilish bo‘yicha da’vo muddatini bekor qilish;
– mahalliy va xorijiy talabnoma topshiruvchilarga intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir xil imkoniyat yaratish, xususan, patent boji miqdorlarini norezidentlar va rezidentlar uchun birxillashtirish, shuningdek, mazkur yangi stavkalarni jismoniy va yuridik shaxslar kesimida belgilash;
– ixtiro va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan patent bojining 90 foizi, ta’lim oluvchi shaxslarga, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarga 30 foizi, yuridik shaxs bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlariga va ilmiy tashkilotlarga 25 foizi miqdorida imtiyozlar berish;
– original dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, dori vositasini yaratish jarayonida o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijasida olinadigan klinik oldi va klinik sinovlar natijalarini himoya qilish;
– sanoat mulki obyektlaridan tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar
va boshqa favqulodda holatlarda foydalanilgan holatlarda ham huquq egasiga belgilangan miqdorda tovon puli to‘lanishni ko‘zda tutuvchi qoidalar kiritildi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

#Adliya_xabari
Mobil-ID tizimi orqali fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazishda g‘olib deb topilgan mas'ul xodimlar nominatsiyalar bo'yicha rag'batlantrildi.
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat (shahar) adliya boshqarmasi boshlig‘i
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i — O‘ral Ostanov
▫️ Tuman DXM direktori
Yakkabog‘ tumani davlat xizmatlari markazi direktori — Bahtiyor Sattorov
▫️DXM xodimi
1-o‘rin: Yakkabog‘ tumani davlat xizmatlari markazi xodimi — Sukhrob Jalolov
2-o'rin: Olmazor tuman davlat xizmatlari markazi xodimi — Bahriddin Abdulamitov
3-o'rin: Yakkabog‘ tumani davlat xizmatlari markazi xodimi — Akbar Maxmadaliyev
❗️ Ma'lumot uchun: Mobil-ID timizidan bugunga qadar 1 297 524 ta fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan.
@adliyangiliklari
Mobil-ID tizimi orqali fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazishda g‘olib deb topilgan mas'ul xodimlar nominatsiyalar bo'yicha rag'batlantrildi.
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat (shahar) adliya boshqarmasi boshlig‘i
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i — O‘ral Ostanov
▫️ Tuman DXM direktori
Yakkabog‘ tumani davlat xizmatlari markazi direktori — Bahtiyor Sattorov
▫️DXM xodimi
1-o‘rin: Yakkabog‘ tumani davlat xizmatlari markazi xodimi — Sukhrob Jalolov
2-o'rin: Olmazor tuman davlat xizmatlari markazi xodimi — Bahriddin Abdulamitov
3-o'rin: Yakkabog‘ tumani davlat xizmatlari markazi xodimi — Akbar Maxmadaliyev
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi va Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy koʻmagida “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida bepul yuridik yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar uchun tanlov e’lon qilgan edi.
Tanlovda 20 ta nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar ishtirok etib, Baholash komissiyasining baholash natijalariga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:
“Yilning eng faol bepul yuridik yordam ko‘rsatgan nodavlat-notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti;
2-o‘rin – Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi;
3-o‘rin – Qashqadaryo viloyati “Yuksalish” axborot-maslahat markazi.
“Yilning eng faol yuridik klinikasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik klinikasi;
2-o‘rin – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi yuridik klinikasi;
3-o‘rin – Namangan viloyat yuridik texnikumi yuridik klinikasi.
Adliya vazirligi tanlovda faol ishtirok etgan barcha nodavlat-notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalarga o‘z minnatdorligini bildiradi va tanlov g‘oliblarini tabriklaydi.
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho axborot-kommunikatsiya jihozlari bilan taqdirlanadi. Tanlov g‘oliblari taqdirlash o‘tkaziladigan joy va vaqt haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.
Murojaat uchun: (71) 207-04-51 ichki 1156

“Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi
15-fevral kuni Adliya vazirligida “Kontrafaktsiz oy” oyligi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari bilan bir qatorda soha bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar vakillari, xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi va Oʻzkomnazorat inspeksiyasi, OAV vakillari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida joriy yilgi chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar va ularning ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlariga, iste’molchilarga kontrafakt tovarni aslidan farqlashga o‘rgatish va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Vazirlik ushbu oylikni o‘tkazish orqali tadbirkorlarni halol raqobatga kirishishni ta’minlash, o‘z brendiga ega ishlab chiqaruvchilar biznesini himoyalash, savdo rastalarida kontrafakt mahsulot aylanmasini cheklash hamda aholi orasida sifatli, ishonchli mahsulotlarni xarid qilishni targ‘ib qiladi.
Bundan tashqari, oylik davomida kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shakliga yo‘naltiruvchi QR-kodli stikerlarni respublikaning barcha hududlaridagi bozorlar, yirik savdo majmualari, chegara va TIF bojxona postlariga joylashtirish hamda vakolatli organlar xodimlari uchun xorijiy huquq egalari yoki ularni vakolatli vakillarini jalb etgan holda kontrafakt mahsulotlarni aniqlashning maxsus usullari bo‘yicha master-klasslar tashkil etish ham rejalashtirilgan.

#Huquqiy_axborot_minbari
📢📢 “Oilaviy nizolarning huquqiy yechimlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat o‘tkaziladi
Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Huquqiy madaniyatni yuksaltirish" huquqiy aksiyasi doirasida “Oilaviy nizolarning huquqiy yechimlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etiladi.
⏰ Ovozli chat bugun, 16-fevral kuni soat 15:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.
Suhbat spikerlari: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyalari, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda "Madad" NNT mas'ul xodimlari.
📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.
Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.
“Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusidagi podkast bilan ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin.

#Sarhisob_2023
Adliya sarhisob: qiziq faktlar, gapiruvchi raqamlar:
▫️e-qaror: mahalliy hokimlikning 25 foiz qarori yopiq holatda qabul qilingan;
▫️qadimgi hujjat: 8 asrlik kadastr hujjati;
▫️haqorat, montaj (feyk) va otalikni belgilash bo‘yicha sud ekspertizasida Toshkent shahri yetakchi;
▫️kontrafaktning aksariyati oziq-ovqatga to‘g‘ri keladi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti halqaro TOR-500 ro‘yxatida;
▫️70 yoshdan keyin ota bo‘lganlar;
▫️ eng ko‘p egizak tug‘ilishi Farg‘onada;
▫️o‘rtacha davlat xizmati ko‘rsatish vaqti-10 daqiqa;
▫️eng ko‘p ko‘rsatilgan davlat xizmati - yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
▫️ikki barobar ko‘p huquqiy xulosa berildi;
▫️talabgor notarial harakat — er-xotin rozilik arizasi;
▫️lex.uz da eng ko‘p tanishilgan hujjat — Konstitutsiya.
❗️ Adliya vazirligining yillik hisoboti bilan batafsil tanishish uchun👉🏻 https://adliya.uz/inner-page/vazirlik-faoliyatiga-oid-asosiy-korsatgichlar-va-s/adliya-vazirligining-2023-yildagi-hisoboti
@adliyangiliklari
Adliya sarhisob: qiziq faktlar, gapiruvchi raqamlar:
▫️e-qaror: mahalliy hokimlikning 25 foiz qarori yopiq holatda qabul qilingan;
▫️qadimgi hujjat: 8 asrlik kadastr hujjati;
▫️haqorat, montaj (feyk) va otalikni belgilash bo‘yicha sud ekspertizasida Toshkent shahri yetakchi;
▫️kontrafaktning aksariyati oziq-ovqatga to‘g‘ri keladi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti halqaro TOR-500 ro‘yxatida;
▫️70 yoshdan keyin ota bo‘lganlar;
▫️ eng ko‘p egizak tug‘ilishi Farg‘onada;
▫️o‘rtacha davlat xizmati ko‘rsatish vaqti-10 daqiqa;
▫️eng ko‘p ko‘rsatilgan davlat xizmati - yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
▫️ikki barobar ko‘p huquqiy xulosa berildi;
▫️talabgor notarial harakat — er-xotin rozilik arizasi;
▫️lex.uz da eng ko‘p tanishilgan hujjat — Konstitutsiya.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi yoshlar uchun 16-fevral kuni Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yoshlarning Intellektual mulk markazi faoliyati bilan tanishishlari uchun markaz bo‘ylab sayohat tashkil etilib, eksponatlar, bukletlar hamda ko‘rgazmali qurollar namoyishi o‘tkazildi. Bundan tashqari, tadbir qatnashchilari tomonidan markaz faoliyati to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ul xodimlar va ekspertlar tomonidan javoblar berildi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad — yoshlarni markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, uning faoliyati, soha yo‘nalishlari to‘g‘risida yaqindan tanishtirishdan iborat.