ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil qilinmoqda

Bugun, 9-fevral kuni Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi yana bir maʼrifiy tashabbusni boshlab berdi. Vazirlik tomonidan respublika bo‘yicha tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga start berildi.

Xususan, adliya vaziri Akbar Toshqulov Sirdaryo viloyatiga xizmat safari davomida Yangiyer shahridagi “Navro‘zobod” mahallasida kutubxona ochilishi tadbirida ishtirok etib, Adliya vazirligi jamoasi nomidan #ziyo_ulash chellenji doirasida mahallaga 500 dan ortiq kitoblar sovg‘a qildi. Tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining matbuot anjumani davom etmoqda.

Mavzu: “Notariat sohasidagi  yangiliklar”.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

📹 https://www.youtube.com/live/zezOSL4iVDk?si=rq65_BAIkdeLblNg

Savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlaringizni @MARKAZ16Uz. ga yuboring.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xovos tumani “Qahramon” mahallasidagi DXM filiali qayta jihozlanib, yangi rejimda ish faoliyatini boshladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ziyo_ulash

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Ziyo ulash" aksiyasi doirasida Zangiota tumanidagi "Vatanparvar" mahallasida kutubxona faoliyati tashkil qilindi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, xususan, ularni vatanparvarlik va qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash maqsadida ushbu kutubxonaga 400 ga yaqin kitoblar hadya qilindi.

Aksiya doirasida viloyatning barcha tuman va shaharlarida yoshlar uchun shu kabi kutubxonalar tashkil qilinishi va kitoblar bilan ta’minlanishi nazarda tutilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Eksklav hudud — Soʻx tumanida aksiya doirasida xatlov oʻtkazilmoqda

“Devayron” mahallasida istiqomat qiluvchi D. Shomatov va turmush oʻrtogʻi Z.Tojiboyevalar imkoniyati yoʻqligi sabab 15 yildan buyon nikohlari qayd etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma ololmagan.

Mahallalarda aholini xatlovdan oʻtkazish jarayonida ushbu holat aniqlanib, Shomatovlar oilasiga amaldagi tartiblar asosida, nikohlari qayd etilib nikoh guvohnomasi tantanali topshirildi.

“Sarikanda” mahallasida yashovchi Sh. Nazarqulov va O. Hayonqulovalarga ham aksiya doirasida murojaatlari qanoatlantirilib ehtiyotsizlik oqibatida yoʻqotib qoʻyilgan nikoh guvohnomasi qayta tiklab berildi.

Mahallalarda aksiya doirasida fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlmagan shaxslarning roʻyxati shakllantirilmoqda.

Shu kunga qadar Soʻx tumanida mahallalar kesimida 20 dan ortiq tugʻilganlik, 4 ta nikoh guvohnomalari va 6 ta identifikatsiyalovchi ID-kartalar fuqarolarga olib berilgan.

@adliyangiliklari