ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov 7—9-fevral kunlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati yuridik texnikumlarda o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi.

Shuningdek, yuridik texnikumlardagi dars jarayonlarida o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularga professional huqushunos bo‘lish uchun yetarli ilm olish va ularga bu borada sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o‘tdi.

Shu bilan birga, yuridik texnikumlardagi mavjud muammolar yuzasidan hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
#Ziyo_ulash

9-fevral buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan poytaxtning Uchtepa  tumani “Jarbuloq” mahallasida yoshlar kutubxonasi ochildi.

Kutubxonaning ochilish marosimida adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bu joy mahalla aholisi uchun chinakam maʼrifat maskani va yoshlar uchun katta bilim xazinasi bo‘lishini eʼtirof etdi.

"Ziyo ulash" aksiyasi doirasida kutubxona uchun 600 dan ortiq o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari hamda huquqiy  kitoblar taqdim etildi. Shuningdek, kutubxona kompyuter jamlanmalari bilan ta'minlanib, internet orqali onlayn kutubxonalar tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Andijon viloyatiga xizmat safari davomida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Uchqun" mahallasida kutubxona ochilishi tadbirida ishtirok etib, vazirlik jamoasi nomidan #Ziyo_ulash chellenji doirasida mahallaga 500 dan ortiq kitoblar sovg‘a qildi.

Adliya organlari va muassasalari xodimlari yangi an'anani boshlab berdi, uni xohlagan kishi davom ettirishi mumkin. Siz ham mahallangizga ziyo ulashib, kutubxonalar tashkil qilishda o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.

Barcha yurtdoshlarimizni #Ziyo_ulash chellenjida ishtirok etishga taklif qilamiz!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligi tashabbusi Qoraqalpogʻiston Respublikasining olis hududi boʻlgan Moʻynoq tumanidagi “Moʻynoq” mahallasida yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘yicha tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga start berildi.

Navbatdagi kutubxona Qashqadaryo viloyatining olis, qo‘shni Turkmaniston bilan chegara hududida joylashgan Pomuq shaharchasida ochildi.

"Ziyo ulash" loyihasi doirasidagi ishlar boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Fargʻona viloyatida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida mahallabay xatlovlar davom etmoqda


Jumladan, Quva tuman “Nayman” mahallasidagi xatlov davomida fuqaro Axrorbek Kupaysinov farzandining tibbiyot bo'limi tomonidan berilgan maʻlumotnomasida bola ismi maslahatsiz qoʻyilganligiga oydinlik kiritildi.

Biroq farzandining ismini moddiy jihatdan oʻzgartirishga imkoniyati yoʻqligi aniqlanib, fuqaro arizasiga asosan bola ismi oʻzgartirildi va tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilib, sayyor ravishda topshirildi.

“Dehqonobod” hamda “Qalinpoʻstin” mahallalarida ham hujjatlari boʻlmagan fuqarolar roʻyxatini shakillantirish yuzasidan xatlov oʻtkazildi. “Qalinpoʻstin” MFYda yashovchi Aslan Zakirov ehtiyotsizlik sabab tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini yoʻqotib qo'ygan. Unga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari takroriy ravishda rasmiylashtirib berildi.

Shuningdek, Shoʻrmahalla qishlog‘ida yashovchi Rasuljon Abdusalimovning 2010-yil vafot etgan otasining oʻlim haqida guvohnomasi takroriy rasmiylashtirildi.

Quva tumanida xatlovlar natijasida 15 ta tugʻilganlik, 6 ta nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomalar, 5 ta ID-kartalar fuqarolarga olib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda.

Ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyati hududiy bo‘lim faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusida uning faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

@adliyangiliklari