ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov joriy yilning 2-fevral kuni Navoiy viloyati yuridik texnikumida o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi.

Shuningdek, yuridik texnikumdagi dars jarayonlarida o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularga professional huqushunos bo‘lish uchun yetarli ilm olish va ularga bu borada sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o‘tdi.

Shu bilan birga, yuridik texnikumdagi mavjud muammolar yuzasidan hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Sayyor qabulda aholi murojaatlari hal etilmoqda

🔻 Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabulda Respublika ishchi guruhi, Toshkent shahar adliya boshqarmasi, Soliq boshqarmasi, Kadastr boshqarmasi va qator tashkilotlardan  masʼullar ishtirok etib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish va yaqindan ko‘mak berish maqsadida ish olib borishdi.

🔸 Qabul davomida 150 dan ortiq fuqarolar turli murojaatlar yaʼni kadastr masalalari, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq muammolar va boshqa ijtimoiy yordam masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbarlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borishdi.

🔸 Shuningdek aholi salomatligini tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha ham tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘riklar tashkil etilib, kerakli dori darmonlar ham ulashildi. Tashkil etilgan madaniy tadbirda Ichki ishlar va Mudofaa vazirligi orkestr jamoasi hamda  xonandalarning chiqishlari aholiga xush kayfiyat ulasha oldi.  

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

''Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi'' huquqiy aksiyasi doirasida 15 kun davomida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishing

@adliyangiliklari
#Adliya_brifing

📢 Bugun, 5-fevral kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tadi.

Mavzu: ''Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi'' huquqiy aksiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar

⏳Vaqti: 12:00

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 31-yanvardagi 2-son yig‘ilish qaroriga asosan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2024-yil 1-fevraldagi tegishli buyrug‘i bilan


🚫 Urgut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar U.Bekmuxammedov hamda G‘.Xoshimovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyaning amal qilish muddati 2024-yil 2-fevraldan 15 kun muddatga;

🚫 Toyloq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius F.Valixodjayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati ham 2024-yil 2-fevraldan 15 kun muddatga;

🚫 Qo‘shrabot tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Ubaydullayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyaning amal qilish muddati 2024-yil 2-fevraldan 1 oy muddatga;

🚫 Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius F.Xodjayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2024-yil 2-fevraldan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

‼️ “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi davom etmoqda.

Aksiya 2024-yilning 20-martiga qadar davom etadi.

Huquqiy aksiya doirasida murojaatlar:

Endilikda nafaqat fuqarolarning ushbu turdagi murojaatlari joylarda tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” ishonch telefoni balki adliyaaksiya_bot orqali tezkorlik bilan qabul qilinadi;

🌐 Mazkur bot orqali murojaat qilish uchun quyidagi havoladan foydalaning:

https://t.me/adliyaaksiya_bot

Kelib tushgan barcha murojaatlar o'rganib chiqilib, muammolarni qonuniy hal etishga ko'maklashiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tdi.

Brifing davomida ''Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi'' huquqiy aksiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Fuqarolarga tugʻilish, nikoh guvohnomalari topshirilmoqda

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Yangi Namangan tuman "Maʼnaviyat" mahallasida istiqomat qiluvchi 2010-yilda tugʻilgan Adhamjon Kozimjonovga takroriy tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi “sayyor xizmat” tartibida joyiga chiqqan holda topshirildi.

Shuningdek, Mingbuloq tumani FHDY boʻlimi tomonidan xonadonlarni oʻrganish vaqtida aniqlangan “Momaxon” mahallasida norasmiy nikoh asosida yashovchi Murotali Hayitov va Shodiyalar Qodirovaning nikohi qonuniy qayd etilib, nikoh guvohnomasi tantanali taqdim etildi.

Uchqoʻrgʻon tumani FHDY boʻlimi tomonidan Dilnavozga tugʻilganlik haqida guvohnoma topshirildi. Kosonsoy tumani “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat kuluvchi fuqarolar Islom Niyozov bilan Zuhra Karimovalarning qonuniy nikohi boʻlmaganligi sababli, 2008-yil va 2011-yilda tugʻilgan farzandlarining tugʻilishini yolgʻiz ona tartibida qayd etilgan. Kosonsoy tuman FHDY boʻlimi tomonidan farzandlariga otalik belgilanib, yangi tugʻilganlik haqida guvohnomalar tantanali holatda yashash xonadonida topshirildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#huquqingizni_bilasizmi

Vasiyatnomaga oid ma'lumotlarni oshkor etish mumkin emas

Merosxo‘rlar o‘zaro kelishib, vasiyatnomaning ijrosini merosxo‘rlardan biriga yoki boshqa shaxsga topshirishga haqli.

Ushbu loyiha Zamon.uz nashri tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

@adliyangiliklari