#Adliya_xabari
Italiya deputatlar palatasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida brifing tashkil etildi
👉Batafsil
@adliyangiliklari

Adliya vazirligi: 12 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi
Joriy yilning 2-fevral kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.
Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 34 nafar talabgor ushbu malaka imtihonlarida ishtirok etishiga ruxsat berildi.
Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 12 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:
Andijon viloyatidan:
Egamberdiyev Sayfiddin Faziliddinovich;
To‘rayeva Muxtasar Ergashevna;
Buxoro viloyatidan:
Bozorova Shahlo Karim qizi;
Namangan viloyatidan:
Azizov Sardorbek Sultanbayevich;
Sirdaryo viloyatidan:
Sindarov Jamoliddin Sindor o‘g‘li;
Surxondaryo viloyatidan:
Malix Ella Konstantinovna;
Toshkent shahridan:
Abduraxmonova Xosiyatxon Baxtiyorjon qizi;
Ma’murjonova Shaxnoza Sodikovna;
Xorazm viloyatidan:
Ramazanov Johongir Adilbekovich;
To‘xtabayev Yodgorbek Tuxtabayevich;
Farg‘ona viloyatidan:
Obidov Ilxom Muminovich;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan:
Auyezov Baxadir Maksetbayevich;
Malaka imtihonlari joriy yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim bilan uchrashdi
2024-yil 2-fevral kuni Adliya vazirligida adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi giyohvand moddalarni suiiste’mol qilish va savdosini kamaytirish, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, terrorizmning oldini olish hamda sud-ekspertiza sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Tashkilot doimiy ravishda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurashishda Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘mak beradi.
Uchrashuvda Adliya vazirligi hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilindi.
Uchrashuv boshida adliya vaziri Akbar Toshqulov mehmonlarni qutlab vazirlik hamda tashkilot o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligini hamda ular jadal suratlar bilan rivojlanib borayotganligini aytdi.
A.Mittal tashkil qilingan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda Adliya vazirligining o‘rni muhim ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish va aktivlarni qaytarish tizimini mustahkamlash, kiberxavfsizlik va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, jinoiy sudlov va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha qonunchilikni hamda sud ekspertiza sohasida xizmatlarni takomillashtirish maqsadida o‘zaro amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik dasturini imzolashga kelishib oldilar.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
📹 Fuqaroning 41 million so'mlik ta'til pullari undirib berildi.
@adliyangiliklari
📹 Fuqaroning 41 million so'mlik ta'til pullari undirib berildi.
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vazirligining 2023-yilgi faoliyati sarhisob etildi
Joriy yil 2-fevral kuni Adliya vazirligining hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Hay’at majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Unda 2023-yil davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar, muhokama qilindi.

#Adliya_aksiya
"Adliya ko‘magida farzandlarim huquqlari tiklandi"
Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash kerakki, "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida dastlabki 10 kunlikda Samarqand viloyatida 211 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.
Jumladan,
21 nafar shaxslarning tug‘ilishi qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar berildi;
15 nafar shaxslarning yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilib, o‘lim haqidagi guvohnomalar berildi;
19 nafar shaxslarga tug‘ilganlik va o‘lim haqida takroriy guvohnomalar berildi;
5 nafar shaxslarga ID-kartalar berildi;
151 nafar shaxslarga tegishli tadbirkorlik sub'ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Sizda ham bunday muammolar bo‘lsa, adliya bo‘limlariga yoki 1148 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
Batafsil 👉 videolavhada

Qoraqalpoqston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov rahbarligida shahar adliya boʻlimi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Nukus shahrining “Allaniyaz qaharman” va “Jana bazar” MFY hududida istiqomat qiluvchi bir necha yillardan beri hujjatlarini rasmiylashtirishda muammolarga uchrayotgan aholiga hujjatlarini rasmiylashtirib, yashash joylariga olib borib berildi.
✔️Bunda, 1984-yili tugʻilgan Yelmuratova Navbaharga tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi va u bilan bir oila boʻlib oʻn yildan beri farzandlarini birgalikda tarbiyalayotgan Babajanov Kuanıshbayga ham nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi topshirildi.

#OAV_biz_haqimizda
Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tez fursatlarda ochishda sud va tergov organlariga yaqindan ko‘maklashilmoqda. Bu o‘z navbatida mamlakatamizda odil sudlovni ta'minlash hamda fuqarolarimizni buzilgan huquqlarini himoya qilinishini ta'minlamoqda.
Batafsil 👉Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqidagi videolavhada.