ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda.

Adliya vazirligi va markaz vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan markazning Navoiy viloyati hududiy bo‘lim faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusida bo‘lim faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, ishchi guruhi tomonidan Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Pedagoglar sudga shikoyat qilganda davlat boji to'lamaydi


📝 Qonun bilan “Davlat boji to'g'risida”gi qonunga quyidagi qo'shimchalar kiritildi:

Pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o'z sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini himoya qilish bilan bog'liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.

Shuningdek, pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma'muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

G‘ijduvonda ustamasi to‘lanmagan o‘qituvchiga viloyat adliya boshqarmasi ko‘magida 106 mln so‘m to‘lab berildi

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi mumkin emas?


Qonunga ko'ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi:
➖qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
➖qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
➖pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan kasalliklari bo'lgan shaxslar;
➖psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.

⚠️ Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog'liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunda_nima_deyilgan

Qizlarga gap otsa nima bo‘ladi?

Loyiha "Darakchi" nashri tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Italiya deputatlar palatasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida brifing tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: 12 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi

Joriy yilning 2-fevral kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 34 nafar talabgor ushbu malaka imtihonlarida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 12 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:
Egamberdiyev Sayfiddin Faziliddinovich;
To‘rayeva Muxtasar Ergashevna;

Buxoro viloyatidan:
Bozorova Shahlo Karim qizi;

Namangan viloyatidan:
Azizov Sardorbek Sultanbayevich;

Sirdaryo viloyatidan:
Sindarov Jamoliddin Sindor o‘g‘li;

Surxondaryo viloyatidan:
Malix Ella Konstantinovna;

Toshkent shahridan:
Abduraxmonova Xosiyatxon Baxtiyorjon qizi;
Ma’murjonova Shaxnoza Sodikovna;

Xorazm viloyatidan:
Ramazanov Johongir Adilbekovich;
To‘xtabayev Yodgorbek Tuxtabayevich;

Farg‘ona viloyatidan:
Obidov Ilxom Muminovich;

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan:
Auyezov Baxadir Maksetbayevich;

Malaka imtihonlari joriy yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim bilan uchrashdi


2024-yil 2-fevral kuni Adliya vazirligida adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi giyohvand moddalarni suiiste’mol qilish va savdosini kamaytirish, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, terrorizmning oldini olish hamda sud-ekspertiza sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Tashkilot doimiy ravishda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurashishda Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘mak beradi.

Uchrashuvda Adliya vazirligi hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilindi.

Uchrashuv boshida adliya vaziri Akbar Toshqulov mehmonlarni qutlab vazirlik hamda tashkilot o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligini hamda ular jadal suratlar bilan rivojlanib borayotganligini aytdi.

A.Mittal tashkil qilingan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda Adliya vazirligining o‘rni muhim ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish va aktivlarni qaytarish tizimini mustahkamlash, kiberxavfsizlik va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, jinoiy sudlov va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha qonunchilikni hamda sud ekspertiza sohasida xizmatlarni takomillashtirish maqsadida o‘zaro amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik dasturini imzolashga kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

📹 Fuqaroning 41 million so'mlik ta'til pullari undirib berildi.

@adliyangiliklari