ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Norma ijodkorligi: amaliyot va muammolar

Qashqadaryo viloyat hokimligi va adliya boshqarmasi hamkorligida mahalliy davlat hokimiyati organlari, viloyat, tuman (shahar) tizimlarida faoliyat yuritayotgan masʼul xodimlar ishtirokida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaror loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish tartiblari boʻyicha bilim hamda malakalarini oshirish maqsadida amaliy seminar mashgʻulot tashkil etildi.

Seminarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartiblari, oʻtgan davr mobaynida qaror loyihalarini tayyorlash hamda norma ijodkorligi sohasida yoʻl qoʻyilgan tizimli kamchiliklar, ularning huquqiy yechimlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar boʻyicha masʼul xodimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Vatan himoyachilari kuni nishonlandi

Bugun Adliya vazirligida Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirni adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev ochib berib, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi munosabati bilan adliya vazirining tabrigini yetkazdi. Maʼruzachilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilish tarixi, uning mamlakatimiz xavfsizligini taʼminlashdagi roli va ahamiyati, Oʻzbekiston qurolli kuchlarining xalqaro reytingi hamda vatan himoyasini taʼminlash sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida soʻz yuritdilar.

Tadbirning badiiy qismida vatanparvarlikka bagʻishlangan harbiy orkestr jamoasi ijrosida kuy qoʻshiqlar namoyish etildi. Mazkur tadbirdan koʻzlangan maqsad, xodimlarni vatanga muhabbat, ezgulik, shukronalik, mehnatsevarlik, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada kuchaytirishga hamda Mudofaa vazirligi faxriylarini katta hayotiy tajribasidan keng va samarali oʻrnak olishga qaratildi.

Tadbir soʻngida Mudofaa vazirligidan tashrif buyurgan mehmonlarga Adliya vazirligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Yil yakunlari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq matbuot anjumani hamda Boyovut tuman adliya bo'limiga press-tur tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uyali aloqa operatorlariga ulanishlari mumkin

Bu yangilik bilan yuridik va jismoniy shaxslar, ayniqsa, xorijiy fuqarolar markazning o'zida mobil aloqa operatorlariga ulanadilar, shaxsiy idenfikatsiya raqamlarini rasmiylashtirish va boshqa xizmatlarni olishda qulaylik kompakt servisdan foydalanadilar.

Ayni paytda Navoiy viloyatidagi 11 ta tuman(shahar) davlat xizmatlari markazlarida sim kartalar berish yo'lga qo'yildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Kimlarga imtiyozli transport kartasi taqdim etiladi?

— Quyidagi shaxslarga imtiyozli transport kartasi taqdim etiladi:
▫️1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
▫️1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari;
▫️1941 — 1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
▫️Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi ▫️jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
▫️haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
▫️Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslar.
_____________________

❓Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish huquqidan foydalanadimi?

— Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga imtiyozli transport kartalari berilmaydi. Ular harbiy guvohnomasi yoki kontrakt asosida xizmat qiluvchining shaxsiy guvohnomasini ko‘rsatgan taqdirda shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish huquqidan foydalanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-sentabrdagi 507-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

"G‘uzor tandir go‘shti" — davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi


Qashqadaryo viloyatida birinchi bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ushbu geografik ko‘rsatkich hududda turistlar oqimining ko‘payishiga, “gastronomik turizm”ni rivojlantirishga va umuman, hududning turistik jozibadorligini oshirishga yordam beradi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_va_OAV

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 8-sonida (2024-yil 12-yanvar) "Biznes byurokratiyasi yanada qisqarmoqda. Bu tadbirkorga nima beradi?" nomli adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyevning maqolasi chop etildi.

Maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1-2-sahifalar).

@adliyangiliklari
№-8.pdf
1.7 MB
#Adliya_va_OAV

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 8-sonida (2024-yil 12-yanvar) "Biznes byurokratiyasi yanada qisqarmoqda. Bu tadbirkorga nima beradi?" nomli adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyevning maqolasi chop etildi.

Maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1-2-sahifalar).

@adliyangiliklari