ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Xorazm viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi masʼul xodimlar ishtirokida “Mehnat shartnomasini bekor qilishning ayrim masalalari” mavzusida muloqot formatida oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari va inson resurslari bilan ishlashga masʼul xodimlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari ishtirok etib, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining ayrim normalarini qoʻllashda amaliyotda va ish jarayonida vujudga kelayotgan muammoli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtgan seminarda, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi hamda tadbirda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga “Oʻzbekiston Respublikasining zamonaviy maʼmuriy huquqi va ommaviy boshqaruvi boʻyicha 100 ta dolzarb savollarga javoblar” nomli kitoblar sovgʻa qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

📹 Adliya vazirligi tashabbusi bilan Namangan viloyatida tashkil etilgan Ochiq eshiklar kuni yuzasidan tayyorlagan ko'rsatuv "O'zbekiston-24" telekanali orqali efirga uzatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar hamda media sohasi vakillari o‘rtasida amaliyotdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi hamda Navoiy shahar adliya bo‘limi hamkorligida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Navoiy shahar davlat xizmatlari markazida aholi va tadbirkorlarga harbiy orkestr ishtirokida bayram kayfiyati ulashildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Qadrli vatan himoyachilari!

Sizlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz tinchligi va farovonligi, osoyishta hayotini ko'z qorachig'idek asrab-avaylashdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo'lsin.

Ushbu qutlug' damda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik yor bo'lishini, xonadoningizdan fayzu baraka arimasligini tilaymiz.

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan iste'fodagi harbiylar xolidan xabar olindi.

Iste'fodagi General-mayor 81 yoshli Jamshir Shaxmardonov 36 yil davomida harbiy sohada ishlaganini aytib, yoshlarga Vatanni astoydil sevish kerakligini  hamisha uqtirib kelgan.

Iste'fodagi polkovnik 76 yoshli Rinat Ardashirov ham 35 yil davomidagi mehnat faoliyati haqida gapirib,  O‘zbekistonga mehri o‘zgacha ekanini taʼkidlaydi.

Shuningdek, xodimlar iste'fodagi polkovnik 86 yoshli Aleksandr Dyakov va General-mayor 76 yoshli Isoqjon Fozilov hamda boshqa faxriylarning ham xonadonlarida bo'lishib, ularni bayram bilan qutlashdi.

@adliyangiliklari