ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.57K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Umummilliy Konstitutsiya imtihonining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Sovrinli viktorina, “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotoko‘rgazmasi. “Konstitutsiya ko‘chasi”da bayram qanday o‘tdi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2024—2034-yillarda O‘zbekiston Respublikasida bolalarning odil sudlovdan foydalanilish tizimini yana-da takomillashtirish milliy strategiyasi Loyihasi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suxbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, hukumat, fuqarolik jamiyati, xalqaro tashkilotlar vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar mazkur loyihani qabul qilish ahamiyati, bugungi kundagi Voyaga yetmaganlar bilan ishlash sohasidagi holatlar muhokama qilinib, yuzasidan o‘zlarining taklif va mulohazalri bildirdilar.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya bayramini yuqori saviyada o‘tkazish borasida amalga oshirilgan ishlar


AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida shu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.

Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo'lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.

Ommaviy axborot vositalari o'zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.

81-modda.

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Ushbu Nizomda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi belgilandi.

Stipendiya har oylik to‘lov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan hamda belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.

Stipendiya O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligida tuziladigan Stipendiya komissiyasi tomonidan tayinlanadi.

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi har chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar belgilangan mezonlar asosida sport terma jamoalari tarkibidagi sportchilardan stipendiyaga nomzodlar ro‘yxatini tuzadi va Stipendiya komissiyasiga taqdim qiladi.

Stipendiya komissiyasi masʼul ijrochilar tomonidan taqdim qilingan stipendiyaga nomzod sportchilar ro‘yxatini va ularning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni 15 kun ichida ko‘rib chiqadi.

Stipendiya komissiyasi yig‘ilishida umumiy ovoz berish yo‘li bilan stipendiya tayinlash va to‘lash to‘g‘risida yoki stipendiya tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Stipendiya bir yil muddat davomida har oy mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida to‘lanadi.

Stipendiya harbiylar o‘rtasidagi va talabalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida sovrindor bo‘lganlar uchun ham tayinlanadi.

@adliyangiliklari