ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.59K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Navoiyda “Street law” va “Adliya qanotlari” jamoasi yoshlari ishtirokida "ADLIYA BOG‘I" tashkil
etildi

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Adliya bog‘i” tashkil etildi. Viloyat hokimi qaroriga asosan, Karmana tumani hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar yo‘li bilan 1000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Hasharda adliya boshqarmasi, tuman(shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, FHDY bo‘limlari, notarial palata vakillari, yuridik texnikum mas’ullari birdek o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Shuningdek, adliya boshqarmasi huzuridagi “Street law” va “Adliya qanotlari” jamoasi yoshlari ham “Adliya bog‘i” da ezgu niyat bilan manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri yuridik texnikum faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida ta'mirlanishi yakunlanayotgan yuridik texnikum binosini ko‘zdan kechirdi.

Akbar Toshqulov ta'mirlash ishlarini olib borayotgan korxona mutasaddilari bilan muloqot qilib, mazkur dargoh har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qurilish ishlarida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, pedagog xodimlar va o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishib, dars jarayonlarida bevosita qatnashgan holda ta'lim olishda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lash, bunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarini ham jalb qilishda hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha fikrlarini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Termiz shahridagi mahalla mas'ullari bilan uchrashdi.

Akbar Toshqulov  Termiz shahridagi "Gulira'no" mahallasida boʻlib, mahalla xodimlari bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida aholi muammolarining huquqiy yechimi, sohaga oid qonun hujjatlarining ijrochilarga yetkazilishi ahvoli hamda mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganilib, zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mahallaning xotin-qizlar bo’yicha maslahatchisi bilan muloqotda xotin-qizlarning ijtimoiy hayotidagi huquqiy muammolari, oilaviy nizolar, ajrimlar sonini kamaytirish va zo’ravonliklardan himoya qilinganligining qonunchilikda belgilangan kafolatlari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Viloyat va shahar davlat arxivlari faoliyati o'rganildi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Surxondaryo viloyati va Termiz shahar davlat arxivlarida bo‘lib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv hujjatlarini shakllantirish, belgilangan talablar asosida saqlash, xodimlarning ish jarayoni, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shu bilan birga, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda duch kelinayotgan muammoli holatlar o‘rganilib, tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo'li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o'zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta'minlanadi.

Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo'lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

Hech kim o'ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

28-modda

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida 2023-yil 16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyish bilan “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan jami 40 ta tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardan iborat dastur tasdiqlandi va uning ijrosini samarali tashkil etish uchun mas'ul bo‘lgan tashkiliy qo‘mita tuzildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim

Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari! 2023-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar O‘zbbekistonda "Yong'in xavfsizligi oyligi" o‘tkaziladi. Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish borasida Britaniya tajribasi o‘rganilmoqda

Ayni kunlarda Adliya vazirligi, “Madad” NNT hamda O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari assotsiatsiya vakillaridan iborat ishchi guruh Buyuk Britaniyada “Citizens Advice” milliy assotsiatsiyasi tajribasini o‘rganmoqda.

Ma’lumot uchun hozirda “Citizens Advice” milliy assotsiatsiyasining Buyuk Britaniyada 255 ta byurolari faoliyat olib bormoqda hamda ular fuqarolarga huquqiy maslahat berish bilan bir qatorda ularning huquqlarini himoya qilib sudlarda ham ishtirok etishlari mumkin, bundan tashqari byurolar aholiga boshqa istalgan yo‘nalishlarda (kredit olish, soliq maslahati, ishga joylashish va h.z) ham maslahat berib amaliy yordam ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda ham Buyuk Britaniya tajribasi asosida “Madad” NNT tashkil qilingan va uning hududlarda 73 ta tuman (shahar)larda hududiy byurolari faoliyat yuritmoqda. Aholiga bepul huquqiy maslahat berish va protsessual hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatish “Madad” NNT va hududiy byurolarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ishchi guruhning asosiy maqsadi “Madad” NNT faoliyatini kengaytirish uchun “Citizens Advice” milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan moliyaviy yordam va grantlarni jalb qilish, shuningdek Buyuk Britaniyaning tajribasi asosida Madad” NNT tomonidan ko’rsatiladigan yangi xizmat va yordamlar sonini oshirishdan iborat.

Ishchi guruh “Citizens Advice” milliy assotsiatsiyasining Londondagi bosh ofisi hamda hududiy byurolarida bo‘lib ularning ish faoliyati, murojaatlar bilan ishlash tartib-tamoyillari hamda aholidan kelib tushayotgan so‘rovlarni tahlil qilish maqsadida shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi bilan tanishdi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli Narpay tumanida bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari