ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Gender zo‘ravonligini bartaraf etish va gender tengligini ta'minlashga qaratilgan idoralararo hamkorlik masalalari muhokama etilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
. Unda 2023-yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammoli masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan majlis yakuniga koʻra markazda yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sifatli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga malakali amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb qilish, elektron taʼlim platformalari asosida oʻqishlarni samarali tashkil qilish, xalqaro hamkorlik yoʻnalishidagi ishlar va sifatli oʻquv kontentlarini tayyorlash bilan bogʻliq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish boʻyicha qaror qabul qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda BMTning Qochoqlar huquqlari boʻyicha agentligi hamkorligida “Fuqaroligi boʻlmagan va boshpanasiz shaxslar huquqlari: xalqaro standartlar va Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi xodimlari tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida huquqni qo‘llash amaliyotini, qonunchilikdagi yangiliklar va vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan uslubiy qo‘llanmalar yuzasidan maʼlumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan agentlik xodimlarining qiziqtirgan huquqiy savollariga javoblar berilib, agentlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar eshitildi.

Davra suhbati yakunida Adliya vazirligi tomonidan kelgusida agentlik faoliyatiga huquqiy yordam berib borish, ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qo‘llash yuzasidan uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanishi yuzasidan kelishib olindi.

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning davlat xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar qonun bilan belgilanishi talabidan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardan bunday cheklovlar chiqarildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Adliya: Karmana tumanidagi “Talqoq" mahallasi hududida adliya boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli o'tkazildi.

@adliyangiliklari