ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Xorazm viloyatida sayyor qabul

X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertiza markazi direktori Akram Utamurodovich Xalilov tomonidan Xorazm viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 27-oktabr kuni Xorazm viloyati Urganch va Xiva shaharlarida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda sud-ekspertizasi bilan bog‘liq masalasi bo‘lgan fuqarolar va  tadbirkorlar tomonidan murojaatlar kelib tushdi.

Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari o'rganilib, ba'zilari joyida hal etildi va boshqa murojaatlar alohida nazoratga olinib, tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Xorazm viloyatiga tashrif davomida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, unda A.Xalilov tomonidan mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud tergov organlari, ayniqsa yuridik va jismoniy shaxslarga sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Shuningdek, markazning Xorazm viloyati bo‘limida Odam DNKsi sud biologik ekspertiza laboratoriyasini tashkil etish ishlari bilan yaqindan tanishib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashgach, lot g‘olibi bo‘lgan korxona muammosi hal bo'ldi

“Production” xususiy korxonasi rahbari Sh.Djumanovning murojaati Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Navoiy shahridagi “Bunyodkor” mahallasi hududida adliya boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli tashkil etildi.

Qabulda sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, davlat tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠💡📚

So‘nggi vaqtlarda mualliflik huquqi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab noo‘rin fikrlar bildirilib, ma’lum mualliflik huquqi bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

Shu munosabat bilan Adliya vazirligi hamda San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi vakillari bilan hamkorlikda "Muallif minbari" ko‘rsatuvi orqali holat bo‘yicha tushuntirish berib o‘tildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Jizzax shahrida tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Jizzax shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish korxonalari vakillari va tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o'tkazib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shulardan biri shahardagi qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanayotgan "IRUSKON" MCHJ hisoblanadi.

Tadbirkorlik subyektlaridan yana biri "MASTER BILDING PRODUCTS" mas’uliyati cheklangan jamiyatidir. Mazkur tadbirkorlik subyekti qurilish ashyolari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadi.

Uchrashuv davomida tadbirkorga bugungi kunda ular uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, faoliyati davomida uchrayotgan mavjud muammolar ham o‘rganildi hamda ularni bartaraf qilish yuzasidan hududiy adliya organlariga tegishli topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

ADLIYA VAZIRI O'RINBOSARI MAHALLA "BESHLIGI" BILAN UCHRASHDI

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev Paxtakor tumanidagi "Olmazor" mahallasiga tashrif  buyurib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla "beshligi" bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida mahalla beshligi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlarini ijrochilarga etkazilishi holati, mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo'yicha takliflar eshitildi. Shuningdek, mahalla faoliyatiga oid online-mahalla.uz elektron platformani takomillashtirish bo'yicha fikr- mulohazalar almashildi.

Bundan tashqari Advice.uz huquqiy axborot portali imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qonunchilik hujjatlarini amaliyotda qo'llash bo'yicha yuzasidan ham amaliy tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Jizzax viloyatidagi Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlari adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv mobaynida tumanlar yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga kelib tushgan hujjatlar soni, ko‘rib chiqilish muddati, tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar va bartaraf etish choralari bilan tanishdi.

Shuningdek, qonunchilikka amal qilish va faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari