ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Konimexliklar murojaati tinglandi

Konimex tumanida adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o'rinbosari Z.Farmanovning sayyor qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida ish haqini undirish, nogironlikni belgilash, uy-joy ta’minoti, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bandlik, mehnat va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq bir qator masalalar e’tibor markazida bo‘ldi.

Dildora Izzatova tumandagi “Yuksalish” mahallasida istiqomat qiladi. Bir paytlar chet elga ishlashga ketgan turmush o‘rtog‘i chegaradan o‘tayotganda buyumlari qatori pasport hujjatlarini ham o‘g‘irlatgan. Shundan buyon oila boshi ishsiz. Ayolning 0,5 stavkadagi ish haqi evaziga qora qozon qaynab turibdi. Murojaat o‘rganilib, fuqaroga avvalo, turmush o‘rtog‘ining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha dastlabki harakatlar amalga oshirildi.

Sarvinoz Davlatova esa bugungi kunda yolg‘iz ona. Turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng yashash joyi bilan bog‘liq kadastr muammolari yechimida qator qiyinchiliklarga uchramoqda. Tadbir joyida fuqaroning masalasi tahlil etilgach, kadastr hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirib berish uchun ayolga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish joiz, bugungi kunga qadar Konimex tuman adliya bo‘limiga 300 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Ularning 87 foizi ijobiy qanoatlantirilib, qolganlari tegishliligiga ko‘ra davlat tashkilotlariga yo‘naltirilgan. Fuqarolarga 1000 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, tumanda joriy yilning shu davriga qadar 355 nikoh, 145 ta ajrim, 38 ta o‘lim holati va 181 ta otalikni belgilash qayd etilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 31-oktabrdagi 124-um-sonli buyrug‘iga asosan Sayxunobod tumanida xususiy amaliyot bilan  shug‘ullanuvchi notarius K.Botirovning SI№ 0008 raqamli litsenziyasi amal qilishi 2023-yil 1-noyabrdan bir oy muddatga to'xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Avval xabar berilganidek, adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Jizzax viloyatida xizmat safarida bo’lib, Forish tumani adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga kelib tushayotgan hujjatlar va tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklarni haqida firk almashildi.

Shuningdek, markazlar faoliyati davomida qonunchilikka amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Samarqand viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabullar doirasida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan ham viloyat aholisining mazkur yo‘nalishdagi muammolari o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Билиб_қўйган_яхши

⚡️Эндиликда Сиз боғчага йўлланмани олиш учун Давлат хизматлари марказига боришингиз шарт эмас!

Батафсил видео орқали танишишингиз мумкин.

Каналга уланиш
https://t.me/advice_uz

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг👇
Advice.uz | Telegram | Facebook | Youtube