ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 25-oktabr kuni Adliya vazirligida “O‘zbekistonda yuridik yordam mexanizmlarini mustahkamlashning hamkorlik yo‘li” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov:

— Bugungi kunda "pro bono" doirasida advokatlar tomonidan ham bepul, beg‘araz yuridik yordam ko‘rsatib kelinmoqda, yuridik sohada ta'lim beruvchi oliy ta'lim muassalari qoshida tashkil etilgan yuridik klinikalar va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ham aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Masalan, 2023-yilning birinchi yarmida 100 ming nafardan ortiq fuqarolarga “Madad” NNT tomonidan bepul yuridik yordam ko‘rsatilgan. 2022-yilda advokatlar tomonidan 111 055 nafar fuqarolarga "pro bono" doirasida bepul beg‘araz yuridik yordam ko‘rsatilgan.

Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi loyihalari ham ushbu sohaning rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida shu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi taqdim etadi.

Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakil o‘rinbosari A.Karman bilan uchrashdi

Bugun, 25-oktabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bilan BMTTDning O‘zbekistondagi Doimiy vakil o‘rinbosari Anas Karman o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda boshida, adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov tomonlarni BMT Ustavining 78-yilligi bilan samimiy qutlab, ushbu sananing ramziy ma’noda millatlarni birlashtiradigan, tinchlik, barqaror rivojlanish va butun jahonda inson huquqlarini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasida vazirlik va BMTTD hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bugungi kundagi holat, jumladan, yutuq va kamchiliklar hamda loyiha ko‘magida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangi imkoniyatlar to‘g‘risida fikr mulohazalar yuritildi.

A.Karman o‘z navbatida, yaqin kunlarda Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lgani va tashrif davomida davlat xizmatlari markazlarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, yo‘lga qo‘yilgan islohotlarga yuqori baho berdi hamda vazirlik jamoasiga ushbu samarali natijalar uchun o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

M.Ikramov tomonidan aholiga bepul yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida yo‘lga qo‘yilgan ishlar vazirlik va Dasturning birgalikdagi mehnati ekanligi e’tirof etilib, loyihalarning kelajakda yanada samarali ishlashi uchun soha yuzasidan qator takliflar taqdim etildi.

Mehmonlar o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va loyihalarni yo‘lga qo‘yishda vazirlikning samarali faoliyatiga alohida urg‘u bergan holda, hamkorlikning keyingi bosqichlari yanada yuqori natijalarga boy bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash va qulay ekologik holatni barqaror saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilishning samarali mexanizmlari yaratish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan O‘zekiston Respublikasining Prezidentining “Atrof-muhitni, aholi salomatligini zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar taʼsiridan muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri mahallalarda tashkil qilingan davlat xizmatlari filiallari faoliyatini o‘rgandi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qarshi shahridagi “Qavali” mahallasidagi davlat xizmatlari markazining filialida bo‘lib, fuqarolar va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Filialda kuniga 30 ga yaqin fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilib, tashrif buyuruvchilar uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagi ham tashkil etilgan.

Akbar Toshqulov filial tomonidan bir vaqtni o‘zida bir nechta mahallalar aholisini ham qamrab olish, sifatli xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha o‘z tavsiyalari berdi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_hudud

Adliya faxriylari grant yutib olishdi

O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan "Jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy salohiyatini yanada yuksaltirishda jamoat tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash" mavzusida davlat grantini ajratish uchun 2-tanlov e'lon qilingan.

Joriy yilning 24-oktabr kuni Nodavlat-notijorat tashkilotlari uyida Xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo'yicha jamoat komissiyasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda davlat granti loyihalari ko'rib chiqildi va g'oliblar aniqlandi.

Yangi tashkil etilgan Adliya vazirligi faxriylari kengashi Farg'ona viloyat hududiy bo'linmasi mazkur grant tanlovining "Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini kengaytirish, ularni sohaga oid o'zgarishlardan xabardor qilib borish" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

🎨"Maftunkor ranglar jilosi"ga taklif etamiz

“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida 27-oktabr kuni soat 10:00 da Yoshlar ijodiyot saroyida 7—17 yoshdagi nogironligi bo‘lganlar o‘rtasida navbatdagi “Maftunkor ranglar jilosi-2023” respublika rasm chizish tanlovi, rasm ko‘rgazmasi va shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida adliya vazirligi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hodimlari tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

OAV va jamoatchilik vakillari, blogerlarni nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan yaratilgan san'at asarlaridan bahramand bo‘lishga chorlab qolamiz!

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

⚠️ Bank kartalaringiz haqidagi ma’lumotlarni hech kimga bermang. Firibgarlardan ehtiyot bo'ling!

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Chet ellik biznes vakillari Navoiydan sarxil mevalarni dunyo bozoriga olib chiqmoqchi. Navoiy shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazidan turk ishbilarmoni Kogyigit Barlas meva import-eksporti bilan shug'ullanadigan "PRIZMA ALFA" MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasini davlat ro'yxatidan o'tkazdi. Markaz xodimi turk tadbirkoriga yashil yo'lak tamoyili asosida 20 daqiqada sifatli davlat xizmati ko'rsatdi.

@adliyangiliklari