ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Adliya qabuli: “Meni ham eshiting...”

Bugun “Inson huquqlari — oliy qadriyat” aksiyasi doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabulida ana shunday ilinj bilan kelgan ko‘plab Samarqand tumani aholisi o‘zining huquqiy muammolari yuzasidan boshqarma boshlig‘i Salohiddin Nuriyev bilan muloqotda bo‘ldi.

Boshqarmaning alohida reja-grafigi asosida tashkil etilgan navbatdagi qabulda, shuningdek, tuman adliya bo‘limi rahbariyati, tuman hokimi S.Usmonov va tuman tashkilotlari vakillari ham qatnashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligida o'qish bilan birgalikda Toshkent davlat yuridik universitetidagi "Yuridik klinika"da amaliyot o'tayotgan, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash orqali amaliy ko'nikma shakllantiryotgan talabalar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bo'lib o'tdi.

Talabalar Adliya vazirligi muzeyi, media markazi hamda bir qator boshqarmalarda bo'lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Murojaatlar bilan qay tartibda ishlashni, xodim uchun zarur bo'ladigan amaliy ko'nikmalarni o'rganishdi.

Bundan tashqari, o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollariga javob olishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 26-oktabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligining Inson resurslari boshqarmasi xodimlari ishtirokida Adliya talabalar klubiga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan talaba-yoshlar bilan suhbat tashkil etildi.

Talaba-yoshlar eng avvalo, vazirlik tizimidagi adliya organlari va muassasalarining faoliyati, vazirlikning tashkiliy tuzilmasi, ularning asosiy vazifalari, shuningdek ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan vazirlik siyosati batafsil tanishtirib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning 27 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, 40 foizini 30-40 yoshgacha tashkil qilayotganligi qayd etib o‘tildi.

Shundan so‘ng, Adliya klubi faoliyatiga to‘xtalib, talaba-yoshlarga Adliya talabalar klubi a’zolari uchun ish o‘rganishni tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlari, yuritish-turish qoidalari, ish o‘rganish tartibi, klub a’zolarini rag‘batlashtirish tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.

Tadbirda 150 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdilar va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Bunday uchrashuvlarni kelgusida yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa oliy taʼlim muassasalarida ham o‘tkazilishi rejalashtirib olindi.

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

“Maftunkor ranglar jilosi — 2023” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari