ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.63K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari mahalla "beshligi" bilan uchrashdi

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev Xatirchi tumanidagi xizmat safari davomida "Do'stlik" mahallasiga tashrif  buyurib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla "beshligi" bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida mahalla beshligi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlarini ijrochilarga etkazilishi holati, mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo'yicha takliflar eshitildi. Shuningdek, mahalla faoliyatiga oid online-mahalla.uz elektron platformani takomillashtirish bo'yicha fikr- mulohazalar almashildi.

Bundan tashqari hududda prezident hujjatlari ijrosi ta'minlanganlik holati o‘rganilib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora tadbirlar yuzasidan hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari bilan alohida suhbatlar tashkil etildi.

Advice.uz huquqiy axborot portali bugungi kunda huquqiy axborotni tarqatish, huquqiy xizmatlar, davlat xizmatlari to‘g‘risida aniq va batafsil ma'lumotlarni yetkazib borish, fuqaro murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish va savol-javoblar tashkil etib borayotgan eng yaxshi elektron manbalardan biri hisoblanadi. Muloqotlar davomida portal imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qonunchilik hujjatlarini amaliyotda qo'llash bo'yicha lex.uz hamda "huquqiy axborot" kanallariga ulanishi yuzasidan ham amaliy tavsiyalar berib borildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_onlayn

⚡️"Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi: qulaylik va shaffoflik" mavzusida onlayn muloqot boshlandi

Mavzu bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Inson resurslari boshqarmasi mas'ul xodimlari javob beradi.

❗️ Jonli efir vaqtida mavzuga oid o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 Jonli efir: https://www.youtube.com/watch?v=Fh9A1M8F0vE

@adliyangiliklari
Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?

📘“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 62-moddasiga binoan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzilishga quyidagilar kiradi:

❇️ mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish;
❇️ ijrochining ismi-sharifiga bo‘lgan va ijroni har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz qilish;
❇️ huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish;
❇️ Qonunda nazarda tutilgan hollarda haq to‘lash to‘g‘risidagi talablarni buzish;
❇️ huquq egalarining mulkiy huquqlarini boshqacha tarzda buzish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzishdir.

🌐На русском

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Xatirchi tumanida xorijlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev Xatirchi tumanida baliq go'shti mahsulotlarini ko'paytirish bilan shug'ullanayotgan "YOUKANG FISH BREDD" MJCH faoliyati bilan tanishdi. Mazkur MJCH amalga oshirayotgan loyihaning yillik quvvati 120 million so‘m, 9 ta ish o‘rni yaratilgan.

Shuningdek, vazir o’rinbosari "BEAUTIFUL SAMARQAND" mas’uliyati cheklangan jamiyat ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Mazkur hududda yiliga 156 ming tonna asfalt ishlab chiqariladi. Tashkilotda 5 nafar xatirchilik yigit-qiz ish bilan ta’minlangan.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarga bugungi kunda ular uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining rahbar va pedagog xodimlari “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Xolbayev Jahongir O‘ktamovich – Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi direktori;
Sharbayev Marat Maxsatbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumi direktorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;
Otakulov Jamshid Zubaydullayevich – Samarqand viloyati yuridik texnikum direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;
Babadjanov Aziz Ayubovich – Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quv-metodik bo‘lim uslubchisi;
Abdunazarova Maxliyo Raximovna – Jizzax viloyati yuridik texnikumi maxsus fanlar o‘qituvchisi;
Akramov Ibrohimjon Oxunjon o‘g‘li – Namangan viloyati yuridik texnikumi huquqshunoslik fanlari o‘qituvchisi

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan yuridik texnikumlarning rahbar va pedagog xodimlarini samimiy muborakbod etamiz!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev Navoiy shahridagi "O'zbekiston" mahallasiga ham bo'lib, mahalla raisi, hokim yordamchisi,  xotin-qizlar faoli,  yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla  "beshligi" bilan muloqot uyushtirdi.

"Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda mahalla beshligi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar hamda mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi. Mahalla aholisininig huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida mahalla "beshligi"ga kerakli tavsiyalar berildi

Shu bilan birga advice.uz huquqiy portalining  imkoniyatlari tanishtirildi, onlaynmahalla.uz platformasi bo'yicha mavjud muammolar yuzasidan atroflicha tushunchalar berib o'tildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari o‘qituvchilar bilan uchrashdi

Navoiy viloyatida xizmat safarida bo'lib turgan adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Navoiy shahridagi 5-son umumta’lim maktabi o‘qituvchilari bilan ham uchrashib, ularga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmat sifati yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuvda ta’lim sifati va uning samaradorligini oshirishdagi qonunchilikda o‘qituvchilarga berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

O‘qituvchilarning huquqiy bilimini oshirish borasida ularga yaqin ko‘makchi bo‘lgan «Madad» huquqiy ko‘mak byurosining Advice.uz, lex.uz saytlaridan foydalanish imkoniyatlari va qulayliklari borasida tavsiyalar berildi.

Uchrashuv savol javoblar trazda o‘tkazilib, bu yuzma-yuz muloqot  har ikki soha vakillari uchun manfaatli bo‘ldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i v.b. Bexzod Rustamovich Ruziyev 2023-yilning sentabr oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Bexzod Ruziyev Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini 2021-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi Intellektual mulk huquqi sohasida monitoring bo‘limi boshlig‘i sifatida boshlagan. 2022—2023-yillarda Adliya vazirligi Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Joriy yilning fevral oyidan vazirliklning Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i v.b. sifatida faoliyatini yuritib kelmoqda.

Bexzod Ruziyev intellektual mulk sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, mazkur sohalarda huquqiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishda samarali faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, aholining intellektual mulk sohasiga oid huquqiy ong va madaniyatini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Bexzod Ruziyevni ushbu e'tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabar

Xabar berganimizdek, adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Ishchi guruhning navbatdagi manzili Konimex va Karmana tumanlari yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari bo‘ldi. Aytib o‘tish kerak, viloyatda joriy yilning shu davriga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga 270 mingga yaqin hujjatlar kelib tushgan. Shundan 253 mingtasiga ijobiy xulosa berilgan bo‘lsa, 14 mingdan ortig‘i qayta ishlash uchun yuborilgan.

Ishchi guruh vakillari muloqot mobaynida tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga kelib tushgan hujjatlar soni, ko‘rib chiqilish muddati, tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar va bartaraf etish choralari bilan tanishdi. Qonunchilikka amal qilish va faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari