ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.63K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 70 nafar iqtidorli o‘quvchilari hamda Toshkent davlat yuridik universitetining 8 nafar talabalari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandi.

Mazkur stipendiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF–5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalari va o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida adliya vaziri tomonidan 2021-yilda ta’sis etilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent viloyatining Bekobod shahar Bo'ka tumani adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi

Ishchi guruh vakillari tomonidan avvalo davlat xizmatlari markazi binosida yaratilgan sharoitlar, mavjud moddiy- texnik baza ko'zdan kechirildi.

Muloqot mobaynida, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirishdan tashqari, markaz binosida kuz-qishga tayyorgarlik ko'rish borasida muhim topshiriqlar berish bilan bir qatorda, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, adliya vaziri o'rinbosari tomonidan Bo'ka tumanida davlat xizmatlari markazining yangi binosi qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Markaz binosi davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilmoqda. Yangi bino zamonaviy IT va aloqa uskunalari, fuqarolar uchun qulay kutish maydoni, sovutish tizimi bilan jihozlangan, shuningdek, Markaz nogironlar aravachalari hamda qo‘shimcha infratuzilma va Brayl shriftidagi ma’lumotlar bilan jihozlanadi.

Xususan, markaz elektron navbat uskunalarida (Q-matic) xizmatlardan foydalanishda toifalarga ajratgan holda navbat olish imkoniyati, infokiosk, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish zonasi, bolalar o‘yin maydonchasi, ovqatlanish joyi, mini-kutubxona va bepul Wi-Fi bilan ta’minlanadi.

Qurilish ishlari bilan tanishish jarayonida Xudoyor Meliyev markaz binosining zamonaviy va sifatli bo‘lishi yuzasidan tavsiyalar berdi. Jumladan, markaz birinchi navbatda, xalq uchun qulay bo‘lishi, buning uchun, avvalambor, eng zarur sharoitlar yaratilishi zarurligi ta’kidlandi. Xizmat olishga kelgan fuqaro binoning hashamati, pardoz va bezaklariga emas, balki xizmat olish uchun yaratilgan sharoitlariga ahamiyat qaratishi, qishda issiq, yozda salqin, yorug‘ va shinam maskan bo‘lsagina odamlar ko‘ngli to‘lishi qayd etildi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Fuqarolik qonunchiligi sohasidagi huquqiy masalalar: oila, nikoh, aliment va meros masalalari misolida” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi.

🎙Suhbat spikerlari:

➖O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
➖Fuqarolik ishlari bo'yicha Mirobod tumanlararo sudi;
➖Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassislari.


⏰Ovozli chat 6-oktyabr kuni soat 17:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyatida o'rganish jarayoni davom etmoqda.

Joriy yilning 5-oktabr kuni Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan Bekobod tumani “Guliston” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida 32 nafar fuqarolar qabul qilinib, uy-joy va kommunal xizmatlarga oid murojaatlar bilan bir qatorda, notarius, meros, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bank munosabatlari singari bir qator masalalar tegishli tartibda ko'rib chiqildi.

Sayyor qabul davomida nogironligi mavjud 2 nafar fuqarolarga nogironlik (1 tasi yoshlar uchun mo‘ljallangan) aravachalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 2 nafar ayolga tikuv mashinalari, hamda 4 nafar fuqarolarga eshitish moslamalari topshirildi.

Shu bilan birga, qabul mobaynida fuqarolarning turli sohalarga oid ayrim murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov Turkiya Respublikasi adliya vaziri Yilmaz Tunch bilan uchrashdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov Qozog‘iston Respublikasi adliya vaziri Azamat Yeskarayev bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov Turkiya Respublikasi Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy dunyo notarial ittifoqining tashkil etilishi to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolanishi marosimida ishtirok etdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
1-4.pdf
1.5 MB
#СМИ_и_Минюст

Специалисты Министерства юстиции на страницах газеты "Народное слово" будут разъяснять нюансы законодательства и отвечать на вопросы читателей правового характера.

О том, как начисляют зарплату читайте в новой рубрике "Эксперт разъясняет". На вопросы отвечает начальник отдела Управления методического обеспечения правоприменения Министерства юстиции Тургунбой Азимов.

Читайте об этом в номере 209 от 6 октября 2023 года (стр.3).

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganish davom etmoqda

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining Angren shahri adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘lami bilan tanishdi.

O'rganishlar davomida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta'kidlandi.

Ishchi guruh tumanlarning davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda DXMga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aholining davlat xizmatlarini olishda duch kelayotgan muammolar bo'yicha murojaatlari tinglandi va ayrim masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari