ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.64K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qoʻqon shahrida “Geografik koʻrsatkichlar koʻrgazmasi” tashkil etildi

Qoʻqon shahrida 2023-yil 21—23-sentyabr kunlari oʻtkazilayotgan "II Xalqaro Hunarmandchilik festivali" doirasida "Geografik koʻrsatkichlar koʻrgazmasi" tashkil etildi.

Xususan, koʻrgazmada geografik koʻrsatkich sifatida roʻyhatdan oʻtkazilgan Margʻilon atlasi, Margʻilon adrasi, Qoʻqon pichoqlari, Zomin tadir gʻoʻshti, Gʻijduvon shashligi hamda geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin boʻlgan istiqbolli mahsulotlar namoyish qilindi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston dunyoga ochilmoqda, turizm salohiyati kengaymoqda va respublikamizning har bir hududining oʻziga xos tabiati va anʻanalari mavjud boʻlib, ularni jahon miqyosida mashxurlikka erishishida albatta hududiy brendlarni rivojlantirish va uni shu hudud bilan bogʻliqligini koʻrsatishda intellektual mulk obyektlarning bir turi boʻlgan geografik koʻrsatkichlar alohida oʻringa ega.

Koʻrgazma doirasida tashrif buyuruvchilarga hamda hunarmanlarga geografik koʻrsatkichlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning afzalliklar hamda tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyhatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish, koʻrib chiqish tartibi va qoidalari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazining “Xo‘jankon” filiali faoliyati bilan tanishildi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida aholi bilan muloqotni yaqindan yoʻlga qoʻyish maqsadida Angor tumani “Xo‘jankon” mahalla aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 22-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan markazdan chekka va olis hududda yashovchi fuqarolarning davlat xizmatlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini ta’minlash maqsadida Angor tumanining “Xo‘jankon” mahallasida joylashgan davlat xizmatlari markazi filiali faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, tanishuv davomida bevosita mahalla faollari, oqsoqollar va fuqarolar bilan muloqot tashkil etildi, ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, bir qator huquqiy masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berilishi bilan bir qatorda bir nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning tuman tibbiyot birlashmasida bepul da’volanish bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi hamda o‘rganish muddat talab etadigan boshqa murojaatlar adliya boshqarmasi ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Sud “snos”ga tushgan uy uchun 400 million so‘m kompensatsiya undirish haqida qaror qabul qildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro I.M.ga tegishli uy davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, buzilishga tushgan va olib qo‘yilgan yer uchatkasi uchun kompensatsiya to‘lab berilmagan. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi fuqaroning murojaatini o‘rganib chiqib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga da'vo arizasi kiritdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan temir yo‘l transportida yuk tashish qoidalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

MDHga aʼzo davlatlar Adliya vazirlari kengashining XVII majlisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri ma’ruza qildi
 
Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan MDHga aʼzo davlatlar Adliya vazirlari kengashining XVII majlisi doirasida Oʻzbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov ma’ruza bilan chiqish qildi.

Vazir o‘z ma’ruzasini boshlar ekan yigʻilganlarga minnatdorchilik bildirib, davlat miqyosidagi bu kabi tadbirlar oʻzaro hamkorlikni yanada yuqori choʻqqilarga koʻtarishi va davlatlar rivojiga ulkan hissa qoʻshishini ta’kidladi. Shunigdek, oxirgi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan tub islohotlarda Adliya vazirligi tomonidan qilinayotgan ishlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Xususan, advokatura va jismoniy shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Sohaga zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi advokatlik tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini tugatish, malaka imtihoniga ariza berish, shuningdek, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyani elektron shaklda berish imkonini berdi. 

Vazir yangi qabul qilingan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunga ham to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur qonun davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasini kengaytiradi. Shuningdek, qonunda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reestrini yuritishning ochiq va shaffof mexanizmlarini joriy etish ham nazarda tutilgan.

Maʼruza chogʻida vazir davlat xizmatlari sohasi “Davlat xizmatlarini koʻrsatishda fuqarolar manfaatlari birinchi navbatda” tamoyili asosida  rivojlanayotganini ham taʼkidladi. 309 turdagi xizmat ko‘rsatuvchi 346 ta zamonaviy davlat xizmatlari markazlari tashkil etilib, 2023-yil oxirigacha koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari turlarini 350 taga, 2024-yil oxiriga qadar esa 450 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Oxirgi 5 yil davomida aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinadigan 120 ta hujjatlar va ma’lumotnomalar bekor qilindi, 200 dan ortiq tartib-taomil soddalashtirildi.

Subyektlar faoliyatini litsenziyalash, faoliyatga ruxsat berish va u to‘g‘risida xabardor qilish imkonini beruvchi “litsenziya” axborot tizimi yaratilib, mazkur tizimda 115 ta davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, vazirlik tomonidan “saytdan ilovaga” tamoyilini keng joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilib, 2022-yil 1-avgustdan davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsiy identifikatsiyalashning “Mobile-ID” tizimi joriy etildi.

Maʼruza davomida vazir qonunchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni malakali huquqiy qoʻllab-quvvatlash va Oʻzbekistonning huquqiy davlat maqomini yanada yuqoriga koʻtarish maqsadida zarur shart-sharoitlar yaratilib, ulkan ishlar amalga oshirilganini taʼkidladi.

Xususan, tartibga soluvchi taʼsirni baholash tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish tufayli tadbirkorlik subʼyektlari va aholiga 603,3 million AQSh dollari miqdorida asossiz xarajatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan 150 dan ortiq meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bartaraf etildi.

Vazir oʻz soʻzini yakunlar ekan, Oʻzbekiston barcha sohalarni yanada takomillashtirish va raqamlashtirishga, shuningdek, ushbu yoʻnalishda xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganishga tayyor ekanini taʼkidladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi hamda “Mintaqaviy muloqot” XNNT tomonidan “Sud ekspertiza sohasini rivojlantirishning zamonaviy usullari va ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Tadbirda milliy va xalqaro ekspertlar ma’ruzalar bilan ishtirok etdi. Konferensiyaning maqsadi — O‘zbekistonda sud ekspertiza faoliyatining bugungi holati va muammolarini muhokama qilish, sohada amalga oshirilgan islohotlarni keng jamoatchilikka, xususan xorijiy hamkorlar e’tiboriga yetkazishdan iborat.

Shu bilan birga xorijiy sud ekspertiza muassasalarida mavjud ilg‘or tajribani O‘zbekistonga tadbiq etish, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhokama maydonini yaratish, konferensiya yakunlari bo‘yicha materiallar to‘plamini tayyorlash va manfaatdor tashkilotlar e’tiboriga yetkazishdan iborat.

Konferensiyaning birinchi kuni doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon kabi davlatlarda sud ekspertizasini rivojlantirish istiqbollari, sud-tibbiy ekspertizasining tematik tadqiqotlari, sud ekspertizasida transmilliy almashinuv tizimlari – huquq va maxfiylik sohasidagi so‘nggi tajriba va mavjud muammolar, sud-biologik va genetik ekspertiza sohasini rivojlantirishning zamonaviy usullari muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari yoshlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri o‘rinbosari А. Karimovning Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta'minlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida vazir o’rinbosari tomonidan yoshlarni qiynayotgan huquqiy muammolar, xususan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, subsidiya va kredit olishda ko’maklashish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya kabi masalalarda tumandagi va viloyatdagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga ko’rsatmalar berilib, muammolarning hal qilinishi nazoratga olindi.

@adliyangiliklari