ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
​#TashkentLawSpring2023

Через неделю стартует III международный юридический форум «Tashkent Law Spring»

17—18 мая в Ташкенте пройдет III международный юридический форум «Tashkent Law Spring» — одно из значимых событий в сфере права в Центральноазиатском регионе. Форум проводится один раз в два года под эгидой Министерства юстиции Узбекистана.

Главная тема нынешнего форума — «Фундаментальные права как вечные ценности». «Tashkent Law Spring» станет открытой площадкой для обсуждения международными, зарубежными и отечественными экспертами современных правовых тенденций через призму фундаментальных прав.

Форум призван способствовать популяризации современных научных достижений в области права в Узбекистане и мире.

Запланированные темы для обсуждений:
🔹«Альтернативное разрешение споров: от медиации до арбитража»;
🔹 «К верховенству права через качественное нормотворчество»;
🔹«Цифровые технологии в юридической отрасли»;
🔹«Антикоррупционная политика»;
🔹«Юридические кадры для современного права»;
🔹«Современные тенденции развития судебной экспертизы»;
🔹«Государственные услуги: успехи, задачи и перспективы»;
🔹«Экосистема интеллектуальной собственности – инструмент формирования инновационной и промышленной среды Узбекистана».

@adliyangiliklari
​#TashkentLawSpring2023

Bir haftadan so‘ng “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumiga start beriladi

17–18-may kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi. Forum O‘zbekiston Adliya vazirligi boshchiligida ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

Forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. “Tashkent Law Spring” xalqaro, xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan fundamental huquqlar prizmasi orqali zamonaviy huquqiy tendentsiyalarni muhokama qilish uchun ochiq platforma vazifasini bajaradi.

Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini O‘zbekistonda va jahonda ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

Forum doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar mavzulari:
🔹 "Nizolarni muqobil hal etish: mediatsiyadan arbitrajgacha";
🔹"Sifatli norma ijodkorligi orqali qonun ustuvorligi qadar";
🔹 "Yuridik sohada raqamli texnologiyalar";
🔹"Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar";
🔹"Korrupsiyaga qarshi siyosat";
🔹"Intellektual mulk ekotizimi – O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida";
🔹"Zamonaviy huquq uchun yuridik kadrlar";
🔹"Sud ekspertizasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari".

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalari mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa, ular qaysilar ?

— Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi:
▪️davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar);
tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari;
▪️mahsulotlari Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar);
▪️asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);
▪️reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatishga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);
▪️ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari (elektron shaklda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar).

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizom”.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari (FHDY organlari va Davlat xizmatlari markazlari sohasidagi yangiliklar)” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

➖ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mutaxassislari.

⏰Ovozli chat 11-may kuni soat 16:30da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni @huquqiy_gap kanali izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 2023-yilning o‘tgan davri sarhisob qilindi!

Joriy yilning 11-may kuni Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i J.Nuritdinov boshchiligida vazirlik, TDYU mas’ul xodimlari hamda yuridik texnikumlarning rahbar va xodimlari ishtirokida onlayn shaklda 2023-yilning o‘tgan davri bo‘yicha yuridik faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni, ijro intizomi, o‘quvchilar uchun mehnat yarmarkalari o‘tkazilishi, yuridik texnikumlar reytingi holati va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish natijasi yuzasidan yuridik texnikum direktorlariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat rahbarining tegishli qaroriga koʻra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi organlar tomonidan respublikada ishlab chiqarilayotgan, realizatsiya qilinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bosqichida yangi vazifa kiritildi.

Ya’ni, sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi organlarga mahsulotlarda qo‘llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi, geografik ko‘rsatkich, tovar kelib chiqqan joy nomi va sanoat namunasiga) bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish vakolati berildi.

Shu munosabat bilan Adliya vazirligi xodimlari tomonidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida sertifikatlashtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga intellektual mulk obyektlarining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalanish tartibi yana bir bor tushuntirildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Jamoat birlashmasi tushunchasi nima?

— Ma’naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasi jamoat birlashmasi deb e’tirof etiladi.

Jamoat birlashmasi qatnashchilari mazkur birlashmaga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan a’zolik badallariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular a’zo sifatida qatnashayotgan jamoat birlashmasining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar, mazkur birlashma esa o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 763-I-son qonuni

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Sankt-Peterburg shahrida “Adliya vazirlarining ochiq uchrashuvi”da ishtirok etdi

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi XI Peterburg xalqaro yuridik forumida ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun: Peterburg xalqaro yuridik forumi – 2011-yilda taʼsis etilgan boʻlib har yili Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi tashabbusi asosida oʻtkazib kelinadi.

Forumning maqsadi — xalqaro yuridik hamjamiyatni birlashtirish, umumjahon huquq muammolarini yechish boʻyicha yagona yondashuvni ishlab chiqish hamda yuridik olamning yangi trendlarini shakllantirish.

Forum doirasida 12-may kuni tashkil etilgan “Adliya vazirlarining ochiq uchrashuvi”da adliya vaziri A.Toshqulov nutq bilan ishtirok etdi. Uchrashuvida 20 ga yaqin xorijiy davlatlarning adliya va huquq vazirlari ishtirok etib, ishtirokchi mamlakatlarning adliya hamda sud-huquq sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shu o‘rinda, uchrashuv chog‘ida adliya vaziri A.Toshqulov joriy yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi to‘g‘risida to‘xtalib, ushbu muhim siyosiy voqea mamlakatimizda amalga oshirilib kelayotgan islohotlarning mantiqiy davomi ekanligini ta’kidlab, yangi Konstitutsiyada fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashini nazarda tutuvchi huquqiy davlatning barcha belgilari o‘z ifodasini topganini aytib o‘tdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Forumning asosiy tadbiri hisoblanmish “Huquq suvereniteti” mavzusidagi plenar sessiya va boshqa huquqiy mavzularga oid muloqot sessiyalarida faol ishtirok etdi.

Adliya vazirligi delegatsiyasining Forumdagi ishtiroki davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan bojxona ombori qanday bo’lishi kerak?

— Bojxona ombori — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga olgan hamda tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda bo‘lishi mumkin.
______________

❓Har qanday shaxslar foydalanishi mumkin bo‘lgan bojxona omboriga litsenziya talab qilinadimi?

— Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qaroriga asosan talablari mavjud, bu turdagi bojxona ombori — ochiq turdagi bojxona ombori deb nomlanadi.
______________

❓Yopiq turdagi bojxona ombori?

— Litsenziat tovarlarini saqlashga mo‘ljallangan bojxona ombori, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yopiq turdagi bojxona omboriga litsenziat tovarlaridan tashqari uning tarkibiy tuzilmalari tovarlari ham joylashtirilishi mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori.

@adliyangiliklari
Adliya vazirligi va uning tizimida uzoq yillar mas'uliyat va halol mehnat qilib kelgan Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ravshan Sanjarovich Xamidov bevaqt vafot etdi.

Ravshan Sanjarovich shu yil 34 yoshga kirar edi. U Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010-yil huquqshunoslik fakultetining magistratura bo‘limini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 14 yil avval Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlagan.

2010—2011-yillarda Adliya vazirligi Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar boshqarmasi operatori, 2011—2011-yillarda Birinchi bo‘lim 1-toifali ish yurituvchi kotibi, 2011—2012-yillarda Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarma katta maslahatchisi, 2012—2014-yillarda Xalqaro-huquqiy boshqarma yetakchi maslahatchisi, 2014—2016-yillarda Xalqaro huquqiy boshqarma bosh maslahatchisi, 2016—2017-yillarda Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi, 2017—2019-yillarda adliya vazirining yordamchisi, 2019-yilda Ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2020-yildan boshlab Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 3-darajali adliya maslahatchisi martaba darajasi berilgan, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi.

Uch nafar farzandning otasi, oilaparvar, ochiqko‘ngil, hech kimdan yordamini ayamaydigan, samimiy, hazilkash hamkasbimizni barcha kasbdoshlar birdek hurmat qilardi.

Adliya vazirligi jamoasi hamkasbimiz Ravshan Sanjarovich Xamidovning bevaqt vafoti munosabati bilan barcha yaqinlari va oila a'zolariga chuqur hamdardlik izhor qiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Toshqulov bilan Rossiya Federatsiyasi adliya vaziri K.Chuychenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi XI Peterburg xalqaro yuridik forumida ishtirok etmoqda.

Forum doirasida 13-may kuni adliya vaziri A.Toshqulov bilan Rossiya Federatsiyasi adliya vaziri K.Chuychenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

So‘z boshida A.Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi adliya vazirliklari o‘rtasidagi uzoq hamkorlik aloqalari yanada rivojlanishiga umid bildirib, Rossiya tomonini O‘zbekistonda amalga oshirilgan Konstitutsiyaviy islohotlar, Adliya vazirligi tizimidagi novatsiyalar bilan tanishtirdi hamda ikki vazirlik tomonidan amalga oshiriladigan vazifa va funksiyalar o‘xshashligini ta’kidlab, o‘zaro tajriba almashish hamda mavjud idoralararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va mustahkamlash maqsadida vazirliklar oʻrtasida kelgusi yillarga hamkorlik dasturini imzolashni taklif qildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik aloqalari 2004-yilda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum asosida amalga oshiriladi.

K.Chuychenko, o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni, shu jumladan Konstitutsiyaviy islohortlarni yuqori baholadi va ikki vazirlikning o‘xshash vazifalari hamda faoliyatidagi yutuqlarni o‘zaro o‘rganish zarurligiga mamnuniyat bilan ishonch bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📣📣 Onlayn muloqot: oilalardagi muammolar va ularning qonuniy yechimi

15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan onlayn muloqot loyihamizning navbatdagi soni boshlandi.

Muloqot davomida Adliya vazirligi mas'ullari, FHDY va notariuslar tomonidan sizlarni qiziqtirgan masalalarga oid savollarga javob beriladi.

Mavzu bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollarni Adliya vazirligining @adliyaga_savolbot elektron manzili orqali yo‘llashingiz yoki muloqot chog‘ida onlayn efir ketayotgan joyni o‘zida yozib qoldirishingiz mumkin.

📹 Onlayn translyatsiya
👉YouTube
👉Facebook

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Yana bahor. Yana Toshkent. Va yana "Tashkent Law Spring".

Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — abadiy qadriyatlar”

Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirokidagi III Xalqaro yuridik forumi poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.

Dastur doirasida yalpi majlislar, davra suhbatlari, mahorat darslari va onlayn taqdimotlar o‘tkaziladi!

20dan ziyod mamlakat, 600dan ortiq ishtirokchi, 132 ma'ruza, 16 muhokama sessiyasi!

Unda huquqiy soha rivojlantirishning eng dolzarb masalalari bo‘yicha xorijiy ekspertlarning chiqishlarini kuzatishingiz mumkin.

Mutaxassislarning fikrlari, tahlilchilarning xulosalari, ochiq muhokamalar!

“Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi.

📆 17—18-may kunlari

@adliyangiliklari
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
📣 Hurmatli tadbirkorlar!

Sizni tadbirkorlarning banklardan kredit olishdagi muammolari va korrupsiya xolatini oʻrganish boʻyicha O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok etishga taklif etamiz.

📲Quyidagi havola orqali soʼrovnomani toʼldirishingiz mumkin:
https://docs.google.com

Qo'shimcha takliflar uchun 📞+998 78 150-60-06 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Soʼrovda ishtirokingiz uchun minnatdormiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

ADLIYA: TADBIRKORGA YETKAZILGAN 400 MILLIONDAN ORTIQ ZARAR QOPLANADI

Payariq tuman hokimining 2019-yil 18-yanvardagi 46-Q-sonli qarori bilan “Go‘zal” mahallasidagi fuqarolarga tegishli 8 ta uy-joy buzilib, yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga qaytarib olingan. Ushbu yer maydonlarining 0,70 gektari bir nechta tashkilotlar uchun ma'muriy binolar qurish maqsadida ajratib berildi. Qarorda ko‘rsatilmagan bo‘lsada, “Nigor NV” MChJning ushbu hududda joylashgan noturar joy bino va inshootlari ham buzilib, 0,08 gektar yer maydonida bino qurildi.

Oradan 3 yil o‘tib esa masala butkul teskari tus oldi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Снова весна. Снова Ташкент. И снова «Law Spring».

III Международный юридический форум «Tashkent Law Spring»
с участием ведущих специалистов в области юстиции и права из Великобритании, Германии, России, Турции, Швеции, Японии и других государств завтра стартует в столице Узбекистана.

В его программе — пленарные заседания и «круглые столы», мастер-классы и онлайн-презентации!

Более 20 стран, свыше 600 участников, 132 доклада, 16 сессионных обсуждений!

Главная тема форума: «Фундаментальные права как вечные ценности».

📆 17—18 мая, Ташкент
____

🇺🇿 O‘zbek tilida

@adliyangiliklari