ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Jahon savdo tashkilotining Jenevadagi bosh shtab-kvartirasida Markaziy Osiyoda intellektual mulk huquqini himoya qilish masalalariga doir xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 13–16-fevral kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan vakillar ishtirok etayotgan mazkur yig‘ilishda mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida adliya vaziri o‘rinbosari To‘lqin Abdusattarov ham ishtirok etdi.

Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha Bitimga qo‘shilish hamda unda nazarda tutilgan qoidalarni milliy qonunchilikda aks ettirish O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, mazkur bitim nufuzli xalqaro tashkilotning eng muhim ta’sis hujjatlaridan biridir ham.

1994-yil 15-aprelda Marokashda qabul qilingan va 1995-yil 1-yanvardan kuchga kirgan Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha Bitim Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish bo‘yicha minimal talablarni o‘zida ifodalagan.

Hozirda ushbu bitimga tashkilotga a’zo 160 ta davlatning barchasi qo‘shilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

📹 Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlanayotgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Zamonaviy sud ekspertizaning imkoniyatlari

Ko‘rsatuvda Adliya vazirligi va H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mas'ul xodimlari sizlardan kelib tushgan savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

Kuzatish uchun havola👉 https://www.youtube.com/embed/0c2G3WONMaU

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi mutaxassislari ishtirokida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida muloqot tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#adliya_xabari

Adliya vazirligida Finlyandiyaning Helsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi direktori Tuyya Braks tashrif bilan bo‘ldi

Bugun, 22-fevral kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov hamda Finlyandiyaning Helsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi direktori Tuyya Braks o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Finlyandiya hukumati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayotganligi, xususan, ikki davlat o‘rtasida sud-huquq sohasini rivojlantirish hamda qonun ustuvorligini ta'minlashda yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligini ta'kidladi.

Akbar Toshqulov xorijiy mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar to‘g‘risida, xususan, Adliya vazirligining amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlash, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy muammolarni hal etish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va boshqa sohalardagi faoliyati to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Tomonlar vazirlik, Helsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi hamda BMT Tarraqiyot dasturi bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish” loyihasi doirasidagi qo‘shma tadbirlar haqida fikr almashdilar.

Tuyya Braks hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash, ushbu yo‘nalishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan bepul yuridik yordam tizimini joriy etishga hamda adliya vazirligining qonun ustivorligini ta'minlashdagi salohiyatini yuksaltirishda o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini ma'lum qildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Belarus Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi norma ijodkorligi sohasidagi islohotlar bilan tanishdi

Belarus Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nataliya Filippova boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida joriy yilning 22-fevral kuni Adliya vazirligida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan norma ijodkorligi sohasidagi islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda Adliya vazirligining norma ijodkorligi jarayonidagi o‘rni va faoliyati, shu jumladan bugungi kundagi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ularni huquqiy ekspertizadan va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish hamda norma ijodkorligi sohasiga joriy etilgan “aqlli tartibga solish” modeli, tartibga solish ta’sirini baholash, “tartibga solish gilotinasi” kabi institutlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Belarus Adliya vazirliklari o‘rtasida norma ijodkorligi sohasida kelgusida o‘zaro keng ko‘lamli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Belarus Respublikasi delegatsiyasi tashrifi davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlarining samarali faoliyati, adliya organlari tizimida raqamlashtirish va huquqiy axborotni tarqatish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishish va tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Reklama va insofsiz (nohalol) raqobat sohasidagi huquqiy masalalar” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

➖O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

➖Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassislari.


⏰Ovozli chat 24-fevral kuni soat 15:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📹Suhbat facebookda online translyatsiya qilinadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.


Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sharhi

Sud ekspertiza sohasidagi islohotlar samarasi. Adliya vazirligi va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi taqdim etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_nazorat

DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH TARTIBINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MUQARRAR!

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotgan davlat idoralaridan tashqari davlat xizmatlarini o‘z vaqtida ko‘rsatmasdan, fuqarolarni sarson qilayotgan, ularning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirayotgan ayrim davlat idoralari ham uchrab turibdi.

Adliya vazirligi tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi orqali ruxsat etish, litsenziyalash va xabardor qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi doimiy nazorat qilib kelinmoqda.

Xususan, Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash davlat xizmati ko‘rsatilishida Tabiat resurslari vazirligi tomonidan xulosalar taqdim etishda qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi yuzasidan Tabiat resurslari vazirligining mas’ul mansabdor shaxsiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-5-moddasiga asosan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligida Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari bo‘yicha Tematik ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda milliy intellektual mulk tizimini Intellektual mulk huquqlarining savdo aspektlari bo‘yicha bitim (TRIPS) talablariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tadbir kun tartibidan intellektual mulk bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun rezident va norezidentlar tomonidan to‘lanadigan davlat boji miqdorlarini tenglashtirish hamda farmasevtika va agrokimyo sohasiga klinik tadqiqotlardan oldingi va klinik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmini qonunchilikka kiritish kabi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar o‘rin oldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Jizzax viloyatida ikki nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 22-fevraldagi 1-sonli majlis bayoniga asosan, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

▫️Mirzacho‘l tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A. Xaydarovning xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (litsenziya GZ 0017, 21.04.2020-y.) va notarius maqomi 2023-yil 24-fevraldan 1 oy muddatga
▫️G‘allaorol tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius B. Abdiyevning xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (litsenziya GZ 0025, 09.10.2020-y.) va notarius maqomi 2023-yil 24-fevraldan 2 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari