#Adliya_xabari
Ayni vaqtda adliya vaziri R. Davletov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Yaponiyada ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Maqsad — Yaponiyaning qator davlat idoralari vakillari bilan ishchi uchrashuvlar oʻtkazish, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish, ma’muriy tartib taomillarini rivojlantirish, turli sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish boʻyicha samarali va taʼsirchan choralarni belgilash boʻyicha Yaponiyaning ilg‘or tajribasini oʻrganishdir.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

#Adliya_tabrigi
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a'zolarini, faxriylarni 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy qutlaymiz.
Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas'uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

📣 25-oktabr kuni AOKAda brifing o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📍Mavzu: Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida aholiga yaratilayotgan yengilliklar
⏱ Vaqti: 14:00
● Ishtirok etadi: Sevara Urinbayeva, Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing
2023-yil 1-yanvardan tug‘ilganlik haqida tibbiyot muassasalarida beriladigan QR-kodli ma'lumotnoma gerbli guvohnomaga teng hisoblanadi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida aholiga yaratilayotgan yengilliklar to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Ta'kidlanishicha, QR-kodli ma'lumotnomani davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat'iyan taqiqlanadi.
Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.

#Adliya_teleloyiha
⚖️ “Yuridik klinika” ko‘rsatuvi davom etmoqda
Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlangan “Yuridik klinika” ko‘rsatuvi ayni vaqtda “O‘zbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilyapti.
Mavzu: “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari”
Ko‘rsatuvda Adliya vazirligi, Oliy sud, Kadastr agentligi mas'ul xodimlari Sizlardan kelib tushgan savollarga javob beradi.
Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot telegram-boti yoki 71.233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali yuborishingiz mumkin.
Jonli suhbatni @huquqiyaxborot telegram kanali orqali ham tinglang.

#Davlat_xizmatlari
Eshitish va gapirishda nogironligi bor fuqarolar davlat xizmatlaridan qanday foydalandi?
Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markazida buning oddiy yechimi amaliyotga joriy qilingan.
Shartnoma asosida yollangan surdotarjimonga fuqaro maxsus planshet yordamida videoaloqa orqali bog‘lab berilmoqda.

Toshkent davlat yuridik universiteti aholi uchun bepul “Ochiq huquqiy ma’ruzalar” o‘tkazadi
“Ochiq huquqiy ma’ruzalar” loyihasida universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari keng aholi uchun qiziq huquqiy mavzularda ma’ruza qiladi hamda ishtirokchilarning savollarga javob beradi.
Ochiq ma’ruzalar har shanba 11:00 dan 13:00 ga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti katta majlislar zali (sobiq ODO binosi)da bo‘lib o‘tadi. Ma’ruzalarda yoshi, kasbidan qat’i nazar barcha aholi vakillari qatnashishi mumkin.
“Ochiq huquqiy ma’ruzalar” loyihasi doirasidagi ma’ruzalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
Ilk ma’ruza 29-oktabr 11:00 da “Kundalik mehnat munosabatlarida o‘z huquqingizni biling!” mavzusida TDYU “Mehnat huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov tomonidan o‘tkaziladi.
Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarga mehmon spiker tomonidan maxsus sovg‘alar topshiriladi.
Manzil (lokatsiya)…

Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
#Mualliflik_huquqi
Mualliflik huquqini buzgan xonanda javobgarlikka tortildi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Sh.To'rayevga tegishli boʻlgan “Ishqingda kuygan” sheʻri huquq egasining roziligisiz foydalanilganligi yuzasidan qonuniy chora koʻrish toʻgʻrisidagi murojaat koʻrib chiqildi.
Murojaatni ko'rib chiqish davomida fuqaro A.Sobirov fuqaro Sh.To'rayevning "Ishqingda kuygan" nomli she'rini uning ruxsatisiz tegishli tartibda shartnoma tuzmagan holda "You Tube" platformasida, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida hamda to'y-hashamlarda haq evaziga qonunga xilof ravishda foydalanib, ijro etib kelganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaro A.Sobirovga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 177¹–moddasi 1–qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun jarima jazosi ta'yinlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.
Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 25-oktabrdagi 18-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Q.Abduraxmonov (litsenziya AN 0016, 20.04.2020 yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 26-oktabr kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

#Bilasizmi
📱Mobil-ID tizimi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini bilasizmi?
Tez, oson, qulay va ishonchli onlayn xizmat
👉Batafsil
🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

YouTube
Mobil-ID tizimi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini bilasizmi?
Tez, oson, qulay va ishonchli onlayn xizmat
#Adliya_xabari
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi