ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda adliya boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Advokatlik faoliyatini elektron litsenziyalash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (432-son, 05.08.2022-y.) bilan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko'ra, advokatlik faoliyatini litsenziyalash quyidagi ixtisosliklar bo'yicha amalga oshiriladi:
▫️fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
▫️ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.

Har bir advokat tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo'yicha malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.

Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq bo'lishi kerak:
▫️O'zbekiston fuqarosi bo'lishi;
▫️oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi;
▫️yuridik mutaxassislik bo'yicha kamida 2 yil ish stajiga ega bo'lishi;
▫️advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o'tagan bo'lishi;
▫️malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo'lishi.

Talabgor litsenziya olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

Tanlangan har bir ixtisoslik bo'yicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun 3 oy ichida tegishli litsenziyalovchi organ (Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari)ga murojaat qilishi kerak.

Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo'yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O'zbekistonning butun hududida amal qiladi.

Arizani ko'rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (150 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.

⏳ Ariza 10 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga xabarnoma yuboriladi.

Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oydan ortiq bo'lmagan muddatga davlat boji (BHMning 1 baravari – 300 ming so'm) to'laydi. Davlat boji to'langach, talabgorga elektron shaklda QR-kod qo'yilgan litsenziya yuboriladi.

❗️Mazkur tartib 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya: fuqaroga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi berilmagani aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Yoshlar – taraqqiyotni harakatlantiruvchi asosiy kuch!

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44–Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston shaxmatchilari tomonidan erishilgan sharafli g‘alaba bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabriklaymiz.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati tubdan o‘zgarganining, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va ularni qo‘llab-quvvatlovning chinakam amaliy ifodasidir.

Ushbu tarixiy g‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Jamoa aʼzolari Navoiy viloyati aholisining huquqiy savodxonligi, huquqiy targ‘ibot tadbirlari samaradorlik darajasi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Ochiq adliya”: Tizim ochiqlik va shaffoflikni qanday ta'minlamoqda?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining ishchi guruhi Samarqandda

👉Batafsil

@adliyangiliklari