ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_nazorat

Davlat xizmatlarini rivojlantirishda davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyati juda muhim

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4193-son qarori hamda PF-5930-son va PF-6269-son farmonlari asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblariga rioya etilishi holati respublika miqyosida o‘rganildi.

📋O‘rganish natijasida quyidagi vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlaridan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilinganligi aniqlandi:

🔹Bandlik va mehnat munosbatlari vazirligi – 50 dan ortiq;

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;

🔹Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq;

🔹“O‘zsuvta’minot” AJ – 600 dan ortiq;

🔹“Hududgazta’minot” AJ – 300 dan ortiq;

🔹“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 40 dan ortiq.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ganligi yuzasidan yuqoridagi vazirlik va tashkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma ta’sir choralari qo‘llanildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi axborot va kiberxavfsizlik boʼyicha birinchi oʼrinni egalladi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining ishchi guruhi Jizzaxda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: Endi advokatlar ham sud-ekspertizasi tayinlash huquqiga ega bo‘ldi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining ham sudlarda ishtirok etish huquqi belgilandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Prezident huzuridagi ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aholini qiynab kelayotgan byurokratik to‘siqlar, xizmatlar ko‘rsatilishidagi qonunchilikdagi kamchiliklarni hal etish, natijada qulay, shaffof, sifatli xizmatni ko‘rsatish haqidagi masalalar bo‘yicha adliya vaziri Ruslanbek Davletov fikr bildirdi.

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Adliya vazirligi tomonidan “Camp Law” yozgi maktab ishtirokchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: 2022-yil iyul oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yilning iyul oyi uchun oyning eng yaxshi xodimi Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi bosh maslahatchisi Alisher Izzatovich Ziyadov topildi.

A. Ziyadov adliya organlaridagi ish faoliyatini 2018-yilda Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlari bilan hamkorlik qilish bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

U 2020—2021-yillar davomida – Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi Dalat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2021—2022-yillarda – Davlat xizmatlari agentligi huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi Yagona davlat xizmatlarini ko‘rsatish axborot-aloqa markazi boshlig‘i, 2022—2022-yillarda esa – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi Davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi muammolarni tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi bosh maslahatchisi etib tayinlangan hamda bugungi kunda ushbu lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

A. Ziyadovning aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida davlat xizmatlaridan foydalanishda qulay va ortiqcha byurokratiyadan holi bo‘lgan tizim yaratish hamda foydalanuvchilarning vaqtini tejash shuningdek, foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish borasidagi faoliyati ayniqsa e’tirof etishga loyiq.

Adliya vazirligi jamoasi Alisher Ziyadovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Uning kelgusidagi ishlarida omad va rivoj tilaydi!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi davlat idoralarini The World Justice Challenge tanlovida ishtirok etishga chaqiradi

👉Batafsil
__________

👉Читать на русском языке

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

❗️ Abiturientlar uchun test sinovlaridan oldin ovozli chat marafoni

Xabaringiz bor, 8 avgustdan O‘zbekiston bo‘ylab test sinovlariga start beriladi. Salkam 1 million 200 ming nafar abiturientlar va ularning yaqinlari uchun hayajonli damlar boshlanadi.

Test sinovlaridan oldin abiturientlarga motivasiya va maslahatlar berish maqsadida 6—7 avgust kunlari (shanba va yakshanba) @xushnudbek Telegram kanalida turli darajadagi mas'ul shaxslar bilan qisqa suhbatlar tashkil qilinmoqda. Ushbu marafonda adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham spikerlar qatorida ishtirok etadi.

⏰ 6-avgust, 20:00

O‘tkazib yubormang!

@adliyangiliklari
#Adliyadan_layfxak

Uy-joy sotib olish oson ish emas. Ayniqsa, orzudagi uy-joy topilganda ham, to‘satdan paydo bo‘ladigan muammolar tufayli bitim muvaffaqiyasiz bo‘lishi mumkin: to‘lanmagan kommunal to‘lovlar, ro‘yxatdan chiqarilmagan shaxslar va hokazo.

Ushbu jarayonlarda nimalarga amal qilish kerak?

👉Batafsil

@adliyangiliklari