ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari T. Abdusattarov Qashqadaryo viloyatida boʻlib, intellektual mulk masalalari yuzasidan viloyatdagi korxonalar faoliyatini o‘rgandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi xodimlari o‘rtasida Konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Test_sinovi

Gerb haqida 10 savol

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovida faol ishtirok eting.

🖥 10 ta test savoliga javob toping! Uni ishlash uchun bir necha daqiqa kifoya. O‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

➡️ Test savollarini ishlash uchun: t.me/QuizBot?start=cKX0GFCR

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

❗️Jamoat tartibiga tahdid soluvchi yolg‘on axborot tarqatish taqiqlanadi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar o‘tkazish tartibini buzish 15 sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shunday harakatlar ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

@adliyangiliklari
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

27-iyun
▪️ Adliya vazirligi O‘zbekistonda hududlarning yillik biznes reytingini e'lon qildi.

▪️ Respublika bo‘ylab kontrafakt mahsulotlarga qarshi kuzatuv tadbirlari boshlandi.

28-iyun
▪️ Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilgan "Yoshlar uchun yuridik ensiklopediya” kitobi “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovida taqdirlandi.

▪️ Tadbirkorlik kodeksi loyihasini hududlarda tadbirkorlar bilan muhokama qilish davom etmoqda. Xususan, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari adliya boshqarmalarida tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

29-iyun
▪️ “Yuridik klinika” ko‘rsatuvining “Oliy ta'limga qabul va imtiyozlar” mavzusiga bag‘ishlangan soni jonli efirga uzatildi.

▪️ “O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga kompleks yondashuv: biznesning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va davlat nazoratini isloh qilish” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi delegasiya X Sankt-Peterburg xalqaro yuridik anjumanida ishtirok etdi.

30-iyun
▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n oltinchi majlisida qatnashdi.

▪️ Adliya vaziri oʻrinbosari T.Abdusattarov Qashqadaryo viloyatida boʻlib, intellektual mulk masalalari yuzasidan viloyatdagi korxonalar faoliyatini o‘rgandi.

▪️ Adliya vazirligidan tomonidan so‘z erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligiga doir qo‘llanma chop etildi.

▪️ Adliya vazirligi tizimida kadrlar bilan ishlash sohasidagi ayrim jarayonlar reinjiniring qilindi.

1-iyul
▪️ Adliya vazirligi xodimlari o‘rtasida Konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya vazirligi jurnalist va blogerlar uchun maxsus trening tashkil etdi.

▪️ Adliya vazirligi xodimlaridan iborat delegatsiya tomonidan Qozog‘iston Respublikasida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda Mobil-ID tizimidan foydalanish tajribasi o‘rganildi.

▪️ Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Favqulodda holat tartibining talablarini buzish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹Ish staji bilan bog‘liq muammolar Yashnobod tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan hal etildi.

🔹 Toshkent shahridagi davlat xizmatlari markazlarida bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi.

🔹 Ommaviy qabulda shahrisabzliklarning muammolari ko‘tarildi.

🔹 G‘uzorda uch nafar fuqaroga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar topshirildi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan fuqaroga jami 2 932 421 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha haqlari to‘lab berildi.

🔹 Xiva shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning foydasiga 383,9 mln so‘m kompensatsiya puli undirib berildi.

🔹 Urganch shahar adliya bo'limi tomonidan tadbirkorga yetkazilgan 97 208 297 so‘m miqdoridagi moddiy zarar undirib berildi.

🔹 Sirdaryo viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 3 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi.

🔹 Pop tumanida 86 nafar kutubxonachilar huquqlari tiklandi.

🔹 O‘qituvchining 31 yillik muammosi Namangan viloyat adliya boshqarmasi ko‘magida hal bo‘ldi.

🔹 Paxtaobodda davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

🔹 Kattaqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan pedagogning mukofot puli undirib berildi.

🔹 Samarqand viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan yana bir fuqaro vaqtida pensiyaga chiqadigan bo‘ldi.

🔹Navoiy shahrida “Oila — baxt qo‘rg‘oni” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.

🔹 Qiziltepada xorijiy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔹Xatirchida 300 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari mahalla xodimlariga undirib berildi.

🔹Navoiyda veterinariya xizmati xodimlariga 900 mln so‘mga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹Xatirchida 72 nafar shirkat xo‘jaligi a’zolariga 380 mln so‘mdan ortiq pay ulushlari undirildi.

@adliyangiliklari