ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📢 Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holat davrida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkaziladigan brifinglar vaqti va tartibi o‘zgarganini ma'lum qilamiz.

〰️〰️〰️
📍Mavzu: Favqulodda holat davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining komendaturasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
● Vaqti: 12:00
● Ishtirok etadi: Davron Jumanazarov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi axborot xizmati rahbari

〰️〰️〰️
📍Mavzu: Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holat davrida qonuniylikni ta'minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar
● Vaqti: 12:15
● Ishtirok etadi: Abror Mamatov, Bosh prokuratura bo‘lim prokurori
〰️〰️〰️

📹 Brifinglar "O‘zbekiston 24" hamda "UzReport TV" telekanallari va AOKAning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qonunchilik palatasi «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddati 2022-yil 15-iyulgacha uzaytirish haqida qaror qabul qildi.

Umumxalq muhokamasida bildirilgan talab va istaklardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 70, 71, 72, 74 va 75-moddalari o‘zgarishsiz qoldirilib, amaldagi normalarni saqlab qolish maqsadga muvofiq deb topildi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Favqulodda holat bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklariga nisbatan ayrim cheklovlar belgilaydigan va ularning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklaydigan, Konstitusiyaga muvofiq Respublikaning butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat organlari va tashkilotlar, mansabdor shaxslarning alohida huquqiy rejimi hisoblanadi.

Komendantlik soati — sutkaning taqiq belgilangan vaqti. Bu vaqtda maxsus berilgan ruxsatnomalarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz ko‘chalarda hamda boshqa jamoat joylarida yoxud turar joydan tashqarida bo‘lish taqiqlanadi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Нукусдаги оммавий тартибсизликлар оқибатида 243 нафар шахсга, жумладан, 38 ҳуқуқ-тартибот органлари ходимларига турли тан жароҳатлари етказилган, оғир тан жароҳатлари туфайли 18 нафар фуқаро вафот этган — Бош прокуратура

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisida O‘zbekiston Respublikasining “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Shoir Erkin Yo‘ldoshning mualliflik huquqlarini buzgan xonanda javobgarlikka tortildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️ DIQQAT, EʼLON!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi integratsiya platformasi tizimida profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
integratsiya platformasi tizimida profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet elda doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga Shaxsiy identifikatsiya raqamini berish davlat xizmatidan foydalanish imkoni vaqtinchalik mavjud emas.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_hudud

Mualliflik va turdosh huquqlar himoyasini kuchaytirishda oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#FHDY_xizmatlari

Joriy yilning 4-iyul kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida AQSH fuqarolari Marshall Maer va Ebru Sanning nikoh marosimi bo'lib o'tdi. Ularning nikohi Samarqand shahar Nikoh uyi tomonidan tantanali qayd etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
“Tadbirkorlik kodeksi” — tadbirkor manfaatlariga xizmat qiladi(mi?)

Samarqand viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik-hujjatlarini tizimlashtirishning zaruriyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, muhokama qilish va takliflarni to‘plash maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari