ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.74K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Davlat xizmatlarini ko'rsatish sifatini oshirish maqsadida @tezkor_murojaat_bot telegram boti ishga tushdi.

Mazkur botga davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati bilan bog'liq e'tirozlar yoki davlat xizmatlari ko'rsatilishi yuzasidan takliflarni audio, video va boshqa formatlarda yo'llash mumkin.

📲 Botga yuborilgan murojaatlar real vaqt rejimida ko'rib chiqilib, ularga tezkorlik bilan javob beriladi.

@adliyangiliklari
#FHDY_xizmatlari

2005-yilda Urganch tumanida tug‘ilgan Gulchehra Serimbetova 17 yoshga to‘lguncha shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yashab kelgan.

Gulchehra o‘zining mustaqil hayotini shaxsini tasdiqlashdan boshlashga qaror qilib, Urganch tumani FHDY bo‘limiga murojaat qiladi. Murojaat FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganilib ko‘rilgan amaliy choralar natijasida Gulchehra oradan 17 yil o‘tib tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Boyovutda o'tkazilgan "Huquqiy axborot kuni"da aholiga sayyor tarzda 172 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#DXdan_qulaylik

⚡️5 TURDAGI XIZMATDAN BIR TELEFON TUGMASI YORDAMIDA FOYDALANING!

Axborot turidagi davlat xizmatlarini, jumladan, maʼlumotnomalarni avtomatik tarzda, navbatsiz hamda arizasiz (mobil aloqa orqali USSD soʻrovi bilan) olish tartibi joriy etilganidan xabardormisiz?

✅ Maktabgacha taʼlim muassasasiga navbatga qoʻyish, ijro holati boʻyicha qarzni aniqlash, kadastr obyektiga taqiqni aniqlash, xorijga chiqishga taqiqni aniqlash, tadbirkorlar maʼlumotlarini avtomatik tarzda, navbatsiz hamda arizasiz olish imkoniyati yaratilgan.

Qanday deysizmi?

📲 Buning uchun telefoningiz orqali *1148# USSD soʻrovini yuborishingiz va Sizga kerakli xizmat turini tanlashingiz kifoya.

⚠️ Hozirda xizmat sinov tariqasida yoʻlga qoʻyilgan.

Xizmatlar soni bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

🔗Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Muhim

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish bo‘yicha davlat xizmati 2018-yilning iyun oyidan buyon davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilmoqda. Ushbu xizmatlar uchun undirilgan to‘lovlar Adliya vazirligi jamg‘armasiga yo‘naltirilmaydi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Baliqchi tumanida 59 nafar mahalla raisi o‘rinbosariga 70 million so‘mdan ortiq ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmagan. Adliya bo‘limi holatni o‘rgandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash va boshqaruv tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida “PricyewaterhouseCoopers” xalqaro kompaniyalar tarmog‘i tomonidan davlat xizmatlari markazlari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish suhbatlar, anonim so‘rovlar va “sirli mijoz” murojaatlari shaklida o‘tkazilib, unga davlat xizmatlari markazlarining 100 dan ortiq xodimlari hamda 200 ga yaqin respondentlar jalb etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya spartakiadasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 10—12-iyun kunlari Adliya spartakiadasi o‘tkaziladi.

Spartakiadani o‘tkazishdan maqsad: Prezidentning 2020-yil 30-oktabrdagi farmoni ijrosini ta'minlash, Adliya vazirligi tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishini rag‘batlantirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirish hisoblanadi.

Spartakiadada vazirlik markaziy apparati hamda hududiy adliya organlari xodimlari quyidagi sport turlarida o‘zaro bellashadi:
➖mini-futbol;
➖stol tennisi;
➖shaxmat;
➖badminton;
➖armrestling va boshqa.

Sport turlari "team building" shaklida bo‘lib o‘tadi.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

16 yil sonda bor sanoqda yo‘q

Yillar o‘tib, bog‘chaga borishi uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yo‘qligi bois yana o‘sha eski muammo kelib chiqadi. Maktab yoshiga yetib tengdoshlari qatori maktabga otlanadi... tug‘ilganlik guvohnomasi yo‘qligi uchun shahodatnoma hamda pasport olish uchun o‘tmishdagi to'siqlar yana unga ro‘baro‘ bo‘ladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Matbuot_anjumani

📹 2022-yil 20-may kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mavzu: Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonunchilikdagi yangiliklar

Tadbirda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri xizmat safari davomida Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri: aholi adliya organlarining ko‘magini doimo his qilishi, ishonishi, ularning ko‘magiga tayanishi uchun harakat qilishi lozim

👉Batafsil

@adliyangilikalri