ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.74K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Ichki ishlar va adliya organlari xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil etiladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❤1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Angor tumanida davlat xizmatlari markazi uchun qurilgan yangi binoda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
📩 Бугун вазирлик, идора ва ташкилотларга мурожаат қилиш ёки бирор муаммо ҳақида хабар бериш учун унинг жойлашган манзилига бориш, қабулга ёзилиш шарт эмас! Бунинг учун вазирлик ва идораларда ишонч телефонлари ва алоқа ботлари ташкил қилинган.

☑️Расмий хабарлар канали томонидан обуначиларнинг мурожаатларидан келиб чиқиб, барча вазирлик ва идораларнинг мавжуд ишонч телефони ва алоқа ботлари ҳақидаги маълумотлар тўпланди.

‼️Қуйида рўйхат билан танишиб, мурожаатингизни йўллашингиз мумкин!
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Sherobod va Bandixon tumanlaridagi adliya idoralari bilan tanishdi

Adliya vaziri kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida adliya idoralaridagi aholi va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.

Shuningdek, vazir yangi tashkil etilgan viloyat markazidan 100 km olis hududda joylashgan Bandixon tumaniga bordi.

Mazkur hududda ham adliya idoralari faoliyati, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishdagi sharoitlar va xizmat ko‘rsatishdagi aholi qamrovi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonining yetarliligi va salohiyati bilan yaqindan o‘rgandi.

Yuqoridagi o‘rganishlar davomida davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi uchun binoni kengaytirish va aholiga qulay sharoit yaratish masalalariga e'tibor qaratildi. Kamchiliklarni bartaraf etish va sohani takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar yuzasidan vazir xodimlar bilan fikr almashdi, yechimlari bo‘yicha tavsiyalar, topshiriqlar berdi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

17-may
▪️ Adliya vazirligi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda tayyorlangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

▪️ Gender masalalari bo‘yicha trenerlarni tayyorlovchi o‘quv seminarlariga start berildi.

▪️ Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas'uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

18-may
▪️ Adliya vaziri ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyat aholisi murojaatlarini qabul qildi.

19-may
▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati, davlat organlari va tashkilotlariga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, ishni samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri o'rinbosari ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyat aholisi murojaatlarini qabul qildi.

20-may
▪️ Davlat xizmatlari markazlariga keluvchilarning 90 foizi rozi – so‘rovnoma natijasi.

▪️ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonunchilikdagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

21-may
▪️ Adliya vaziri xizmat safari davomida Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Ichki ishlar va adliya organlari xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil etiladi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Angor tumanida davlat xizmatlari markazi uchun qurilgan yangi binoda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

▪️ Adliya vaziri Sherobod va Bandixon tumanlaridagi adliya idoralari bilan tanishdi.
____________

#Adliya_munosabati

▫️Haydovchilik guvohnoma almashtirish muddati uzaytirilishi DXMlarga haydovchilar oqimini 10 barobardan ko‘proq kamaytirdi.

@adliyangiliklari