ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.74K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga asosan Adliya vazirligi markaziy apparatida qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro anjumaning birinchi kun tafsilotlari

Xabar berilganidek, 12-may kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari davlat xizmatchilari uchun “Davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va qonun ustuvorligi tamoyillarini hurmat qilish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Tadbir bugun, 13-may kuni ham davom etib, inson resurslarini boshqarishni takomillashtirish orqali ma'muriy islohotlar barqarorligini ta'minlash, davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va professional rivojlantirish mavzularida horijiy ekspertlar ma'ruzalari bo‘lishi kutilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yangi tahrirdagi “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliyaga_savol

❓Assalomu alaykum, davlat xizmatlari markaziga kimlar ishga olinadi: oliy ma'lumotli har qanday shaxsmi yoki o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassislar ham ishga kirishi mumkinmi?

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq, xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida belgilangan har bir lavozim va kasb bo‘yicha ta'lim va malaka darajasiga qo‘yiladigan talablar malaka darajalariga erishish sxemasiga muvofiq tegishli lavozim (kasb)ning malaka darajasidan kelib chiqqan holda ish beruvchilar tomonidan mustaqil belgilanadi.

Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida mavjud lavozimlarga quyiladigan malaka talablari quyidagicha belgilangan. Jumladan,

▪️ bo‘lim boshlig‘i, servis-menejer va mutaxassislari lavozimiga qoida tariqasida huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘icha oliy ma'lumotga ega bo‘lishi;

▪️ hisoblash texnikasi operatori lavozimiga axborot texnologiyalari bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘lishi;

▪️aloqa operatori lavozimiga oliy yoki o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘lishi lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, adliya tizimiga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar vazirlikning vacancy.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, bo‘sh vakant lavozimlar bo‘yicha berilgan e'longa asosan tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_podkast

⚡️"Ish va dam olish vaqti. Xodimlarning mehnat sharoitlarini ta'minlash masalalari" mavzusida ovozli chat boshlandi!

🎙Suhbat spikerlari:

➖Laziz Nuritdinovich Qarshiyev – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi inspektori;

➖Nozima Sultanovna Sulaymonova – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi inspektori;

➖Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari
.

Ovozli chatga ulanish va savol yo'llash 👉@huquqiy_gap

@adliyangiliklari
📢📢 Bugun “Oilalardagi muammolar va ularning qonuniy yechimi” mavzusida onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi. O‘tkazib yubormang!

Adliya vazirligi tomonidan 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan onlayn muloqot o‘tkaziladi. Muloqot Adliya vazirligining Facebookdagi «Adliya bilan muloqot/ Диалог с юстицией» guruhida 2022-yil 14-may kuni soat 11:00 da “Oilalardagi muammolar va ularning qonuniy yechimi” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Muloqot davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi B. Saidmuradov hamda Shayxontohur tuman adliya bo‘limi FHDY mudirasi N. Yusufbekovalar tomonidan oilaviy munosabatlarda, jumladan, nikoh qurish, otalikni belgilash, aliment va boshqa masalalarga oid savollarga javob beriladi.

Mavzu bo‘yicha savollaringizni Adliya vazirligining @adliyaga_savolbot elektron manzili orqali yo‘llashingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari O. Sidikov bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro konferensiya: davlat boshqaruvini modernizatsiya sohasida ilg‘or tajribalar almashuvi

Konferensiyada milliy ishtirokchilar bilan bir qatorda Yevropa davlatlaridan, xususan, Germaniya, Fransiya, Portugaliyadan tashrif buyurgan ekspertlar va mutaxassislar, shuningdek, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan tashrif buyurgan adliya, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, davlat xizmatini rivojlantirish va boshqa davlat idoralari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

📹 Davlat boshqaruvini modernizatsiya sohasida ilg‘or tajribalar almashuviga xizmat qiluvchi xalqaro anjuman tafsilotlari.

@adliyangiliklari
⚡️ “Oilalardagi muammolar va ularning qonuniy yechimi” mavzusida onlayn muloqot davom etmoqda.

Muloqot Adliya vazirligining Facebookdagi «Adliya bilan muloqot/ Диалог с юстицией» guruhida bo‘lib etmoqda.

Muloqot davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi B. Saidmuradov hamda Shayxontohur tuman adliya bo‘limi FHDY mudirasi N. Yusufbekovalar tomonidan oilaviy munosabatlarda, jumladan, nikoh qurish, otalikni belgilash, aliment va boshqa masalalarga oid savollarga javob beriladi.

📹 Onlayn translyatsiya
▫️Youtube
▫️Facebook

@adliyangiliklari