ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.74K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Yana bir yangi xizmat ishga tushdi

⚡️Endilikda, yoʻqolgan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish va saqlash hamda yoʻqolgan ashyolarni qidirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Avval xabar berganimzdek, “Yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (28-son, 18.01.2022-y.) qabul qilingan edi.

Qarorga koʻra, yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berish uchun Markazlarga murojaat etilganda BHMning 5 foizi, Yagona portal orqali murojaat etilganda 4 foizi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun BHMning 2 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Xizmatdan foydalanish tartibi bilan batafsil infografika orqali tanishishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Finlyandiyaning Favqulodda va muxtor elchisi I. Ryaysyanen bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Endi Beshariq tumanida ham yangidan barpo etilgan zamonaviy ko‘rinishga ega Davlat xizmatlari markazi ish boshladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezidentning “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq 2022-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxsni identifikasiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etilishi belgilanmoqda. Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) masofadan turib foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Furqat tumanida ham zamonaviy ko‘rinishga ega davlat xizmatlari markazi ish boshladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

ADLIYA VAZIRI O‘RINBOSARI URGUTLIKLARNING MUAMMOLARINI O‘RGANDI

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan respublikamizning olis va chekka hududlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Ana shunday qabullarning navbatdagisi Urgut tumaning “Kenagas” mahallasida boʻlib oʻtdi.

Muloqotlar davomida adliya vaziri o‘rinbosari A. Muxammadiyev fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 70 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.

Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida o‘z yechimini topdi. Jumladan, 10 ta murojaat yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatildi, oʻrganish talab qiladigan 30 ta murojaat ish yurituviga qaratildi.

@adliyangiliklari