ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijro_va_nazorat

📹 Prezident qarorlari ijrosi natijalarini ilg‘or texnologiyalar yordamida tekshirish yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayon qanday kechadi?

▫️ Prezident tegishli farmon yoki qarorga imzo qo‘yadi.
▫️Hujjat Prezident Administratsiya tomonidan «E-xat» elektron tizimi orqali Adliya vazirligiga jo‘natiladi.
▫️U vazirlik tomonidan «ijro.gov.uz» tizimiga kiritiladi va har bir vazifa tegishliligi bo‘yicha tashkilot va idoralarga taqsimlanadi.
▫️Bandlar ijro etishga kirishiladi.
▫️Mas'ul ijrochilar ijro holati yuzasidan axborotni «ijro.gov.uz»ga joylaydi.
▫️Adliya vazirligi ushbu ma'lumotlarni birdan qabul qilmaydi, o‘rganadi. Buning uchun hududiy adliya organlariga ko‘rsatmalar berilib, zarurat bo‘lsa, ishchi guruh tuzilib, «respublika—viloyat—tuman—mahalla» vertikal tizimi asosida ko‘rib chiqiladi
▫️O‘rganish natijasiga ko‘ra hisobot qabul qilinadi yo rad etiladi.

Hozirda Adliya vazirligi hisobotlarni o‘rganishda «O‘zbekkosmos» agentligi bilan hamkorlik qilmoqda.

Batafsil videoda 👆

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbar va mutaxassislarining norma ijodkorligi faoliyati boʻyicha malakasini oshirish maqsadida oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📹 Sog‘liqni saqlash sohasida 2022-yil 1-yanvardan va 1 martdan boshlab bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida quyidagi videorolik orqali tanishing.

@adliyangiliklari
#Infografika

Davlat organlariga murojaat qilish tartibi haqida xabardormisiz?

@adliyangiliklari
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Yangi O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadi va unda belgilangan muhim islohotlar bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston” gazestiga ma'lumot berdi.

Adliya vaziri Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining asosi qonun ustuvorligi va jamiyatda adolatni ta'minlashga qaratilganligini, shuningdek unda bugungi kunda jamiyatimiz uchun zarur yangi g‘oya va islohotlar ko‘zda tutilganligini ta'kidladi.

To‘liq ma'lumotni “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 18-sonidan (2022-yil 27-yanvar) olish mumkin.

@adliyangiliklari
Янги Ўзбекистон газетаси, 18-сон.pdf
2.4 MB
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Yangi O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadi va unda belgilangan muhim islohotlar bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston” gazestiga ma'lumot berdi.

To‘liq ma'lumotni “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 18-sonidan (2022-yil 27-yanvar, 3-sahifa) olish mumkin.

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

📣 “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov o‘tkaziladi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyi oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov o‘tkaziladi.

● Tanlov ushbu taʼlim muassasalarning oʻqituvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
● fan boʻyicha qiziqarli va interfaol metodlarni keng jalb etish;
● oʻzaro tajriba almashish va ijobiy ish tajribasini ommalashtirish;
● oʻqituvchilar oʻrtasida shaxsiy imidjni yaratish boʻyicha ommalashtirish;
● oʻquvchilarni fanlarni oʻqishga va oʻrganishga motivatsiya berishda oʻqituvchilar masʼuliyatini yanada oshirish;
● malakali oʻqituvchilar zaxirasini yaratish maqsadida o‘tkaziladi.

📂 Tanlov dastlabki (ta’lim muassasalari) va yakuniy (respublika) bosqichdan iborat bo‘lgan ikki bosqichda oʻtkaziladi.

🎁 Tanlov gʻoliblari adliya vazirligi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📹 Davlat boshqaruvi sohasida 2022-yil 1-yanvardan, 1-fevraldan va 1-martdan boshlab bo‘ladigan o‘zgarishlar.

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

⚡️Rossiyada o‘zbekistonliklarning eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish imkoni yaratildi

Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi turdagi milliy haydovchilik guvohnomalarini berishda qulayliklar yaratish maqsadida 2022-yilning 25-yanvaridan Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarining eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish boshlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_taklif

Adliya vazirligi: zararli va yoqimsiz hidlarni huquqiy tartibga solishni taklif qilmoqda

Havo sifatini monitoring qilish bilan shugʻullanuvchi “AirVisual” xalqaro tashkiloti xabariga koʻra, Oʻzbekiston 2018-yilda havosi eng koʻp ifloslangan davlatlar reytingida 16-oʻrinni (34.3 µg/m³) egallagan. Keyingi ikki yil davomida bu koʻrsatkich faqat 2 pogʻonaga yaxshilangan (18-oʻrin, 29.9 µg/m³) xolos.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Farg‘ona viloyatidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 3 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi

👉Batafsil
__________

#Сообщение_юстиции

Временно приостановлены лицензии 3 нотариусов, занимающихся частной практикой в Ферганской области

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_tahlil

Bizning butun muhitimiz, u yoki bu darajada, shovqin taʼsiridan iborat. Odamlar maʼlum bir shovqin darajasiga oʻrgangan boʻlib, agar haddan tashqari shovqin boʻlmasa, ular koʻpincha bunga eʼtibor ham bermaydilar.

Kishilar ongiga taʼsir qiluvchi shovqin taʼsiriga qarshi kurashish zarurati xalqaro darajada eʼtirof etilgan. Jumladan, BMT Inson huquqlari kengashining 2021-yil 5-oktyabrdagi 48-sessiyasida insonning xavfsiz, toza, sogʻlom va barqaror atrof-muhitga boʻlgan huquqini umuminsoniy huquq sifatida eʼtirof etgan rezolyutsiya qabul qilindi.

Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan milliy qonunchilik hamda joriy amaliyotni oʻrganish natijalari fuqarolar va jamiyatni shovqindan himoya qilish sohasida qator muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚠️ Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

❗️Hisobotlarni topshirish muddati tugashiga 3 kun qoldi.

📝 Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
👉 Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun.
👉 Diniy tashkilotlar uchun.

🖥 Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan. Hisobotni elektron shaklda, o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etish so‘raladi.

📌 Eslatma: Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 239-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi 4 mlndan 8 mln so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🔰 Qo‘shimcha savollar uchun telefon raqamlari:

● O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 94-368-99-44
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi – 91-306-45-54
● Andijon viloyat adliya boshqarmasi – 97-742-86-88
● Buxoro viloyat adliya boshqarmasi – 93-542-85-55
● Jizzax viloyat adliya boshqarmasi – 97-350-57-27
● Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi – 91-637-05-94
● Navoiy viloyat adliya boshqarmasi – 90-788-78-76
● Namangan viloyat adliya boshqarmasi – 91-358-38-90
● Samarqand viloyat adliya boshqarmasi – 97-615-70-20
● Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi – 97-277-92-90
● Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi – 99-193-07-55
● Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi – 91-109-13-32
● Xorazm viloyat adliya boshqarmasi – 99-501-01-07
● Toshkent viloyat adliya boshqarmasi – 97-420-33-00
● Toshkent shahar adliya boshqarmasi – 90-323-52-57

@adliyangiliklari