ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Qonunlar ijrosi yoshlar talqinida

📹 20-dekabr kuni “Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida adliya vaziri Ruslanbek Davletov talaba yoshlar bilan muloqot qildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"E-ekspertiza" yagona axborot tizimi joriy etish bo'yicha konsepsiya loyihasi muhokama etildi

Bugun, 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida "E-ekspertiza" yagona axborot tizimi joriy etish bo'yicha konsepsiya loyihasi muhokamasiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

“E-ekspertiza” yagona axborot tiziminining joriy etilishi natijasida sud ekspertlari va ekspertiza toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlari kompleks avtomatlashtiriladi hamda ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar o'zaro tezkor va qulay axborot almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Tadbir so‘ngida mas’ul tashkilotlar tomonidan loyiha har tomonlama muhokama qilinib, tegishli takliflar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Lex.uz saytining yangi qulaylashtirilgan versiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Lex.uzda qanday yangiliklar bo‘ldi?

Yangi funksiyalar yaratildi:

— “Aqlli” izlash funksiyasi — so‘z o‘zagi, qisqartmalar, xato so‘zlar, sinonimlar bo‘yicha izlash algoritmi yaratildi;

— izoh qoldirish imkoniyati — har bir hujjat oxirida izoh qoldirish mumkin;

— imloviy xato haqida xabar berish yoki foydalanuvchi fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyati;

— hujjatning tarixi (https://regulation.gov.uz/dagi loyiha muhokamasi) bilan tanishish imkoniyati;

— mobil telefon orqali foydalanish qulaylashdi — Android va iOS operatsion tizimlari uchun yangi versiya ishlab chiqildi;

— Lex.uz va boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integrasiyasi yo‘lga qo‘yildi;

— Milliy bazada ro‘yxatdan o‘tish joriy etildi;

— hujjatlar kutubxonasi yaratildi;

— normativ-huquqiy hamda operativ, tashkiliy va boshqa xususiyatga ega hujjatlarni alohida joylashtirish mexanizmi ishlab chiqildi.

@adliyangiliklari
Audio
🎧 Huquqiy axborot portali yangilanmoqda

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunda LEX.uz saytiga 30 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar joylashtirilgan. Ayni vaqtda saytdan bir oy davomida 1 yarim million odam foydalangan. Bugungi kunda foydalanuvchilar sonini oshirish va ushu saytni yana-da rivojlantirish maqsadida mutaxassislar tomonidan yana-da takomillashtirilgan versiyasi yaratildi.

Bu haqda "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi direktori birinchi o‘rinbosari Omonulla Fayzullayev maʼlumot berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: Chet el valyutasida qarz berishni notarial tasdiqlash orqali amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi

❗️Mazkur qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

▫️ https://regulation.gov.uz/uz/d/54626

Muhokama 2022-yil 4-yanvarga qadar davom etadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasini kompleks tekshirish natijalari muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari