ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_yoshlar

Ruslanbek Davletov: 34 turdagi ma'lumotnomani aholidan talab qilish bekor bo‘lganini orqasidan 46 mlrd so‘m tejaldi

Toshkent yoshlar forumi doirasida adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlarga tizimdagi islohotlar haqida so‘zlab berdi.

— Bugungi kunda mamlakatimizda islohotlar kirib bormagan soha qolmadi, — deydi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov. — Islohot bu qonun, qonunosti hujjat degani. Elektron tizimga o‘tganimizdan keyin birorta qog‘oz ishlatilmayapti. Bir yilda adliya tizimida 100 tonna qog‘oz iqtisodi qilinyapti. 34 turdagi ma'lumotnomani aholidan talab qilish bekor bo‘lganini orqasidan 46 mlrd so‘m tejaldi.

Shuningdek, forumda barcha sohalarda yoshlarning faol ishtirok etishi muhimligini ta'kidlandi.

— Bizga eng yetishmayotgan narsa — g‘oya. Raqamlashtirish oson tuyuladi, lekin nimani raqamlashtiramiz? Yoshlarimiz bizning ishimizni yengillashtiradigan dasturlar, g‘oyalar to‘g‘risida o‘ylashi kerak, — dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov.

@adliyangiliklari
​#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Yoshlar forumidagi uchrashuvidan tezislar

📌Lavozim asosiy narsa emas.
Asosiysi harakatingizdan foyda, xalqqa manfaat bo‘lishi kerak. Lavozimga intilishning yomon joyi yo‘q, lekin buning mehnatiga tayyor turish kerak.

📌Yoshlarning korrupsiyaga toqati yo‘q.
Davlat yaratilishidan avval odamlar urug‘-aymoqchilik asosida birlashgan. Davlatlar yuzaga kelgach, urug‘-aymoqchilik davlat rivoji yo‘liga to‘g‘anoq bo‘la boshladi. Lekin qarangki, 21-asrda ham nepotizm hamon dolzarb. Bu illat bilan jamiyat va davlat rivojlanmaydi. Shuning uchun meritokratiya katta ahamiyatga ega. Adliyada eng oddiy lavozimga ham ochiq tanlov bilan ishga olyapmiz. Natijada yaxshi kadrlar va yaxshi g‘oyalar kirib kelyapti. Ya'ni yechim oldimizda — qo‘llayapmiz boshqalarni ham shunga chaqiramiz.

📌 Ijtimoiy tarmoqlar bilim manbai emas, kitob o‘qinglar.
Axborot ko‘p, har kuni tongdan bir nechta ijtimoiy tarmoqqa kiramiz. Bu fikr shakllanishiga salbiy ta'sir qilyapti, yosh avlodni chalg‘ityapti. Populizm rivojlanyapti. Auditoriya yig‘ish uchun noreal narsalarni gapirish ko‘p. Yoshlarda bunga nisbatan filtr bo‘lishi kerak. Buning uchun fundamental bilimlarni olish lozim. Ijtimoiy tarmoqlar bilim manbai emas, kitob o‘qinglar.

📌Hech kim hech qachon qonundan ustun bo‘lmasligi kerak.
Bizga universitetda domlalar shunday misollar aytishardi: farzand onasi kasal, uning hayotini qutqarish uchun huquqi bo‘lmasa ham mashina haydab yo‘l qoidasini buzib onasini shifoxonaga olib borsa, bunga nima baho berish kerak? Yoki g‘orda bir qancha vaqt qamalib qolgan o‘nta odamni qutqarish uchun 20 ta odam boradi. Qarashsa, ichkarida qolganlar o‘zaro kelishuv asosida, rozilik bilan ikki kishini yeb qo‘yishgan ekan. Yeyishmasa, hammasi ochdan o‘lishi mumkin. Shunda nima bo‘ladi?
Dunyoni qutqargan bo‘lsa ham, qonunni buzgani uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Holatni og‘irlashtiruvchi-yengillashtiruvchi vaziyatlar e'tiborga olinsa ham, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortilishi shart. Shunday qadriyat shakllanishi lozim!

@adliyangiliklari
🔥1
​#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov "Toshkent yoshlar forumi — 2021" doirasida O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan TikTok va Twitterning bloklanishi bo‘yicha savolga javob berdi.

"Cheklovlar ko‘payib ketdi degani bu cheklovlar bo‘lmasligi kerak degani emas. Qayerda bo‘lsa ham, maqbul darajada bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Ijtimoiy tarmoqlarga keladigan bo‘lsak, men axborot almashinuvida erkinlik tarafdoriman. Bugungi zamonda axborotni hech qachon cheklab, uni jilovlay olmaysiz.

Tarix ham bunga guvoh. Gutenberg 1445-yilda bosma dastgohni kashf qilgan va shu orqali ko‘pchilik millatlarning savodi chiqqan. Usmoniylar imperiyasi esa bundan qo‘rqib, 18—19-asrgacha Gutenbergning dastgohini mamlakatga kiritmagan. Bu esa millatning savodi bo‘yicha qoloq bo‘lishiga olib kelgan. Buning orqasidan sanoat, ishlab chiqarish va raqobat Yevropada keskin rivojlanib ketdi va G‘arb davlatlari har tomonlama o‘sishga erishdi.

Axborot almashinuvi doim bo‘lishi kerak, bu bilimni kuchaytiradi. Ammo noqonuniy kontent har doim bo‘ladi. Noqonuniy kontent nima? Bu terrorizmga boshlovchi chorlovlar, diniy adovatlarni qo‘zg‘atuvchi materiallar, pornografiya yoki zo‘ravonlik haqidagi materiallar. Rivojlangan davlatlarda bularning barchasi qonun bilan tartibga solingan. Qonun bilan ishlasak yanglishmaymiz
", - dedi Davletov.

@adliyangiliklari
​#Юстиция_молодежь

Министр юстиции Русланбек Давлетов в рамках Ташкентского молодежного форума – 2021 ответил на вопрос о блокировке социальных сетей в Узбекистане, в том числе TikTok и Twitter.

«Увеличение ограничений не означает, что их совсем не должно быть. Где бы они не вводились, считаю, что ограничения должны быть приемлемыми. Что касается социальных сетей, я — за свободу обмена информацией. В наши дни вы никак не сможете ограничить информацию, сдержать ее.

Сама история свидетельствует об этом. Гуттенберг в 1445 году изобрел печатный станок, что способствовало повышению грамотности многих народов. Османская империя, опасаясь новшеств, не позволяла ввозить устройство Гуттенберга в страну до 18—19 веков. Это привело к отсталости народа по грамотности. Вслед за этим в Европе стали быстро развиваться промышленность, производство и конкуренция, и западные страны достигли всестороннего роста.

Всегда должен быть обмен информацией, это способствует усилению интеллектуального потенциала. Однако и нелегальный контент присутствует. Что такое незаконный контент? К нему относятся материалы, направленные на подстрекательство к терроризму, разжигание религиозной ненависти, распространение порнографии или насилия. В развитых странах все это регулируется законом. Не ошибемся, если будем следовать букве закона»
, — сказал Русланбек Давлетов.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

20-dekabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi va Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va taʼlim instituti oʻrtasida 2021-2022-yillarda hamkorlikni rivojlantirishga moʻljallangan Hamkorlik dasturi asosida “Sud-huquq sohasidagi islohotlar: MDH va Yaponiya tajribasi” nomli xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

@adliyangiliklari
Fikringiz muhim!

YOSHLARga vazir bilan uchrashganda qaysi mavzuda MULOQOT qilish qiziq?
Final Results
20%
Shaxsiy tajriba
33%
Sohani rivojlantirish bo‘yicha fikrlar
27%
G‘oyalar
48%
Yoshlar huquqlari va imkoniyatlari
15%
Boshqa
#Adliya_xabari

2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

“2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–35-son, 20.12.2021 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2022-yilda quyidagi dam olish kunlari belgilandi:

➖ barcha xodimlar uchun: 3-yanvar – dushanba, 22-mart – seshanba, 23-mart – chorshanba, 11-iyul – dushanba, 2-sentabr – juma;

➖ 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4-yanvar – seshanba, 4-may – chorshanba, 5-may – payshanba, 12-iyul – seshanba, 3-sentabr – shanba va 31-dekabr – shanba.

🔘 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagicha ko‘chirildi:

● 8-yanvar – shanba 4-yanvar – seshanba kuniga;
● 7-may – shanba 4-may – chorshanba kuniga;
● 14-may – shanba 5-may – payshanba kuniga;
● 16-iyul – shanba 12-iyul – seshanba kuniga.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Qonunlar ijrosi yoshlar talqinida

📹 20-dekabr kuni “Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida adliya vaziri Ruslanbek Davletov talaba yoshlar bilan muloqot qildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"E-ekspertiza" yagona axborot tizimi joriy etish bo'yicha konsepsiya loyihasi muhokama etildi

Bugun, 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida "E-ekspertiza" yagona axborot tizimi joriy etish bo'yicha konsepsiya loyihasi muhokamasiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

“E-ekspertiza” yagona axborot tiziminining joriy etilishi natijasida sud ekspertlari va ekspertiza toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlari kompleks avtomatlashtiriladi hamda ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar o'zaro tezkor va qulay axborot almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Tadbir so‘ngida mas’ul tashkilotlar tomonidan loyiha har tomonlama muhokama qilinib, tegishli takliflar berildi.

@adliyangiliklari