ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IDROK: Navoiy viloyati yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari g‘olib bo‘ldi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari o‘rtasida «Idrok» intellektual o‘yini o‘tkazildi. Uning respublika bosqichi yakunlandi.

Intellektual o‘yin davomida o‘quvchi-yoshlar qonunchillikka taklif shaklida tayyorlagan taqdimotlari hamda umumiy, huquqiy va qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Natijalarga ko‘ra:

1-o‘ringa – Navoiy viloyati yoshlari;
2-o‘ringa – Farg‘ona viloyati yoshlari;
3-o‘ringa – Andijon viloyati yoshlari loyiq deb topildi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Tojikiston notariuslari delegasiyasi O‘zbekiston Notarial palatasi rahbariyati hamrohligida O‘zbekiston Adliya vazirligining notariat sohasidagi mas'ul boshqarmaning vakillari bilan uchrashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Adliya vazirligining Notariat sohasidagi mas'ul boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Umarov O‘zbekistonda notariat sohasida olib borilgan islohotlar, dastlab davlat notariuslarining maqomi o‘zgartirilib, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga aylantirilganligi, bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar samarasi tufayli notariuslar soni 10 foizga ortganligi, pandemiya davrida E-notarius.uz portali ishga tushirilganligi sababli notariuslar onlayn ishlash tizimini yengil o‘zlashtirib olganliklari, ishda qog‘oz shaklidan voz kechilib, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirilganligi natijasida tezkorlik ta'minlanganligi, notariuslar tomonidan huquqiy xizmat ko‘rsatish samarasi va saviyasi ortganligi, shuning barobarida aholiga qulayliklar yaratilganligi haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida “Notarius”AATning taqdimoti o‘tkazildi.

Mehmonlar O‘zbekiston notariat tizimidagi yangiliklarni yuksak baholadilar hamda Tojikiston notariat tizimida raqamlashtirishni joriy etishda amaliy yordam so‘radilar.

— Mamlakatlarimiz qo‘shni hamda qon-qarindosh ekanligi, urf-odatlarimiz bir xil ekanligini inobatga olsak, mamlakatimiz notariat sohasiga yangiliklarni joriy etishda sizning tajribangiz muhim ahamiyatga ega, — dedi delegasiya rahbari, Tojikiston Bosh davlat notarial idorasi bosh davlat notariusi Sharofiddin Sharifzoda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Advokatlik hamjamiyatining sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro munosabatlari

Toshkent shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda “Advokatlik hamjamiyatining sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro munosabatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev “Sud-huquq islohotlari davrida advokaturani isloh qilishning dolzarbligi” mavzusidagi ma'ruza bilan ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya tovon pulini ololmay sarson bo‘lgan shifokorga yordam berdi

Fuqaro A. Abdurahmonovning Ibn Sino nomidagi Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan to‘lov to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib, Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Jamoatchilik eshituvi: Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qonun hujjatlarining ijrodagi holati muhokama etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
📣📣 QONUNLAR IJROSI YOSHLAR TALQINIDA

❗️20-dekabr kuni “Tashkent City Congress Hall”da “Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlar forumida
ushbu mavzuda muloqot qiladi.

Muloqot ishtirokchilari yaqin kelajakda adliya, davlat xizmatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadilar.

Tadbir joyi va vaqti: “Tashkent City Congress Hall”ning “Shosh” zali, soat 14:00.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega bo‘ldi

Vazirlikning “Adliya yangiliklari” Telegram kanali ham maxsus Verified (tasdiqlangan) belgisiga ega bo'ldi.

❗️Avvalroq, Adliya vazirligining Instagram va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari rasmiy maqomga ega bo‘ldi. Sahifalarning nomidagi maxsus belgi orqali ulanrni oson ajratib olish mumkin. Sahifalarning rasmiy maqomga ega bo'lishi soxta profillar hamda yolg'on xabarlar tarqalishiga chek qo'yadi
_________

#Сообщение_юстиции

⚡️ Telegram-канал “Adliya yangiliklari” получил официальный статус

Telegram-канал “Adliya yangiliklari” министерства получил специальную отметку Verified («Верифицировано»).

❗️Ранее официальный статус получили и страницы Минюста в соцсетях Facebook и Instagram. Официальные страницы министерства можно легко отличить по специальному значку (синей галочке) в названии. Это позволит предотвратить манипуляции пользователей путем создания поддельных профилей и распространения фейковой информации.

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

QONUNLAR IJROSI YOSHLAR TALQINIDA


Ayni damda “Tashkent City Congress Hall”da “Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlar bilan muloqot qilmoqda.

Muloqot ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish, buyrokratiya va davlat xizmati bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

Ruslanbek Davletov: 34 turdagi ma'lumotnomani aholidan talab qilish bekor bo‘lganini orqasidan 46 mlrd so‘m tejaldi

Toshkent yoshlar forumi doirasida adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlarga tizimdagi islohotlar haqida so‘zlab berdi.

— Bugungi kunda mamlakatimizda islohotlar kirib bormagan soha qolmadi, — deydi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov. — Islohot bu qonun, qonunosti hujjat degani. Elektron tizimga o‘tganimizdan keyin birorta qog‘oz ishlatilmayapti. Bir yilda adliya tizimida 100 tonna qog‘oz iqtisodi qilinyapti. 34 turdagi ma'lumotnomani aholidan talab qilish bekor bo‘lganini orqasidan 46 mlrd so‘m tejaldi.

Shuningdek, forumda barcha sohalarda yoshlarning faol ishtirok etishi muhimligini ta'kidlandi.

— Bizga eng yetishmayotgan narsa — g‘oya. Raqamlashtirish oson tuyuladi, lekin nimani raqamlashtiramiz? Yoshlarimiz bizning ishimizni yengillashtiradigan dasturlar, g‘oyalar to‘g‘risida o‘ylashi kerak, — dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov.

@adliyangiliklari
​#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Yoshlar forumidagi uchrashuvidan tezislar

📌Lavozim asosiy narsa emas.
Asosiysi harakatingizdan foyda, xalqqa manfaat bo‘lishi kerak. Lavozimga intilishning yomon joyi yo‘q, lekin buning mehnatiga tayyor turish kerak.

📌Yoshlarning korrupsiyaga toqati yo‘q.
Davlat yaratilishidan avval odamlar urug‘-aymoqchilik asosida birlashgan. Davlatlar yuzaga kelgach, urug‘-aymoqchilik davlat rivoji yo‘liga to‘g‘anoq bo‘la boshladi. Lekin qarangki, 21-asrda ham nepotizm hamon dolzarb. Bu illat bilan jamiyat va davlat rivojlanmaydi. Shuning uchun meritokratiya katta ahamiyatga ega. Adliyada eng oddiy lavozimga ham ochiq tanlov bilan ishga olyapmiz. Natijada yaxshi kadrlar va yaxshi g‘oyalar kirib kelyapti. Ya'ni yechim oldimizda — qo‘llayapmiz boshqalarni ham shunga chaqiramiz.

📌 Ijtimoiy tarmoqlar bilim manbai emas, kitob o‘qinglar.
Axborot ko‘p, har kuni tongdan bir nechta ijtimoiy tarmoqqa kiramiz. Bu fikr shakllanishiga salbiy ta'sir qilyapti, yosh avlodni chalg‘ityapti. Populizm rivojlanyapti. Auditoriya yig‘ish uchun noreal narsalarni gapirish ko‘p. Yoshlarda bunga nisbatan filtr bo‘lishi kerak. Buning uchun fundamental bilimlarni olish lozim. Ijtimoiy tarmoqlar bilim manbai emas, kitob o‘qinglar.

📌Hech kim hech qachon qonundan ustun bo‘lmasligi kerak.
Bizga universitetda domlalar shunday misollar aytishardi: farzand onasi kasal, uning hayotini qutqarish uchun huquqi bo‘lmasa ham mashina haydab yo‘l qoidasini buzib onasini shifoxonaga olib borsa, bunga nima baho berish kerak? Yoki g‘orda bir qancha vaqt qamalib qolgan o‘nta odamni qutqarish uchun 20 ta odam boradi. Qarashsa, ichkarida qolganlar o‘zaro kelishuv asosida, rozilik bilan ikki kishini yeb qo‘yishgan ekan. Yeyishmasa, hammasi ochdan o‘lishi mumkin. Shunda nima bo‘ladi?
Dunyoni qutqargan bo‘lsa ham, qonunni buzgani uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Holatni og‘irlashtiruvchi-yengillashtiruvchi vaziyatlar e'tiborga olinsa ham, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortilishi shart. Shunday qadriyat shakllanishi lozim!

@adliyangiliklari
🔥1
​#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov "Toshkent yoshlar forumi — 2021" doirasida O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan TikTok va Twitterning bloklanishi bo‘yicha savolga javob berdi.

"Cheklovlar ko‘payib ketdi degani bu cheklovlar bo‘lmasligi kerak degani emas. Qayerda bo‘lsa ham, maqbul darajada bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Ijtimoiy tarmoqlarga keladigan bo‘lsak, men axborot almashinuvida erkinlik tarafdoriman. Bugungi zamonda axborotni hech qachon cheklab, uni jilovlay olmaysiz.

Tarix ham bunga guvoh. Gutenberg 1445-yilda bosma dastgohni kashf qilgan va shu orqali ko‘pchilik millatlarning savodi chiqqan. Usmoniylar imperiyasi esa bundan qo‘rqib, 18—19-asrgacha Gutenbergning dastgohini mamlakatga kiritmagan. Bu esa millatning savodi bo‘yicha qoloq bo‘lishiga olib kelgan. Buning orqasidan sanoat, ishlab chiqarish va raqobat Yevropada keskin rivojlanib ketdi va G‘arb davlatlari har tomonlama o‘sishga erishdi.

Axborot almashinuvi doim bo‘lishi kerak, bu bilimni kuchaytiradi. Ammo noqonuniy kontent har doim bo‘ladi. Noqonuniy kontent nima? Bu terrorizmga boshlovchi chorlovlar, diniy adovatlarni qo‘zg‘atuvchi materiallar, pornografiya yoki zo‘ravonlik haqidagi materiallar. Rivojlangan davlatlarda bularning barchasi qonun bilan tartibga solingan. Qonun bilan ishlasak yanglishmaymiz
", - dedi Davletov.

@adliyangiliklari