ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to'g'risidagi nizomga qoʻshimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3783-1, 2026-yil 21-noyabr).

 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmonida davlat oliy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish nazarda tutilgan.
 
Mazkur idoraviy hujjat bilan quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda:
 
1. Davlat oliy ta’lim tashkilotlarini milliy reyting natijalari asosida rag‘batlantirish tartibi belgilanmoqda.
Bunda, Taʼlim va ilm-fan vazirligi ragʻbatlantirish mablagʻlarini milliy reyting natijalari eʼlon qilingandan boshlab 15 ish kuni ichida tegishli davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻtkazadi.
 
2. Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan maxsus platformaga hisobot yili boʻyicha maʼlumotlarni kiritish muddati 1-fevraldan 1-iyunga uzaytirilmoqda.
 
3. “Bitiruvchi sifati indeksi”ni hisoblash metodikasi (roʻyxat raqami 3964, 2026-yil 31-oktabr) bo‘yicha idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi sababli milliy reytingni yuritishda bitiruvchilar bandligi bog‘liq ayrim indikatorlar “Bitiruvchi sifati indeksi” natijalari bilan almashtirilmoqda.
 
4. Oliy ta’lim tashkilotining xalqaro darajadagi obro‘sini aniqlashda xorijiy hamkor hisoblangan oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlardan jami 200 nafargacha xodim jalb etilishi mumkinligi belgilanmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3🔥2👏2
#LexHackathon final bosqichiga chiqqan jamoalar ro’yxati

Eslatib o’tamiz: tanlovning final bosqichi ertaga, 22-noyabr kuni soat 10:00 da Toshkent davlat yuridik universitetida boshlanadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7