#Adliya_e'loni
OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!
⚖️ Xabaringiz bor, 20–22-noyabr kunlari Toshkent davlat yuridik universitetida huquq va davlat boshqaruvi sohasiga zamonaviy IT va innovatsion yechimlarni joriy etishga qaratilgan “LexHackathon 2026” xakatoni bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur hakatonning final bosqichi bugun 14:00 da bo’lib o’tadi.
Barcha OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlarlarni ushbu tadbirni yoritishda qatnashishga taklif etamiz.
Eslatib o‘tamiz: Xakatonda dasturchilar, yuristlar va startapchilardan iborat jamoalar “Huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish” hamda “Huquqiy targ‘ibot va ta’limni rivojlantirish” yo‘nalishlari bo‘yicha 250 million so‘mlik umumiy mukofot jamg‘armasi uchun bellashishmoqda.
📍 Manzil: Toshkent davlat yuridik universiteti 3-binosi
⏰ Boshlanish vaqti: 22-noyabr, soat 14:00

❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥6👏4❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤4👏4👍3
#Adliya_xabari
⚖️ “LexHackathon 2026” huquqiy yechimlar xakatoni g‘oliblari taqdirlandi
🚀 20–22-noyabr kunlari Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tgan “LexHackathon 2026” huquqiy yechimlar xakatoni o‘z yakuniga yetdi.
🏆 Xakatonning tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi va g‘oliblarni taqdirladi.
💬 Vazirlar o‘z chiqishlarida huquq va davlat boshqaruvi sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli startap loyihalarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
💻 Uch kun davom etgan xakatonda dasturchilar, huquqshunoslar va startap tashabbuskorlaridan iborat jamoalar huquqiy muammolarga innovatsion va raqamli yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
🏅 Xakaton yakunlariga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
🔹 “Huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish” yo‘nalishida:
🥇 1-o‘rin — LawAttack (60 million so‘m);
🥈 2-o‘rin — Austrom (40 million so‘m);
🥉 3-o‘rin — New-Era (25 million so‘m).
🔹 “Huquqiy targ‘ibot va ta’limni rivojlantirish” yo‘nalishida:
🥇 1-o‘rin — Future Tech (60 million so‘m);
🥈 2-o‘rin — Arasaka (40 million so‘m);
🥉 3-o‘rin — Middles (25 million so‘m).
🌟 Shuningdek, “Eng qiziqarli taqdimot” nominatsiyasi bo‘yicha Justina va Do‘ppi X jamoalari alohida e’tirof etildi.
💰 Xakatonning umumiy mukofot jamg‘armasi 250 million so‘mni tashkil etdi.
📈 G‘olib jamoalarga loyihalarini yanada rivojlantirish uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish, mentorlik ko‘magidan foydalanish hamda innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari yaratiladi.
🤝 “LexHackathon 2026” yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, huquq va IT sohalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda innovatsion g‘oyalarni amaliy yechimlarga aylantirish uchun muhim maydon bo‘ldi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍6👏2