#Adliya_xabari
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi
⚖️ 2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etish bo‘yicha xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqarosi Mehmet Zeki Obuz va boshqalarning O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qo‘zg‘atgan xalqaro arbitraj ishi yuzasidan qaror qabul qildi.
✅ Qarorga muvofiq, da’vogarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qarshi ilgari surilgan barcha da’vo talablari rad etildi.
🔹 Arbitraj tribunali e’lon qilgan qaror nizolashuvchi tomonlar uchun yakuniy hisoblanadi.
🛡 Mazkur arbitraj ishida davlat manfaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle” xalqaro yuridik kompaniyasi (AQSH) himoya qildi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert

📑 Ushbu investitsiyaviy nizo O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida 1992-yilda tuzilgan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim asosida qo‘zg‘atilgan bo‘lib, 2021-yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.
🔹 Arbitraj tribunali e’lon qilgan qaror nizolashuvchi tomonlar uchun yakuniy hisoblanadi.
🛡 Mazkur arbitraj ishida davlat manfaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle” xalqaro yuridik kompaniyasi (AQSH) himoya qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏6❤4🔥2
Forwarded from “O‘ZARXIV” AGENTLIGI
#matbuot_anjumani
“Özarxiv” agentligi tomonidan matbuot anjumani taşkil etildi
2026-yil 13-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF–228-son Farmoni ijrosi va kelgusidagi vazifalar yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.
Anjumanda “Özarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan arxiv sohasini raqamlaştiriş, fuqarolarga xizmat körsatiş, normativ baza yaratiş, xalqaro hamkorlik va davlat nazorati yönalişlarida erişilgan asosiy natijalar haqida ma’lumot berildi.
“Özarxiv” agentligi Axborot xizmati
—-
✔️ “Özarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/247182
“Özarxiv” agentligi Axborot xizmati
—-
✔️ “Özarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
❤1👍1🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Yevropa davlat boshqaruvi instituti (EIPA) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda rahbar ayollar zaxirasidagi salohiyatli nomzodlar uchun Niderlandiya va Belgiyada xalqaro stajirovka tashkil etildi.
Mazkur stajirovkada Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta'sirini baholash boshqarmasi boshlig‘i Maftuna Kabilova hamda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i Naima Yadigarova ishtirok etmoqda.
Ushbu o’quv rahbar ayollarning yetakchilik salohiyatini yuksaltirish, samarali muzokara olib borish va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
⚖️ TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK ISHLARI AGENTLIGI FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI BELGILANDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 616-son qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
📌 Nizom bilan Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.
🔰 Mazkur Nizom to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat nazorati va muvofiqlashtirishni kuchaytirish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
📄 Qarorning to‘liq matni: https://lex.uz/uz/docs/-8584766

❤2👍1🔥1
#Adliya_xabari
⚖️ Adliya vaziri fuqarolarning murojaatlarini tingladi
📍 Bugun, 13-noyabr kuni Adliya vazirligida adliya vazirining fuqarolar bilan navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
🔹 Qabul davomida fuqarolar hamda yuridik shaxslar vakillari tomonidan notariat, davlat xizmatlari, FHDY, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
💬 Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, fuqarolarning muammolariga qonuniy yechim topish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Ijroga qabul qilingan murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.
📌 Eslatib o‘tamiz, adliya vazirining fuqarolar qabuli har hafta juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar o‘tkaziladi.

📊 Qabul natijalari raqamlarda:
🔹 11 ta murojaat kelib tushdi;
🔹 3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
🔹 6 ta murojaat joyida tushuntirish berish orqali hal etildi;
🔹 2 ta murojaat ijroga yo‘naltirilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

👍5❤3🔥1