#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi Tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3966, 2026-yil 31-oktyabr).
Soliq toʻlovchi tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘langan QQS bo‘yicha ortiqcha turgan mablag‘lar bojxona organlarida tovarlarni import qilishda toʻlanadigan QQS to‘lovlari uchun quyidagi ketma-ketlikda hisobga olinadi.
1) Soliq to‘lovchi QQS summalarini soliq va bojxona organlarida oʻzaro hisobga olishni bojxona yuk deklaratsiyasi orqali ma’lum qiladi.
2) Bojxona qo‘mitasi tovarlarni import qilishda toʻlanadigan QQSni qoplash uchun soliq organlarida ortiqcha to‘lov mavjudligini tasdiqlash maqsadida Soliq qo‘mitasiga so‘rov yuboradi.
3) Soliq qo‘mitasi tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQSni qoplashda hisobga olinishi mumkin bo‘lgan summa haqida Bojxona qo‘mitasiga ma’lumot yuboradi hamda o‘zaro hisobga olish dalolatnomasi avtomatik shakllantiriladi.
4) Bojxona qo‘mitasi dalolatnomada ko‘rsatilgan QQS summasini soliq to‘lovchining bojxona organlaridagi shaxsiy hisobvarag‘ida aks ettiradi hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtiradi.
Ushbu tartib tadbirkorlik subyektlari uchun tovarlarni import qilishda qulaylik yaratadi hamda barcha jarayonlar avtomatik amalga oshiriladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1
#Adliya_xabari
🏢Adliya vazirligida Jahon savdo tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🌐2026-yil 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Jahon savdo tashkilotiga (JST) O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruh raisi S. Choy hamda JST Kotibiyatining A’zolik bo‘limi direktori M. Oshikava boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
🟢Uchrashuvda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonida milliy qonunchilikni tashkilot bitimlariga uyg‘unlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
📌M. Istamov O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlab, ushbu jarayonda Adliya vazirligi tomonidan milliy qonunchilikni xalqaro savdo qoidalariga muvofiqlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda qonunchilikni uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining (LAP) ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.
📊Xususan, 2023-yildan buyon 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat JST bitimlari talablariga muvofiqlashtirilgani, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi va mahalliy korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan davlat bojlari, shuningdek, rezident va norezidentlar uchun patent bojlari birxillashtirilgani ta’kidlandi.
✅O‘z navbatida, S. Choy O‘zbekistonda JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, milliy qonunchilikni xalqaro savdo qoidalariga uyg‘unlashtirish borasidagi izchil sa’y-harakatlarni e’tirof etdi.
💬Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish hamda tadbirkorlar va investorlar uchun shaffof, barqaror va oldindan aniq huquqiy muhitni shakllantirish yo‘lida o‘zaro muloqot va amaliy hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
🤝Uchrashuv doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtdi.

🔥4❤3👏3
#Adliya_xabari
Adliya vaziri yoshlar bilan uchrashdi
📌O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulovning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida viloyat adliya boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🟢Ochiq va samimiy muloqot davomida yosh xodimlarning kasbiy faoliyati, ularni qiynayotgan masalalar, tizimda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
💬Uchrashuvda yoshlar tomonidan adliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, ish jarayonlarini samarali tashkil etish, xodimlarning kasbiy rivojlanishi va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 10 dan ortiq taklif va tashabbuslar bildirildi.
✅Bunday muloqotlar yosh xodimlarning tashabbuskorligini oshirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va tizim rivojiga munosib hissa qo‘shishida muhim ahamiyat kasb etadi.

👍4❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
⚖️ Huquqingiz buzilmasidan oldin uni bilib oling!
🟢Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarga qonunchilik mazmunini sodda va tushunarli yetkazish maqsadida "ADLIYA TV" loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.
📌Unda dolzarb huquqiy mavzular, muhim qonunchilik yangiliklari va advokatlardan bepul maslahatlar bilan tanishishingiz mumkin.
YouTube: https://www.youtube.com/@adliyatv
Instagram: https://www.instagram.com/adliyatv/

👍5
#Adliya_xabari
Adliya organlarining telegram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifalari haqida xabardormisiz?
____________________________________________________
✅ O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
✅ Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi
✅ Andijon viloyat adliya boshqarmasi
✅ Buxoro viloyat adliya boshqarmasi
✅ Farg'ona viloyati adliya boshqarmasi
✅ Jizzax viloyat adliya boshqarmasi
✅ Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
✅ Namangan viloyat adliya boshqarmasi
✅ Navoiy viloyat adliya boshqarmasi
✅ Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi
✅ Samarqand viloyat adliya boshqarmasi
✅ Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
✅ Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
✅ Toshkent viloyat adliya boshqarmasi
✅ Toshkent shahar adliya boshqarmasi
____________________________________________________
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Adliya organlarining telegram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifalari haqida xabardormisiz?
____________________________________________________
____________________________________________________
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast
🎙 "BIZDAN ESHITING" — dolzarb savollarga birinchi manbadan javob!
🏗 Qurilish (no)qonuniymi? Yangi xarid qilayotgan uyingiz kafolatli (mi)? Uylar eskirdi (mi)? Yangilash (Renovatsiya) vaqti keldi (mi)?
Bu va boshqa dolzarb savollarga mas'ul idoralar axborot xizmati rahbarlari bilan suhbatimizda javob beramiz.
"Bizdan eshiting" — taxminlar emas, aniq ma’lumotlar va ishonchli javoblar!
❗️Podkastni tomosha qiling, fikr va takliflaringizni izohlarda qoldiring!
Videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=D-8I6Fyu7eU

❤5👍4🔥4👏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1