ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#16_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Ochiqlik — korrupsiyaning oldini olish vositasi

Tashkilot faoliyati haqida qonunchilikda belgilangan doirada ochiq va tushunarli axborot berilishi jamoatchilik ishonchini mustahkamlaydi.

🔹 Ochiq ma’lumotlar fuqarolarga jarayonlarni yaxshiroq tushunish va baholash imkonini beradi.

✅ Yechim: faoliyat, qarorlar va jarayonlar to‘g‘risidagi ochiq axborotni o‘z vaqtida e’lon qilish.

🎯 Natija: shaffoflik va jamoatchilik nazorati kuchayadi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

❗️"Dekret"dan so‘ng o‘z ishimga qaytaman deganimda qayta olmadim...


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Adliya vaziri o‘rinbosari — Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori Nu’mon Muxammadiyev tomonidan tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Jarayonda tadbirkorlarning huquqlari va to‘lovga qobiliyatsizlik masalalari muhokama qilindi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Premyera_Inson_qadri_uchun

“VATANGA QAYTISH”: 20 yillik armon, bir umrlik orzu va adolat tantanasi

🎭Samarqand viloyati musiqali drama teatrida Adliya vazirligi buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan “Vatanga qaytish” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sahna asari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qarori ijrosi doirasida, “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi ostida sahnalashtirildi.

Spektakl markazida 20 yil davomida fuqarolik olish orzusi bilan yashagan ayol taqdiri turadi. Fuqaroligi yo‘qligi sababli u oliy ta’lim olish, munosib ish topish, o‘z nomiga uy rasmiylashtirish, hatto ota-onasini ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Otasini so‘nggi manziliga kuzatishga ham bora olmagan ayolning qalbida birgina orzu yashaydi: o‘z yurtining to‘laqonli fuqarosi bo‘lish.


🚛Prezidentimiz tashabbusi bilan inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar qahramon taqdirida ham o‘z aksini topadi. Adliya organlari tomonidan ko‘rsatilgan huquqiy yordam uning yillar davomidagi orzusi ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi.

📖“Vatanga yo‘l” shunchaki spektakl emas. Bu pasport ortida inson taqdiri, yillar davomidagi intizorlik, orzu va umidlar mujassam ekanini eslatuvchi hayotiy hikoya.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👏3🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
#Surxondaryo_viloyati

⚖️ 4 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hayotida muhim huquqiy qadam: endi ular O'zbekiston Respublikasining fuqarosi


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4❤1👍1🔥1
#Adliya_xabari

Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi


🚛Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildilar.

🎚Qonun loyihasida quyidagi asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish nazarda tutilmoqda:

1️⃣ xizmat asarlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarni tartibga solish. Amaldagi normaga ko‘ra, asar oshkor etilganidan boshlab 10 yil o‘tgach, shartnoma shartlaridan qat’i nazar, mulkiy huquqlarning muallifga avtomatik ravishda qaytishini nazarda tutuvchi qoidani bekor qilish hamda ushbu masalani taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilash taklif etilmoqda;

2️⃣intellektual mulk obyektlari bo‘yicha davlat ekspertizasi qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslarga muqobil tartibda bevosita sudga murojaat qilish huquqini berish nazarda tutilmoqda;

3️⃣ patentlarning amal qilishini saqlab turish uchun belgilangan davlat bojlarini ixtiyoriy ravishda oldindan to‘lash imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda.

❗️Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish hamda tadbirkorlar va investorlar uchun qulay huquqiy muhitni shakllantirishga qaratilgan.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4❤2👏1
#Adliya_xabari

“Samarqand noni” brendi tovar belgisi sifatida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

(Ma'lumot uchun, 2025-yilning fevral oyida “Samarqand noni” geografik ko'rsatkich sifatida davlat ro'yxatidan oʻtkazilgan edi)

Mazkur ro‘yxatdan o‘tkazish Samarqand nonining o‘ziga xosligini e’tirof etish, milliy gastronomik merosimizni asrash hamda ushbu mahsulotning bozordagi nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

“Samarqand noni” nomining geografik ko‘rsatkich va tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi milliy brendlarni huquqiy muhofaza qilish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3❤2