ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya_xabari

🇺🇿🇨🇦 Kanadaning Bankrotlik bo‘yicha superintendant ofisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Avval xabar berilganidek, joriy yilgi Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) konferensiyasi Kanada mezbonligida o‘tkazilmoqda.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Kanadaning Bankrotlik bo‘yicha superintendant ofisi (KBSO) rahbari E. Leng bilan uchrashdi.

M. Istamov O‘zbekistonda Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etilgani, sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, suddan tashqari va sud sanatsiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, sud boshqaruvchilari institutini mustahkamlash hamda jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida Kanadada to‘lovga qobiliyatsizlik va bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish tizimi, KBSOning vakolatlari va faoliyat mexanizmlari, litsenziyaga ega to‘lovga qobiliyatsizlik bo‘yicha mutaxassislar faoliyatini nazorat qilish, ularning kasbiy standartlari hamda javobgarligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sud boshqaruvchilarini tayyorlash va litsenziyalash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish uchun Kanada ekspertlarini jalb qilish, qo‘shma o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilikni isloh qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish va ikki tomonlama institutsional hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga kelishib olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
#Adliya_xabari

24 ta murojaat. 7 ta masala — joyida hal etildi. 14 tasi ijroga yo‘naltirildi.

Bugun, 2-oktyabr kuni Adliya vazirligida Adliya vazirining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, davlat xizmatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik, kadastr, uy-joy va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning 2 tasi — Xorazm viloyati Shovot tumani hamda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan onlayn tarzda qabul qilindi.

➖ 7 ta murojaat yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish berildi;
➖ 14 ta murojaat ijro uchun qabul qilinib, masalalarni qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

📌 Eslatma: Adliya vazirining qabuli har juma kuni soat 15:00–17:00 oralig‘ida o‘tkaziladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#6_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Raqamlashtirish — korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishning muhim vositasi

Ortiqcha inson omili ayrim jarayonlarda turli suiiste’molliklar uchun sharoit yaratishi mumkin.

🔹 Xizmat va jarayonlarni raqamlashtirish orqali samarali jamoatchilik nazoratini ta'minlash mumkin.

✅ Yechim: imkon qadar xizmat va jarayonlarni elektron shaklga o‘tkazish.

🎯 Natija: inson omili kamayadi, jarayonlarning kuzatuvchanligi oshadi.

Raqamlashtirilgan jarayon — shaffoflik ta'minlanadigan jarayon hisoblanadi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
👍4
#Adliya_xabari

🇺🇿🌐 Jahon banki vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirlining birinchi o’rinbosari M.Istamov Jahon bankining to‘lovga qobiliyatsizlik masalalari bo‘yicha eksperti U. Paterson bilan uchrashdi.

Uchrashuvda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni sog‘lomlashtirish, suddan tashqari va sud sanatsiyasi mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, sanatsiyada ishtirok etayotgan korxonalarga nisbatan kredit risklarini baholash va zaxiralar shakllantirish bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish, shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqib yanada muvozanatli prudensial mexanizmlarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi islohotlar va ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha Jahon banki bilan ekspertlik hamkorligini davom ettirishga kelishib olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📑Adliya vazirligi “Urganch–Xiva” pulli avtomobil yo‘lidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3949, 2026-yil 30-sentyabr).

✅Unga ko‘ra:
➖ operator yo‘ldan foydalanish boshlanishidan oldin tariflar, to‘lov usullari hamda muqobil bepul yo‘l haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

➖ pulli yo‘ldan foydalanish operator va foydalanuvchi o‘rtasidagi ommaviy shartnoma asosida amalga oshiriladi;

➖ to‘lovlar elektron shaxsiy hisob, to‘lov punkti yoki kechiktirilgan to‘lov usuli orqali amalga oshiriladi;

➖ yo‘ldan foydalanish uchun to‘lov miqdori transport vositasi toifasiga qarab, Transport vazirligi tomonidan belgilangan eng yuqori miqdorlardan oshmagan holda operator tomonidan belgilanadi;

➖ foydalanuvchi to‘lov tarixi va qarzdorligini tekshirish, noto‘g‘ri hisoblangan to‘lovni qayta hisoblashni talab qilish hamda operatorning harakatlari ustidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega;

➖ to‘siqsiz tizimda kechiktirilgan to‘lov qo‘llanilganda, to‘lov xabarnoma yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshirilishi lozim;

➖ qarzdorlik bo‘yicha shikoyat kelib tushganda, operator besh ish kuni ichida ma’lumotlarni qayta tekshiradi. Shikoyat asosli bo‘lsa, qarzdorlik bekor qilinadi yoki qayta hisoblanadi;

➖ operator yo‘lni soz holatda saqlash, avariya va texnik nosozliklarda yordamni tashkil etish hamda yo‘ldagi nosozliklar tufayli transport vositalariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplashga majbur.

❗️Mazkur hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi hamda pulli avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibini belgilovchi Vazirlar Mahkamasi qarori kuchga kirguniga qadar amal qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👏1
#Bilasizmi

❗️ Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik mavjud


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🇺🇿🌐 BMT Universitetining instituti direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Kanadaning Toronto shahrida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov BMT Universitetining instituti direktori professor K. Madani bilan uchrashdi.

Uchrashuvda suv resurslarini boshqarish va muhofaza qilish sohasidagi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish, xalqaro tajribani milliy qonunchilikka tatbiq etish hamda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda ushbu sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani, xususan, 2025-yilda yangi Suv kodeksi qabul qilingani qayd etildi.

K. Madani O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va institut bilan shakllanayotgan hamkorlikni ijobiy baholadi.

Tomonlar amaliy hamkorlikni davom ettirish, ekspertlar almashinuvi va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1