#Adliya_xabari
🇺🇿 🇹🇷 O‘zbekiston va Turkiya adliya vazirliklari o‘rtasida huquqiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
✔️ Bugun, 22-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov Turkiya adliya vaziri o‘rinbosari Burak Djeyxan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
📌 Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, mediatsiya, nizolarni muqobil hal etish (ADR), advokatura, davlat hisobidan yuridik yordam va yuridik kadrlar malakasini oshirish yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
⏩ Kelgusida ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida muntazam ekspert muloqotlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma seminarlar, o‘quv dasturlari va tajriba almashuvlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.
🇺🇿 Maqsad — O‘zbekistonda huquqiy hamkorlikni yanada kengaytirish, mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini rivojlantirish hamda ilg‘or tajribani amaliyotga joriy etish.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❗️ Shuningdek, O‘zbekistonda mediatsiya institutini rivojlantirish, ADR tizimini raqamlashtirish va sohada ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Turkiya delegatsiyasi tomonidan e’tirof etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👏4👍1🔥1
#Xalqaro_hamkorlik
Turkiya delegatsiyasi “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga tashrif buyurdi
Bugun, 22-sentyabr kuni Turkiya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Burak Jeyhan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolariga Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, huquqiy axborotni aholiga tezkor va qulay shaklda yetkazish, qonunchilik hujjatlarini rasmiy e’lon qilish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida huquqiy axborotni yetkazish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni huquq sohasiga joriy etish, qonunchilik hujjatlarini rasmiy e’lon qilish, Lex.uz va Turkiyaning Mevzuat.gov.tr qonunchilik axborot platformalarining texnik va funksional imkoniyatlarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va kelgusida amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, turk tomoniga Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi - Lex.uz, sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan “LexAI” platformasi hamda o‘z-o‘ziga yuridik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Yurxizmat.uz” axborot tizimining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida huquqiy axborotni yetkazish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni huquq sohasiga joriy etish, qonunchilik hujjatlarini rasmiy e’lon qilish, Lex.uz va Turkiyaning Mevzuat.gov.tr qonunchilik axborot platformalarining texnik va funksional imkoniyatlarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va kelgusida amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga kelishib oldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4🔥2
ADLIYA YANGILIKLARI
#Xalqaro_hamkorlik Turkiya delegatsiyasi “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga tashrif buyurdi Bugun, 22-sentyabr kuni Turkiya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Burak Jeyhan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2🔥1