ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Funksiyalar drayveri: tashkilotlar faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlashga yangicha yondashuv


Tashkilotlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash faqat huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish bilangina cheklanmaydi. Qonun ustuvorligi, avvalo, kundalik faoliyatda qonunchilik talablarining to‘g‘ri va bir xil qo‘llanilishidan boshlanadi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga qonunchilik hujjatlarida yuklatilgan funksiyalarni to‘liq va samarali ishga tushirishga qaratilgan ishlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi misolida “Namunaviy Markaz” loyihasi amalga oshirildi.

Loyiha doirasida tashkilotlarning huquqni qo'llash amaliyotidagi 30 dan ortiq huquqiy muammo aniqlanib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Tashkilotlarning 10 dan ortiq ichki hujjatlari tahlil qilinib, fuqarolarning huquq va erkinliklariga daxl qilishi mumkin bo‘lgan 4 ta noqonuniy talab chiqarib tashlandi.


Shuningdek, ushbu loyihani amaliyotga tatbiq etish maqsadida Farg‘ona viloyati Markazlari xodimlari uchun amaliy seminar tashkil etilib, Markazlarga tashkilotlarning kundalik faoliyatida qonuniylikni ta'minlashning aniq mexanizmlari ko'rsatib berildi.

"Namunaviy Markaz" loyihasi respublika miqyosida ommalashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥2👏1
#Hukumat_soati

🏛 Davlat xizmatlari: qulaylik, tezkorlik va raqamlashtirish

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va ma’muriy jarayonlarni soddalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📌 Adliya vaziri Akbar Tashqulov deputatlarning savollariga javob berib, davlat xizmatlarini aholiga yanada qulay va tezkor ko‘rsatish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

🔹 2026-yilning 6 oyida 50 milliondan ortiq davlat xizmati ko‘rsatildi;
🔹 xizmatlarning 82 foizdan ortig‘i onlayn shaklda amalga oshirildi;
🔹 Davlat xizmatlari markazlarida o‘rtacha xizmat ko‘rsatish vaqti 15 daqiqadan 4 daqiqaga qisqartirildi;
🔹 161 ta xizmat proaktiv va kompozit shaklga o‘tkazildi;
🔹 150 turdagi hujjat va ma’lumotni talab qilish bekor qilindi;
🔹Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida 45 mingdan ortiq tadbirkor xizmatdan foydalandi;
🔹 litsenziya va ruxsatnomalarni olish jarayonlari raqamlashtirilib, tadbirkorlarning 500 milliard so‘mdan ortiq mablag‘i tejalishiga erishildi.


🤖 Shuningdek, davlat xizmatlari sohasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, jumladan, Odil AI modeli orqali aholining savollariga 24/7 rejimida javob berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

🎯 Kelgusida esa onlayn xizmatlar ulushini 90 foizdan oshirish, kompozit va proaktiv xizmatlar sonini kamida 400 taga yetkazish, tadbirkorlik subyektlari uchun Yagona shaxsiy kabinetni shakllantirish hamda byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish rejalashtirilgan.

Asosiy maqsad — inson va tadbirkorning vaqtini hamda mablag‘ini tejash, davlat xizmatlarini tezkor, qulay va shaffof ko‘rsatishdir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82🔥1
#Adliya_hudud
#Adliya_yoshlar

⚔️Adliya organlarida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Andijon viloyati: Andijon ilg'or kasbiy mahorat texnikumida “Sun'iy intellekt bilan kelajak sari" mavzusida yoshlar bilan master-klass tashkil etildi.

Buxoro viloyati: “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Fargʻona viloyati: Farg‘onada bo'lajak huquqshunoslar bilan IT va AI imkoniyatlari muhokama qilindi.

Jizzax viloyati: “Sun’iy intellekt bilan kelajak sari” yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Xorazm viloyati: “Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida “Sun’iy intellekt bilan kelajak sari” mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Namangan viloyati: Davlatobodda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati: “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida sun’iy intellekt bo‘yicha master-klass tashkil etildi.

Samarqand viloyati: “Sun’iy intellekt — kelajak sari” mavzusida master-klass tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi” o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Surxondaryo viloyati: Termiz shahrida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida “Sun’iy intellekt bilan kelajak sari” mavzusida master-klass tashkil etildi.

Toshkent viloyati: “Rahbar va yoshlar”: sun’iy intellekt bilan kelajak sari.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5🔥2👏1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini Olmazor tumani misolida o‘rganish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini ham o‘tkazadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с ходом строительства Национального музея Узбекистана и созидательной работой, проводимой в Алмазарском районе столицы. Глава нашего государства также проведет видеоселекторное совещание по изучению исполнения задач по повышению доходов населения на примере Алмазарского района.

Facebook|Instagram|X
🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Andijon_viloyati

MEHNAT HUQUQLARINING HIMOYA QILINISHI TA'MINLANDI

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz obod bo‘lgan Qichqiriq mahallasida bo‘ldi.

Президент нашей страны посетил благоустроенную махаллю Кичкирик.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xodimlarning kasallik nafaqalari “Baraka” kartasida...

📱 Agar sizga kasallik nafaqasi tayinlangan bo‘lsa, mablag‘ingiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Baraka” ijtimoiy kartasiga tushiriladi.
💳 Qanday ishlaydi?

Batafsil baraka.gov.uz va t.me/barakakarta
3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram| Facebook|Instagram|X
👍1
Yig‘ilishda Toshkent shahrida investorlar bilan ishlash tizimi samaradorligi ham ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda poytaxtning 12 ta tumani bo‘yicha 9 milliard dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Biroq ayrim hududlarda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ishlarni yanada jadallashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Investorlarning masalalarini idorama-idora yurmasdan, bevosita joyida hal qilish uchun alohida ish tizimi joriy etilishi belgilandi. Respublika va shahar darajasidagi mas’ullar har hafta tumanlarga chiqib, tadbirkor va investorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini tezkor hal qiladi.

Yuqori darajada yechim talab qiladigan masalalar bo‘yicha shu kunning o‘zida asoslangan takliflar tayyorlanib, Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. Mazkur tartib yil oxiriga qadar alohida nazoratda ishlaydi.

Kelgusi yilda poytaxtga 10 milliard dollar investitsiya jalb qilish hamda 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Facebook|Instagram|X
5
Forwarded from Rasmiy axborot
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Seulning markaziy ko‘chalari hamda Seul minorasi mamlakatimiz bayrog‘i va davlat ramzlari bilan burkandi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1